Tayanch iboralar:turizm, mehmonxona, turistik industriya, xizmat
ko„rsatish, turizm, marshrut, gid, guruh rahbari, axborat faoliyat, qo„shimcha
xizmat ko„rsatish.
Nazorat uchun savollar
1.
Ekskursiya xizmatlar sifatiga ta‘sir etuvchi omillar.
2.
Turistik ekskursiya xizmatlari qaysi turlarga bo‗linadi?
3.
Ekskursiya tushunchasi.
4.
Ekskursiyaning asosiy har kungi hujjatlarini aytib bering.
14
Adabiyotlar
1.
Peter Tannenbaum. Excursions in Modern Mathematics: Pearson New
International Edition 8th Edition. Pearson Education Limeted, 2014. 544 pages
2.
Lauren Telesz. The Excursion: A Vocabulary Building Book Paperback –
March 25, 2016
3.
Умирова Д. С.Экскурсияшунослик. Ўқув-услубий мажмуа. – Т.:ТДИУ,
2018.
4.
Norchaev A. N. Umirova. D.S. Ekskursiya xizmatini tashkil etish. Ўқув-
услубий мажмуа. – Т.:ТДИУ, 2018.
15
2-BOB.EKSKURSIYA XIZMATINING FUNKSIYALARI, XUSUSIYATLARI
VA EKSKURSIYA XIZMATINI TASNIFLASH
2.1.
Ekskursiya xizmatining asosiy funksiyalari
2.2.
Ekskursiya xizmatida zamonaviylikni tavsiflovchi ma‟lumotlar
2.3.
Ekskursiya xizmatining xususiyatlari.
2.1. Ekskursiya xizmatining asosiy funksiyalari
Funksiya
– biror bir obyektning tashqi namoyon bo‗lishi, muassasa,
korxonaning ishlash shaklidir. «Funksiya» so‗zi lotinchadan olingan bo‗lib,
«bajarish, amalga oshirish, faoliyat doirasi, ma‘suliyat, rol» degan ma‘nolarni o‗zida
mujassamlashtiradi. Ekskursiya xizmatining funksiyalarini uning bosh xossalari
sifatida quyidagilarni ko‗rib chiqishimiz mumkin:
Ilmiy-taribot funksiyasi
. Ekskursiya xizmati ekskursantlarda siyosiy, falsafiy,
ilmiy, badiiy qarashlar, g‗oyalar, nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi.
Targ‗ibot funksiyasini bajarishda ekskursiya xizmati aniq yo‗nalishga ega bo‗lishi
kerak. Uning negizida taribot, ilmiylik, g‗oyaviylik, hayot bilan boliqlik,
daromadlilik va ishonarlilik tamoyillari turadi. Bu tamoyillar taribot mohiyatini,
undagi asosiy maqsadni ajratishga imkon beradi, shuning uchun ularni o‗zaro
boliqlikda ko‗rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiylik funksiyasi
– ta‘lim va tarbiyaning shakli sifatida ekskursiya
xizmatining muhim xususiyati ilmiylikdir, ya‘ni ilmiy bilimlarni tarqatish
ekskursiyaning vazifasidir. Ekskursiya xizmati mazmuni zamonaviy fanlarning aniq
bo‗limiga muvofiq ravishda bayon etilishi, dunyoqarashni shakllanishiga yordam
berishi kerak. Faktlar, voqealar, nazariy holatlar ilmiy talqinda berilib, qaysi
zamonaviy fanga taalluqli bo‗lsa, o‗sha fan sohasidagi yutuqlarni hisobga olgan holda
yoritiladi. Faktlar va voqealar obyektiv ilmiy baholanishi lozim.
G„oyaviylik funksiyasi
. G‗oya bu qo‗yilgan maqsadga erishish uchun aniq
harakatlar rejasidir. G‗oyaviylikni aniq bir g‗oyalar tizimiga ongli bog‗liqlik sifatida
ko‗rib chiqish mumkin. Aniq faktlarga asoslangan g‗oya materiallariga obyektiv
16
yondashuv va gidning ishontirish qobiliyati g‗oyaviylik tamoyilining mazmunidir.
Har bir ekskursiya xizmati ushbu tamoyillarni hisobga olgan holda tayyorlanishi,
matnlar va uslubiy ishlanmalar kabi hujjatlar tuzilishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |