O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Download 1,87 Mb.
bet125/277
Sana06.03.2021
Hajmi1,87 Mb.
#60976
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   277
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Sanoatda ishlatiladigan tovarlar.

Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  • materiallar va detallar;

  • kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar);

  • yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‘rinishi, xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Masalan, yozuv qog‘ozi, moylovchi yog‘lar, toshko‘mir – yoqilg‘i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k.

Tayyor mahsulot asosini xomashyo va yarim fabrikatlar, detallar tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muhim qismi hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot hajmi uning turlari, navi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona majburiyatlari ko‘rsatiladi.

Mahsulot ishlab chiqarish rejasida natural ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi ko‘rsatkichlar. Ular yordamida har bir mahsulot turi bo‘yicha kimga qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini, mahsulot birligi uchun ketadigan ish vaqti yoki energiya xarajatlari, mehnat sarf-xarajatlari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i) miqdorining me’yorini bilish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari natural ko‘rsatkichlar yordamida korxonada xomashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo‘lgan talabni, mehnat haqi to‘lovlari miqdori, har birining mahsulot uchun mehnat haqi (bahosini) to‘lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo‘g‘inlar (uchastkalar) o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini – (konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo resurslari bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Natural ko‘rsatkichlar korxona va tarmoqlarning o‘ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bularning hammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta hisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurslardan foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to‘g‘ri va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab olinishi lozim. Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni – kv.m. va dona hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtiriladi.

Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv veretenda o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt, elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona va mln. amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming kub m. hisobida o‘lchanadi.

Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan yuqori darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metall hajmini, tonnadagi og‘irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va tonnali bo‘lganlarini salmog‘ini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda.

Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib berish ular tarkibida shartli birlik o‘rniga oziqa moddalar mavjudligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste’mol qiymati, iste’molga yaroqlilik darajasi yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Buyurtmachilar portfelini shakllantirishda ular talabiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish natural o‘lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi va navi (nomenklaturasi va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Biz kundalik hayotimizda turli iste’mol ehtiyojlarimizni qondirish uchun turli tovarlar guruhlaridan ma’lum assortimentdagi tovarlarni tanlaymiz. Tovar iste’molchilar xohishiga qancha ko‘p mos kelsa, ishlab chiqaruvchi shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovarni yaratishlari va sotishlari zarur.




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish