O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

1. Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari 
Bugungi hayotimiz tasodifiy hodisalarga boy va bu hodisalar har doim ham 
totli bo’lavermaydi. Ko’pchilik hodisalar sog’liqqa, mol-mulkka, insoniyatning 
yashash turmushiga, korxonalarning moliyaviy holatiga zarar keltirishi yoki 
ko’zda tutilgan rejalarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunday sodir bo’lishi 
mumkin bo’lgan hodisalar “qaltisliklar” nomi bilan bog’liq. Ko’zda tutilmagan 
qaltislikning sodir bo’lishi bilan, tabiiyki uning zararlarini qoplash va oldini olish 
zaruriyati yuzaga keladi. Busiz ishlab chiqarish jarayonlarini to’xtovsizligini 
ta’minlab, hayot uchun salbiy ta’sirini kamaytirib bo’lmaydi.
Qaltisliklarning insonlar hayoti uchun salbiy ta’sirini kamaytirish bu 
“sug’urta” orqali amalga oshiriladi, bunda sodir bo’lgan salbiy hodisalar 
oqibatlarini bartaraf etishga ketgan xarajatlarni bir nechta xo’jalik yurituvchi 
moliyaviy subyektlar o’rtasida taqsimlash tushuniladi. 
Sug’urtaning moliyaviy bozor munosabatlari tizimidagi asosiy tushunchalari 
mohiyatini anglamasdan turib sug’urta sektorining muammolarini aniqlash va hal 
etish masalasiga nisbatan oqilona yondashib bo’lmaydi. Shulardan eng muhimlari 
jumlasiga, quyidagi asosiy tushunchalar kiradi: sug’urta, sug’urta faoliyati, 
sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi)
138
, sug’urta bozori, sug’urta bozorining 
professional ishtirokchilari. Ushbu tushunchalar, odatda, sug’urta faoliyatini 
tushunishga yo’l ochib beradi. Ularning talqini esa sug’urta tashkilotlarining 
faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o’z aksini 
topgan. 
Masalan, O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilngan 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida” gi Qonuniga muvofiq “Sug’urta deganda yuridik 
yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan 
pul fondlari hisobidan muayyan voqea yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta 
shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini to’lash yo’li bilan ularning 
manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. “Sug’urta faoliyati deganda sug’urta 
bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq 
faoliyati” ni anglatadi. Sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi) tushunchasi – 
sodir bo’lishi va zarar miqdori tasodifiy bo’lgan hodisalarni anglatadi.
138
O`zbekiston Respublikasi “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonunida “tavakklchilik”, Fuqarolik Kodeksida 
“xavf” tushunchalari ishlatilgan. Xalqaro sug`urta sohasida esa “risk” atamasi qo`llaniladi.


619 
“Sug’urta bozori - sug’urta xizmati oldi-sottisi amalga oshiriladigan va unga 
talab va taklif shakllanadigan iqtisodiy pullik munosabatlarni ayrim sohasidir”. 
Hamda shu qonunning 5-moddasida “Sug’urta bozorining professional 
ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar, 
sug’urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug’urta syurverlari, shuningdek 
assistans sug’urta bozorining professional ishtirokchilaridir. Sug’urta brokeri, 
qayta sug’urta brokeri va sug’urta agenti sug’urta vositachilari hisoblanadilar”
139
deb qayd etilgan. 
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan 
sug'urta bozorini sug'urtalanuvchilaming sug'urta xizmatlariga bo'lgan talablari 
va sug'urta tashkilotlarimng sug'urta xizmati bo'yicha takliflari bilan 
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tushunish murnkin. 
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan tovar – sug’urta xizmatlari hisoblanadi. 
Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi, ya’ni sug’urta himoyasini 
ta’minlash hiosblanadi. Sug’urta xizmatlarining narxi sug’urta ta’rifida aks 
ettiriladi. U talab va taklifga taqqoslangan raqobat asosida shakllanadi. 
Rivojlanayotgan va rivojlangan sug’urta bozorlaridagi asosiy muammo 
bo’lib sug’urtalanuvchilarning taklif etilgan xizmatlarni sotib olish qobiliyatiga 
ega emasligi tushuniladi. Bu muammoni hal etilishi bir jihatdan aholining sotib 
olish qobiliyatini o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning barqarorligiga, 
ikkinchi jihatdan davlatning umummilliy darajada mamlakat makroiqtisodiyoti 
miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olishni o’stirishi bilan bog’liq chora-
tadbirlarga asoslanadi. 
Sug‘urta xizmatlarining taklif etilishi yetarli darajada ixtisoslashgan va 
moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug‘urtalanuvchilarning talablarini qondirishga 
layoqatli sug‘urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. 
Investorlarning sug‘urta kompaniyasiga qiziqishi, sug‘urta ta’riflarini hisoblab 
chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining 
sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalarini qaytarilishini va daromadliligini 
kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, sug‘urta 
kompaniyalarida malakali menejerlaming va sug‘urta xizmati anderraytingi 
bo‘yicha mutaxassislaming mavjudligi sug'urta bozorini shakllantirishning 
muhim omili bo‘lib hisoblanadi. 
Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o'z faoliyatlari 
jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu 
munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish, ya'ni fuqarolar 
va tashkilotlarning xatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Davlat 
139
O`zbekiston Respublikasi 358-II-sonli “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonuni 2002-yil 5-aprel, 3-modda.


620 
tomonidan 
sug'urtani 
huquqiy 
tartibga 
solish 
sug'urta 
munosabati 
qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni 
sug’urta munosabatlari ishtirokchilarining aniq huquq chegaralarini, sug’urta 
faoliyati ishtirokchilari tarkibini belgilab berdi. Sug’urta ikki sohaga, hayotni 
sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul 
ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish) va umumiy sug’urta 
(shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta 
qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari) sohalariga bo’lindi. 
Sug’urta sohalari esa sug’urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular 
bilan bog’liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug’urta 
turlariga bo’lindi. 
“Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi Qonunning 10-moddasida sug'urta 
tashkilotlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi aniq ko'rsatib qo'yilgan. 
Ma’lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil 
etilgan sug'urta tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat 
ro'yxatiga olingan. Ammo uzoq vaqt, aniqrog'i, 1998- yilning birinchi 
yarmigacha sug'urta faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan davlat sug'urta 
nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat 
ro'yxatiga olingan tashkilotlaming faoliyati hech kim tomonidan nazorat 
qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarini davlat 
ro'yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan. 
Sug'urta munosabatlari, avvalo, fuqarolik-huquqiy munosabatga oid 
bo'lganligi tufayli 1996-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 52-bobi sug’urtaga bag’ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda 
sug'urta tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning 
talab-qoidalariga qat’iy rioya etadilar. 
Fuqarolik kodeksining sug'urtaga oid bobida jami 47 ta modda mavjud 
bo'lib, ularning har biri sug'urta munosabatlarining u yoki bu jihatlarini tartibga 
soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug'urta, mulkiy sug'urta shartnomasi, 
sug'urtalashga yo’l qo'yilmaydigan manfaatlar, mol-mulkni sug'urta qilish, 
shartnoma bo'yicha javobgarlikni sug'urta qilish, majburiy sug'urta va uni amalga 
oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o’z aksini topgan. 
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug'urtani amalga oshirish tartibi 
ko'rsatilgan. Chunonchi, Majburiy sug'urta bunday sug'urta qilish majburiyati 
yuklangan shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasi 
tuzishi vositasida amalga oshiriladi.


621 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida sug'urta siri, sug'urta puli, sug'urta mukofoti va sug'urta badallari, 
sug'urta shartnomasining haqiqiy emasligi to'g'risida me'yorlar qayd etilgan. 
Bundan tashqari sug’urta faoliyatini tartibga solib turuvchi Prezident 
farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Moliya 
vazirligining me’yoriy hujjatlari mavjud. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor 
sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. 
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash 
to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi.
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2007-yil 
10-apreldagi
PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan 2007 - 2010 - yillarda O’zbekiston 
Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. 
Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni 
kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, 
sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning 
hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini 
takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “2007-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi 
sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi” ga muvofiq 2008-yil 21- 
aprelda O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish