Gorizontal marketing — bitta bozorda faoliyatini qo‘shma korxonalar tashkil etib amalga oshirayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik, yig‘ma marketing va savdo operatsiyalarini amalga oshiradi.
Imijmeyker — muayyan shaxslar, tashkilotlar, partiyalar mashhurligi va obro‘sini yanada oshirish maqsadida tashkilotlar, reklama va piar kampaniyalar imijini yaratish bo‘yicha mutaxassis.
Internet kimoshdi savdosi - elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi, odatda «iste’molchiiste’molchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |