O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))


SQMK

butun 50 ta shtatda, 
Kolumbiya okrugi va 4 ta Amerika hududida o’z komissarlariga ega bo’lgan 
Sug’urta komissarlari milliy assostiastiya

SKMA (National Association of 
Insurance Comissioners) lari ham sug’urta faoliyatini bevosita boshqarishda 
ishtirok etadi.
Barcha 50 ta shtat, Kolumbiya okrugi, Puerto-Riko, Guamadagi sug’urta 
komissarlari Sug’urta komissarlari milliy assostiastiyasiga (SKMA) a’zodir. 
энциклопедия, 2004. 420 – bet.


627 
Komissarlar davriy yig’ilishlarida o’zaro ma’lumotlar bilan almashishadi, faoliyat 
nazoratini jamlaydi, qonunchilik va turli shtatlar siyosatiga o’z takliflarini ishlab 
chiqadi. SKMA sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi 
organ bo’lishi bilan bir qatorda shtatlar ustidan nazorat qiluvchi ham hisoblanadi. 
Bu assostiastiya boshqarishning yagona standartlarini va qonunlarini (Model 
Acts) ishlab chiqadi, SKMA milliy yig’ilishida qabul qilingandan keyin shtatlar 
qonunchiligiga o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bu qarorlar tavsiya kuchiga 
ega bo’lib, shtatlar qabul qilmaslik huquqiga ega. Lekin shu paytgacha bunday 
holat kuzatilmagan.
Mamlakat miqyosida barcha sug’urta kompaniyalari SKMA taklif qilgan 
yillik hisobot shakllaridan foydalanadi, investistiya shaklida yo’naltirilmoqchi 
bo’lgan qimmatli qog’ozlarni baholashning yagona qoidalarini qabul qiladi, 
kompaniyalarni moliyaviy tekshiruvlarini yagona tizimini ishlab chiqadi, 
shtatlardagi sug’urta kompaniyalarini to’lov qobiliyatini nazorat qilishni 
kuchaytirish bo’yicha davlat sertifikastiya dasturlarini yaratadi.
144
 
Germaniyada sug’urta faoliyati ko’p yillar hukumat tomonidan qattiq 
nazoratga olingan edi. Bu holat hayot sug’urtasi va hayot bilan bog’liq bo’lmagan 
sug’urta sohasida Yevropa yo’riqnomasining «uchinchi bo’g’ini» qabul 
qilinishigacha davom etdi. Yevropa yo’riqnomasi amal qilishi boshlangandan 
keyin sug’urta tariflari liberallashdi, shartnomalarning bosh shartlarini 
ma’muriyatdan dastlabki ruxsat olishga ehtiyoj qolmadi. Sug’urta kompaniyalari 
o’rtasidagi raqobat shartlari qayishuvchan holatga keldi, lekin kapitalni uzoq 
muddatga joylashtirish va hisobini yuritish bo’yicha davlat nazorati qattiqligicha 
qolmoqda. Sug’urta faoliyatida erkinlik tamoyili e’lon qilingan bo’lsada, 
Germaniya hududida faoliyat yuritadigan xorij sug’urta kompaniyalari o’z 
yurtlarida litsenziyaga ega bo’lsalarda, bu hududda ma’lum talablarni bajarishlari 
kerak. 
Germaniyada sug’urta ishi qattiq nazorat qilinadigan sohadir. 1983-yilda 
qabul 
qilingan 
«Davlat 
sug’urta 
nazorati 
to’g’risidagi» 
qonun 
(Versicherungsaufsichtsgesetz - VAG)
145
hozirgi kunda sug’urta munosabatlarini 
tartibga soluvchi huquqiy normalarini o’zida jam qilgan asosiy qonun 
hisoblanadi. 
Sug’urta faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yuridik shaxs 2002-yil
1-mayda tashkil qilingan, Federal Moliya Vaziriga hisobot topshiradigan 
“Sug’urta faoliyati nazorati Federal moliya idorasi” (Federal Financial 
144
Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая 
энциклопедия, 2004. 423 – bet.
145
Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая 
энциклопедия, 2004. 425-bet. 


628 
Supervisiory Authority yoki BaFin)dan litsenziya olishi kerak. Nazorat organi 
sug’urta kompaniyalarining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy va huquqiy nazorat 
doirasida boshqarib boradi. Davlat tomonidan sug’urta sohasini boshqarish 
bo’yicha 1994-yilda ro’y bergan ba’zi bir o’zgarishlardan keyin Nazorat 
organining vakolatlari bir muncha kamaydi, bu o’zgarishlar Yevropa Ittifoqining 
sug’urta xizmatlarini xilma-xilligini oshirish, sog’lom raqobatni yuzaga 
keltirishga qaratilgan siyosati natijasidir. Biroq sug’urta kompaniyalarning 
sug’urta qildiruvchilar manfaatlariga tahdid soladigan harakatlarini oldini olish 
hali ham Federal nazorat organi vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan BaFin 
ning vazifalari quyidagilardan iboratdir:

sug’urta va qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziya berish; 

joriy nazoratni amalga oshirish; 

sug’urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini va to’lov 
qobiliyatini tekshirib borish; 

sug’urta qilidiruvchilarning murojaatlarini ko’rib chiqish; 

raqobat kurashining maxsus qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazorat 
olib borish; 

sug’urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish shular 
jumlasidandir.
Nemis sug’urta nazorati qonunchiligi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri sug’urta 
shartnomalari tuzish uchun sug’urta kompaniyasi mulkchilik shaklining 
aksionerlik jamiyati, birgalikda sug’urtalash jamiyati, jamoa korporastiyasi yoki 
muassasasi bo’lishi lozim. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bir shaxsga tegishli 
bo’lgan, shaxsiy shirkat, ma’suliyati cheklangan jamiyatlari ko’rinishidagi 
tashkilotlar faoliyatiga yo’l qo’yilmaydi.
Qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan kompaniyalarga bunday 
chegaralar mavjud emas, biroq nemis bozorida faoliyat yuritayotgan aksariyat 
qayta sug’urtachilar aksionerlik jamiyatlari shakliga ega. Hattoki qayta sug’urta 
kompaniyalari nazorat organidan maxsus ruxsatnoma olishlari ham shart emas, 
birgalikda sug’urtalash jamiyatlari bundan mustasnodir. Nazorat organiga qayta 
sug’urta faoliyati bilan shug’ullunmoqchi ekanligi haqida bildirgi xat berib qo’ysa 
shuning o’zi kifoya. Qayta sug’urtachilarga VAG ning faqatgina ayrim bandlari 
tegishlidir, masalan, kompaniyaning tashqi va ichki buxgalteriya hisobot tizimi 
to’g’risidagi band. Qonunning sug’urta kompaniyasini o’z mablag’lari zahiralari 
va to’lovga layoqatliligi marjasi bandi ham qayta sug’urtachilarga tadbiq 
qilinmaydi. BaFin ning qarorgohi Berlinda joylashgan bo’lib, Germaniyadagi 
barcha milliy va xorijiy sug’urta kompaniyalari ustidan majburiy davlat nazoratini 
olib boradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida bo’lgani kabi Fransiyada ham sug’urta 
faoliyati davlat tomonidan qattiq nazoratga olingan sohadir. Sug’urtaning 


629 
jamoatchilikka 
foydasini 
va 
sug’urta 
kompaniyalarini 
iqtisodiyotni 
harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta 
biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z zimmasiga olgan. Fransuz Sug’urta 
Kodeksining L 310.1 moddasida shunday keltirilgan: «Sug’urta ustidan davlat 
nazorati sug’urta qildiruvchilarning va naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari 
va kapitalni joylashtirish manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi 
darkor»
146
.
Fransiyada sug’urtani tartibga solish Moliya va iqtisodiyot vazirligi 
qoshidagi G’aznachilik boshqarmasiga qarashli sug’urta biznesini nazorat qilish 
Boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Boshqarmaning vazifalari
qonuniy, iqtisodiy va soliq jihatlarini qamrab olgan holda sug’urta bo’yicha 
davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Sug’urta kompaniyalari ustidan 
nazoratni 1989-yilda tashkil qilingan sug’urta biznesi ustidan nazorat qiluvchi 
Komissiya olib boradi. Komissiya Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadigan 
beshta a’zolaridan iboratdir, ularga: Davlat maslahatchisi, Kassastion sud 
magistri, Hisob palatasi a’zosi, qolgan ikkita a’zo sug’urta va moliya sohasidagi 
mutaxassislardir. Komissiya amaliy ishlarni olib borishi uchun nazoratchi-
komissarlar guruhiga ega. O’z ishi davomida Komissiya buxgalteriya 
operatsiyalarini, texnik zahiralar nazorati, to’lovga layoqatlilik tahlili, 
investistiyalarning nazoratini asosiy maqsad qilib oladi. Komissiya faqatgina 
to’g’ridan to’g’ri sug’urtachilarni nazorat qiladi.
Fransiyada boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi sug’urta tashkilotlarining 
ikki xil yuridik shakli qonunchilik bilan ko’zda tutilgan: 

aksionerlik jamiyatlari, tijorat tashkilotlariga tegishli qonunchilik asosida 
faoliyat yuritadigan; 

birgalikda sug’urtalash jamiyatlari, sug’urta qildiruvchilarning tijoratga 
asoslanmagan jamiyatlari. 
Qonunchilik bilan sug’urtachilarning eng kam nizom jamg’armasi 
darajasiga ham talablar belgilab qo’yilgan. Aksionerlik jamiyatlari va birgalikda 
sug’urtalash jamiyatlarining faoliyat sohasiga qarab (life, non-life) nizom 
jamg’armasiga talablar mavjud (2-jadval). Komissiya sug’urta kompaniyasining 
moliyaviy holati ustidan diqqat bilan kuzatib boradi, agarda holat yomonlashsa 
sug’urta kompaniyasiga ogohlantirish beradi yoki ma’lum vaqt ichida moliyaviy 
holatini yaxshilash talabini qo’yadi. Sug’urtachining harakati sug’urta 
qildiruvchilarning manfaatlariga zid ekanligi xulosasiga kelsa , Komissiya 
kompaniyaning moliyaviy faoliyati rejasini talab qiladi yoki aktivlarini muzlatib 
146
Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая 
энциклопедия, 2004. 130 – bet.


630 
qo’yishgacha boradi. Nazorat organi hal qiluvchi qaror sifatida litsenziyani 
qisman yoki to’liq to’xtatib qo’yadi.
Buyuk Britaniyada sug’urta faoliyati ustidan nazoratni Davlat kotibi 
tomonidan boshqariladigan G’aznachilik departamentining (Tresuary) zimmasiga 
yuklatilgan. Departamentning zimmasiga sug’urta faoliyatini litsenziyalash, 
sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligi ustidan nazorat qilish, sug’urta 
shartnomalarini tuzish va majburiyatlarni bajarilishini tekshirish kabi vazifalar 
yuklatilgan.
XULOSA 
Milliya iqtisodiyotning hali jahon darajasida rivojlanmaganligi, o’z 
navbatida sug’urta biznesining aholi uchun hali yangi qarash ekanligi tufayli 
miliya sug’urta bozori rivojanishida davlat bosh islohotchi bo’lib keldi. Buni har 
tomonlama soliq imtiyozlari berib borilishi, yangi kompaniyalar ashkil etilishi 
misolida ko’rishimiz mumkin. Sug’urta faoliyatining kuchli huquqiy normalar 
bilan ta’minlanganligi sug’urta ishtirokchilarining manfaatlarini himoyasini 
kafolatlagan. 
Dunyoning barcha mamlakatlarida sug’urta faoliyati davlat tomonidan 
qattiq nazoratga olingan sohadir. Sug’urtaning jamoatchilikka foydasini va 
sug’urta kompaniyalarini iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchlardan biri 
ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z 
zimmasiga olgan. Sug’urta ustidan davlat nazorati sug’urta qildiruvchilarning va 
naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari va kapitalni joylashtirish 
manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sug’urtachilarning faoliyati 
sug’urta xizmatlari turining har biriga alohida litsenziyalash tartibida olib 
boriladi. 
Milliy sug‘urta bozori rivojlanishi Davlat miqyosida ijtimoiy 
rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart-
sharoitlar, milliy sug‘urta an’analari va madaniyati hisobga olingan holda 
bosqichma-bosqich isloh etilgan va O‘zbekiston sug‘urta bozori sug‘urta 
sohasidagi davlat siyosati, rahnamoligi va qo‘llab-quvvatlanishi (soliq imtiyozlari 
berib borilishi, yangi sug‘urta kompaniyalari tashkil etilishi va h.k.) tufayligina 
rivojlanib, shakllangan.Respublikamiz bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi 
qamrovi oxirgi besh yilda sezilarli darajada oshgan. Bu holat sug‘urta 
kompaniyalarni sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini taklif qilishi va 
mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib va sug‘urta 
menejmenti asta sekin rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish