davlat byudjeti
daromadlari
kategoriyasining namoyon bo’lish shakllarining o’zgarib
borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini angla-tadi.
Demak, byudjetga to’lovlar ko’rinishining o’zgarishi, bir to’lovning boshqa biri
bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining
evolyu-tsiyasidir. Biroq bundan moliyaviy va davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan
obyektiv, ularning namoyon bo’lish shakllari esa subyektivdir, degan xulosa
chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot
darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining etukligi va boshqa omillar, ma’lum
darajada, davlat byudjeti daromad-larining shakllarini ham belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy taraqqiyotga
erishish, uning samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlikka erishish hisoblansa,
bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga to’lovlarning shakllari ham o’zining
sezilarli hissasini qo’shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy
jihatdan ta’min-labgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag’batlantirishi
ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o’rnatilgan tartib natijasida vujudga
152
kelgan byudjetga to’lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy
boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o’z ifodasini topgan obyektiv
omillarga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum
maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni
umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab jarayoni amalga oshiriladi.
Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti
jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning
barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha subyektlarning
manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy
birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning
(ya’ni hududlarga mo’ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to’g’ri aniqlash
alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetiningxarajatlari joylarda
olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha
mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni
balanslashtirish zarurati paydo bo’ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash
jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining
barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa
davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag’larini hududlararo taqsimlash
byudjetlarning yuqori va quyi bo’g’inlari o’rta-sidagi munosabatlardek ko’rinadi.
Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Biroq o’z daromadlari hisobidan quyi bo’g’inlarning davlat byudjeti
munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo’linmasi amalda bu
munosabatlarning tar-kibiga yuqorida ko’rsatilgan balanslashtirish sodir
bo’layotgan ko’plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular esa, o’z
navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish-da xo’jalik yurituvchi
subyektlar va aholidan tushgan mablag’larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham
turli subyektlar o’rtasida murakkab va ko’p tomonlama taqsimlash munosabatlari
vujudga keladi.
Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti va uning barcha bo’linma-larida
iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar,
hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondi-
rishga yo’naltirilgan maqsadli fondlar tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot
tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo’linmalari va hokazolar o’rtasida mablag’larni
qayta taqsimlash sodir bo’ladi.
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir. Ular davlat
byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida yaratiladi. Shu bilan
birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat byudjeti fondlari nisbatan tor
153
doiralarga mo’ljallangan boshqa fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot
xarajatlari” fondi alohida tar-moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha
fondlarga bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi
sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi, ma’muriy
hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko’p sonli
fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu
fond ko’p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi
tomondan esa, to’ldirilib boriladi.
Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va maqsadga
mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir
mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag’larini qaytarilmaslik tarzida
berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetni taqsimlash
jarayonining oxirgi bosqichida davlat byudjeti mablag’larini olganlar tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari,
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa
tomondan esa – subyektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan
mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli
maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana
shu ik-kiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki
taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda
davlat byudjeti fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar –
subyektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Bu bosqichda
(birinchisidan farqli o’laroq) davlat va aholi o’rtasida bevosita taqsimlash
munosabatlari vujudga kelmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun
ajra-tilgan barcha davlat byudjeti resurslari tegishli subyektlarning fondlarini
(masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va
boshqalar) shakllantirishga yo’naltiriladi.
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy
(byudjet)
kategoriyadir.
U
kategoriya
sifatida
byudjetni
taqsimlash
munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi.
Ularning moddiylashuvi byudjetdan subyektlarga pul mablag’larining teskari
oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha
bo’lin-malariga xos bo’lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo’ladi:
pul fond-larini shakllantirish ulardan foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, davlat
byudjeti mablag’laridan foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib
keladi.
154
Davlat byudjeti mablag’larini
olgandan keyin subyektlar o’zlari-ning pul
fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o’z navbatida, ma’lum maqsadlarga
mo’ljallangan kichik fond-larga bo’linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining
xarajatlari tranzit xarakterga ega bo’lib, ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb
bo’lmaydi. Davlat byudjeti bu xara-jatlarning o’lchamini limitlashtiradi (biroq
to’liq dara-jada emas), xarajatlar esa subyektlarning o’zi tomonidan amalga
oshiriladiki, bunda byudjetdan moliyalashtirish tartibida pul mablag’lari
yo’naltiriladi va shu erning o’zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas,
balki amalda (haqiqatda) byudjetdan assignovaniyalari
ajratiladigan mablag’larni
tushunila-digan davlat byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan
tenglashtirish maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat
byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi
shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb bo’lmaydi.
Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o’zining
turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z daromadlariga
ega bo’lmasdan
davlat byudjetining
mablag’lari
hisobidan to’liq
moliyalashtiriladi)
51
;
davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda
moliyalashtirish obyektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’lar
va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
dotatsiya va subvensiyalar (bunda davlat byudjeti rejali-zararga
ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar.
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining ayrim
shakllariga o’xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin.
Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-larning bahosi uning haqiqiy qiymatidan
past darajada o’rnatilib, sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai
sifatida maydonga chiqadi.
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish”
tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng bo’lgan tushunchalar
emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari davlat byudjeti kategoriyasini ifoda etsa,
byudjetdan moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda subyektlarga aloqador
barcha tadbirlar bilan mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini
shakl-lantirish jarayoni byudjetdan tegishli subyektlarga mab-lag’lar berilganidan
so’ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib,
subyektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va
51
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday sub’yektlarga ham o’zining asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir
ko’rsatmagan holda daromad ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi sharoitdagi davlat va biznes
hamkorligi ham, o’z navbatida, shuni taqozo etadi.
155
boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida bayon etilgan
usullarning birortasini mustaqil davlat byudjeti kategoriyasi sifatida talqin qilish
mumkin emas. Chunki ularning har biri davlat byudjeti kategoriyasi hisoblangan
davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo’lish shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat
pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va
subyektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro
bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda
vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyum-lashgan qatlami yalpi ichki (milliy)
mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi.
Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning
ta’siri ostida bo’lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat
byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki
(milliy) mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan
davlat byudjeti iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishiga, iste’mol fondining
qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’-ektlar o’rtasida bo’linishiga
hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon
qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi
ta’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida
qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish
borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |