355
qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixo-logik
muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar risk va pul
resurslarining samarali taqsimlanishiga yordam beruvchi
bir necha funksiyalarni
bajaradilar. Biroq, stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vositachilarning
ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layo-qatini cheklaydigan muammolar mavjud.
Stimullashtirishning psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha bir-
birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlari
uchun yuzaga keladi.
Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, odatda, uch turga bo‘linadi va ular
xalqaro amaliyotda quyidagicha nom olgan:
1. “Ma’naviy risk” muammosi;
2. “Noqulay tanlov” muammosi;
3. “Komitent
97
-komissioner”
98
muammosi.
Ma’naviy risk
yoki
mas’uliyatsizlik
(moral hazard) muammosi, masalan,
qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l
qo‘yganda yoki yo‘qotishga yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat
qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha sug‘urta kompaniyalari
tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xoh-lamasliklarining sababiga
aylanadi. Masalan, agar ulgurji ombor mulk-dori yong‘in hodisasiga sug‘urta polisini
sotib olganda, uning uchun yong‘inga qarshi tadbirlarga pul sarflash stimuli
kamayadi. Bu holat, uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli, sug‘urta shartnomasi
tuzilgunga qadar bo‘lgan holat-dagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta summasi
omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa, unda ayrim ekstremal vaziyatlarda ombor
egasi nafsga beri-lishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi ham mumkin. Potensial
ma’-naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari sug‘urta summasini qisqarti-radilar,
yoki ma’lum bir holatlarda ayrim turdagi sug‘urta polislarini sotishdan umuman bosh
tortadilar
99
.
Mijoz ishga bo‘nak (avans) to‘lasa va odam (yoki firma) ish qanchalik yaxshi
yoki
yomon bajarilishiga qaramay, bir xil summani oladigan vaziyat shartnoma
tuzish sohasidagi mas’uliyatsizlikka misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agar to‘lov
faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi, unda pudratchida, shubhasiz,
to‘lovning avans shakliga qaraganda yaxshiroq harakat qilib ishlashiga stimul
ko‘proq bo‘lar edi
100
.
97
“Komitent” lotincha “committens”, “committentis” – topshiruvchi, topshiriq beruvchi Komissionerga
o‘zining, ya’ni komitent hisobidan, lekin komissioner nomidan savdo bitimini tuzish haqida topshiriq beruvchi
tomon (shaxs yoki tashkilot). Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394.
98
«Komissioner» fransuzcha «commissionnaire», lotincha «commissio»
- topshirish; topshiriq. Komitent
hisobidan va uning foydasiga, lekin o‘z nomidan bitimlar tuzadigan shaxs yoki tashkilot – savdo-sotiq ishidagi
vositachi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394.
99
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana bir misol.
100
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi navbatdagi misol.
356
Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo ma’naviy risk-ning
nisbatan kamroq misoli bo‘lib hisoblanadi. Faraz qilaylik, Sizda yangi korxona
tuzish g‘oyasi tug‘ildi va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur. Siz
uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli ko‘proq bo‘lgan manba bu –
qarindoshlar va o‘rtoqlaringiz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa
Sizni bilishadi va Sizga ishoni-shadi. Bundan tashqari, ular Sizning tijoriy rejangizni,
jumladan, tijoriy siringizni ham boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga ma’lum.
Qarindoshlar va o‘rtoqlar esa, o‘z
navbatida, Sizning ularga yuz berishi mumkin
bo‘lgan hech qanday muammo va asoratlarni berkitmasdan, bo‘lajak biznes
to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari, hatto ish
boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyin-chiliklar tug‘ilgan holatda ham,
Sizning yaqinlaringiz, Siz ularning manfaatlarini
himoya qilish uchun bor
imkoniyatingizni ishga solishingizni bilishadi.
Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda kelib chiqadigan
vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga mutlaqo notanish bo‘lgan bank
xizmatchisi bilan biznes rejangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki
xoxlaysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa mijozga bu to‘g‘rida
aytib berishi mumkinligi istisno qilinmagan. Hattoki, Siz ushbu masalani hal etishga
muvaffaq bo‘lsangiz ham, yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va buning vujudga
kelmasligiga hech kim kafolat beraolmaydi.
Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank xizmatchilari esa,
mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida
ochiqchasiga gapirib berish uchun asos mavjud emasligi bois, ko‘pincha qarzni
taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar
101
.
Shunisi ayonki, buni har qanday
odam eng noiloj vaziyatdagina oshkora qilishi mumkin. Axir, buni “Hayot!”
deydilar!!!
Shunday qilib, axborot almashinishda, ish imkoniyatlariga nisbatan ma’lum bir
tengsizliklar yoki nomutanosiblik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak biznesi
to‘g‘risida bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning ustiga, Siz bankka
qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisiga o‘zining Siz uchun mutlaqo notanish
odamligi, bank esa – biror-bir mas’-uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi aniq
ma’lum. Demak, ishingizning
borishi yomonlashsa, Siz unga yaqinlaringiz
mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutganingiz kabi harakat qilmas, ya’ni holatni
to‘g‘rilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto, buning ustiga,
Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz va qarzni to‘la-
masligingiz ham mumkin. Shunday qilib, butun kuch bilan ishlash motivatsiyasi
(stimuli) korxona riskining bir qism boyligi qarz oluvchini qiziqtirmaydigan
tashkilotga (masalan, bank yoki sug‘urta kompaniyasiga) ko‘chirilishi
natijasida
101
“Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana bir karra tasdiqlaydi.
357
pasayib ketadigan vaziyat ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarga misol bo‘lishi mumkin.
Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘linmagan hajmi nati-jasida ham
yuzaga keladigan yana bitta muammo mavjud. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: