O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti


Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish



Download 113,25 Kb.
bet5/14
Sana16.03.2022
Hajmi113,25 Kb.
#497702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sayyor soliq tekshiruvlari

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) (bundan buyon matnda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.11
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig‘imlarning turlari ko‘rsatiladi.
Kameral soliq tekshiruvi Soliq Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
( 88-modda. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatlari
Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining
yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e’tiboran besh yilni tashkil etadi.
Soliq Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda da’vo qilish muddati soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan soliq stavkasi, to‘lanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qo‘llanilishi va (yoki) soliqni to‘lash muddati o‘zgarishi bilan bog‘liq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.
Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi.)
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda so‘rab olishi mumkin.
So‘ralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli so‘rov olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. So‘ralgan hujjatlarni taqdim etish muddati soliq to‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bo‘lgan muddatlari ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar Soliq Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi o‘zgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
(83-modda. Soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish
O‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga olib kelmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi o‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish muddati o‘tgunga qadar taqdim etilgan bo‘lsa, soliq hisoboti aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kun taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to‘lash muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bir paytning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi:
1) aniqlashtirilgan soliq hisoboti u hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan bo‘lsa;
2) aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni to‘lagan bo‘lsa.
Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, soliq hisobotini topshirish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlari tomonidan taqdim etiladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotiga nisbatan ham qo‘llaniladi.)
Agar o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan bo‘lsa, soliq organi soliq to‘lovchiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar o‘rganish va tahlil qilish yakunlariga ko‘ra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchi soliq organining tegishli talabnomasida ko‘rsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq to‘lovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.
Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalariga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq to‘lovchiga yuboradi.
Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo‘llanilmaydi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan soliq agentlarining va boshqa shaxslarning kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasini qaytarish uchun ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari ushbu summani qoplash to‘g‘risidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi.
Kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi.

1. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:


soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida;
soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda.
Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishga haqli:
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda;
soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.
2. Kameral soliq tekshiruvi Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Ko‘rsatilgan qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo‘llanilmaydi.
3. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq holatlar mustasno.
Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa axborotning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi.
Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o‘tkaziladi.
4. Agar soliq to‘lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi o‘zgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar o‘n kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.



Download 113,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish