O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

3.
 
Uy xo’jaliklari daromadlari 
Ma’lum bir davrda uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul 
mablag’lari summalari ularning daro-madlari deyiladi. Bunday daromadlar turli 
shakllarda namoyon bo’ladi, miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari tizimi bilan 
o’lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko’ra turli manba-lardan tashkil topadi. 
Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daro-madlarini ikki 
guruhga ajratish mumkin: 

uy xo’jaliklarining natural shakldagi daromadlari; 

uy xo’jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. 
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini ta’minlashga 
mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo’ladi. 
Ularning tarki-biga quyidagilar kirishi mumkin: 

tomorqadan olingan mahsulotlar; 


268 

uy xo’jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo’jaligi korxonalaridan 
olingan natural to’lovlar. 
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko’ra (mablag’lar tushumining natural shakli 
bo’yicha) uy xo’jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial 
transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural 
ko’rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-
nazardan, bu mablag’lar uy xo’jalik-larining o’z-o’zini ta’minlash funksiyasini 
ifodalovchi natural daromadlar bo’la olmaydi va ular pul mablag’-larining 
defitsitligi sharoitida kompensatsion instru-mentlar sifatida xizmat qiladi. 
Umuman olganda, uy xo’jaliklarining jami daromad-larida natural 
daromadlarning salmog’i uncha katta bo’lmagan qismni tashkil etadi. Shunday 
bo’lishiga qaramas-dan, uning salmog’i alohida olingan uy xo’jaliklarining 
an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga 
muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki, 
aholining kambag’al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning 
salmog’i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uy 
xo’jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida
tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shart-sharoitlariga 
o’ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo’lib hisoblanadi. 
Turli manbalar hisobidan uy xo’jaliklarining ixti-yoriga kelib tushuvchi pul 
mablag’larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari 
taraqqiy etgan sharoitda aynan pul daromadlari uy xo’jaliklarining hayotiyligini 
ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo’jaliklari pul 
daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-
lanadiki, ular quyidagi ko’rsatkichlar yordamida hisob-lanadi: 

nominal daromadlar; 

ega bo’lingan daromadlar;

real daromadlar. 
Uy xo’jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari majmuining 
puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu ko’rsatkich soliqqa tortish 
darajasi va baholar dinamikasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarni 
tavsiflaydi. Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i har bir 
mamlakat iqti-sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog’liq 
bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi.
Bir vaqtning o’zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan 
nominal daromadlar o’rtasidagi farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan 
shu davrda hisoblangan, lekin to’lanmagan daromadlar, shuningdek, o’tgan
davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga 
farq qiladi. Ish haqi bo’yicha to’lash muddati o’tib ketgan qarzdorlikning mavjud 


269 
bo’lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o’tgan mamlakatlar uchun dolzarb 
muammolardan biridir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uy xo’jaligining 
ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy xo’jaligining ega 
bo’lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg’arish uchun 
mo’ljallangan. Yoppasiga hisoblanganda ega bo’lingan daromad aholining 
ixtiyoriga borib tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo’jaliklari 
ega bo’lingan daromadlarining o’sishi aholining moliyaviy imkoniyat-larini 
salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantirishning bozor 
mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda uy xo’jaliklari ega 
bo’lingan daromadlarining YaIMdagi salmog’i 70%ni tashkil etayapti. 
Baholar darajasiga nisbatan o’zgartirilgan (korrekti-rovka qilingan) ega 
bo’lingan daromad uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu 
ko’rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o’zida aks 
ettiradi. Uning o’zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo’lingan daromadlar va 
iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo’lgan pulning sotib 
olish qobiliyati indeksi) o’sish sur’atlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar 
baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daro-madlarning o’sish 
tezligidan past bo’lsa, uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadlari o’sadi. 
Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu 
holat, o’z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga 
olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faol-
ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Uy xo’jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va 
ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

mehnat haqi; 

ijtimoiy to’lanmalar; 

tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; 

mol-mulkdan keluvchi daromadlar. 
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: 

bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari bo’yicha ish 
haqining hisoblangan summalari; 

rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimchalar; 

ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsion 
to’lanmalar; 

mukofotlar va bir martalik rag’batlantiruvchi to’lan-malar; 

har yillik va qo’shimcha mehnat ta’tillariga haq to’lash-lar; 


270 

safar xarajatlari; 

berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati; 

va boshqalar. 
Uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy 
o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga 
o’tilishi bilan uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog’i biroz 
pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir 
bo’lgan sifat o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining 
o’rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi 
yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va 
daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) 
paydo bo’ldi. 
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga 
solishning etarli darajada samarali bo’lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot 
hajmining o’sishi mehnatga haq to’lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga 
olinmagan shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi
74
. Iqtisodiyot tarmoqlari 
(masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo’ja-ligidagi 
uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi 
korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga 
nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo’yicha ish 
haqining tabaqalanishi
75
o’tkir muammoga aylan-gan. 
Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o’rnatiladi va uni 
davlat mehnatga haq to’lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. 
MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag’batlantiruvchi 
to’lan-malar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliya-lashtiriladigan 
tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjet-lar hisobidan, boshqa subyektlar 
uchun esa ularning o’z manbalari hisobidan ta’minlanadi. 
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lash hozirgi paytda isloh 
qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig’ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga 
haq to’lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan 
kuchsiz bog’langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq 
74
Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to’lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pul 
tushumlaridan to’lanmalar; b) sug’urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul yordamlari, kreditlar 
va to’lanmalar; c) xodimlarga ko’chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan predmetlarni sotib olish yo’li 
bilan natural shaklda beriladigan to’lanmalar; d) va boshqalar. Rasmiy statistikada mehnatga haq to’lashning xufyona 
shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining pul xarajatlari va jamg’armalari hamda rasmiy hisobga 
olingan daromadlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin. 
75
Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o’zi etarli: mamlakatimizda 
ayni davrda moliya-bank sohasidagi o’rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o’rtacha ish haqiga nisbatan yuqoriroq. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o’zida mehnatga haq to’lash bo’yicha keskin tebranish bo’layotganligini 
aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo’lgan moliyaviy muassasalarda ish haqining darajasi aralash va 
hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo’lgan xuddi shunday muassasalardagi ish haqidan ancha pastdir. 


271 
to’lash jarayoni ustidan to’liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo’qligi va 
boshqalar) bog’liqdir. 
Ijtimoiy to’lanmalar (sotsial transfertlar) o’zining ahamiyatiga ko’ra uy 
xo’jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o’rinni egallaydi. 
Ularni turli belgilar va asoslar bo’yicha tasniflash (klassi-fikatsiya qilish) 
mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o’tish 
maqsadga muvofiqdir: 

iqtisodiy mazmuniga ko’ra; 

ijtimoiy to’lanmalarning shakli bo’yicha; 

moliyalashtirish manbalariga ko’ra. 
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning quyidagi ko’rinishlari 
mavjud: 

mehnat pensiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar - mehnat, sotsial va 
harbiy pensiyalar; 

ijtimoiy xarakterdagi to’lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola 
parvarishi bo’yicha, homiladorlik va tug’ish bo’yicha); 

individual foydalanish xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar – 
sog’liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar xizmatlarini to’lash; 

cheklangan harakatga ega bo’lgan to’lanmalar – ishsizlik bo’yicha 
nafaqalar, stipendiyalar. 
O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar quyidagi ko’rinishlarga ega 
bo’lishi mumkin: 

pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; 

nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi
ishsizlik bo’yicha nafaqa va boshqalar; 

stipendiyalar – oliy, o’rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o’quvchilariga, 
tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar; 

imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal 
xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash 
vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va 
boshqalar; 

sug’urta qoplamalari – ko’zda tutilmagan sabablar bo’yicha sug’urta 
hodisasi ro’y bergandagi to’lanmalar; 

moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib o’tganlarga bir 
martalik to’lanmalar va boshqalar. 
Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning quyidagi 
ko’rinishlari bor: 


272 

barcha 
darajadagi 
byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan 
ijtimoiy 
to’lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, 
jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash chora-lari; 
mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti 
mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari, turli xildagi 
ustama va qo’shimchalar; 

byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-jetlaridan 
moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanma-lar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan 
– mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga 
pensiyalar; Ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat 
qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k. 

korxonalarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan ijtimoiy 
to’lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik 
nafaqalar va bosh-qalar; 

kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy 
to’lanmalar – oilaviy holatlarga ko’ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xo’jaliklari daromadlarining sotsial to’lanmalar 
ko’rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, sti-pendiyalar, boshqa sotsial va sug’urta 
tushilmalarini o’zida birlashtiradi. Sotsial to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan 
tarkibiga ko’ra uch ko’rinishga ajratish mumkin: 

pul mablag’lari bilan yordamlashuv; 

imtiyozlar; 

natural ko’rinishdagi yordam. 
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng 
kamida quyidagi uch vazifaning echilishini ko’zda tutadi: 

imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o’zgartirish (natural imtiyozlarni 
pul 
kompensatsiyalari 
bilan 
almashtirish) 
va 
byudjet 
resurslarining 
cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo’lmagan ko’plab imtiyozlarni 
bekor qilish; 

obyektiv ravishda muhtoj bo’lgan, kasbiy me’zonlari va alohida 
xizmatlari belgilari bo’yicha manzilli qo’llab-quvvatlashga o’tish; 

sotsial qo’llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini 
qat’iy chegaralash. 
Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni 
(to’lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o’tishning samarali 
adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi. 
Tadbirkorlik 
faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklari 
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbat-dagi muhim manba bo’lib xizmat 


273 
qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo’jali-
gida to’plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog’liq bo’lmagan holda 
vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar 
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari 
doirasida vujudga keladi. 
Keyingi yillarda uy xo’jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan 
olinadigan daromadlarning salmog’i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy 
xo’jaliklarining mulkida bo’lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish 
aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. 
Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag’larini bank 
omonat-lariga, qimmatli qog’ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga 
joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish 
aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan uy-joy bino-
lari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo’ladi.
Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan 
daromadlari quyidagi ko’rinishlarda amal qiladi: 

foizlar; 

dividendlar; 

rentalar. 
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy 
mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xusu-siy mulkchilikning rivojlanishi uy 
xo’jaliklari daromad-larining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromad-
larning yanada o’sishiga olib kelishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va 
dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqa-
lanishi juda ko’p obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. 
Ularning eng asosiylari quyidagi-lardir: 

mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi); 

oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar soni, 
ijtimoiy maqomi, to’plangan boyligi; 

inson kapitaliga qo’yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, 
ularning o’sish salohiyati). 
Farovonlikning 
umumiy 
darajasiga 
bog’liq 
bo’lmagan 
holda 
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami 
daromadlarning taqsimlanishi-dagi notenglikni Jini koeffitsienti (daromadlarning 
kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko’rsatadi. Uning umumiy ko’tarilishi 
(yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligidan darak 
beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakl-lanishi, daromadlarni 


274 
davlat tomonidan tartibga solish-ning samarali instrumentlari, kambag’allikni 
ogohlantirish mexanizmlari uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul 
daromadlarining 
o’sishiga, 
daromadlarning 
notengligi 
muammosini 
yumshatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish