O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 18,82 Mb.
bet73/162
Sana28.02.2022
Hajmi18,82 Mb.
#474381
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
МТ Мажмуа МАЪРУЗАЛАР

Mukammal qidiruv daraxti
Agar ajratib olingan elementlar qandaydir o’zgarmas to’plamni tashkil qilishsa, kelgusi qidiruvlar samaraliroq bo’lishi uchun ularni binar daraxt ko’rinishida ifodalash maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin.
Quyida keltirilgan daraxtlarda binar qidiruvni ko’rib chiqaylik ( a)va b) chizma). Ikkala daraxt xam uchtadan elementga ega - k1, k2, k3 bo’lib bu yerda k1. k3 elementni qidirish a) chizmada ikkita taqqoslashni talab qilsa, b) chizmada esa bitta.
Biror bir yozuvni ajratib olish uchun zarur bo’lgan kalitlarni taqqoslashlar soni binar qidiruv daraxtidagi ushbu yozuv bosqichiga birni qo’shganiga teng.
Faraz qilaylik:
qidiruv argumenti key = k1 bo’lishi extimolligi - p1,
qidiruv argumenti key = k2 bo’lishi extimolligi – p3,
qidiruv argumenti key = k3 bo’lishi extimolligi – p3,
key < k1 bo’lishi extimolligi – q0,
k2 > key > k1 bo’lishi extimolligi – q1,
k3 > key > k2 bo’lishi extimolligi – q2,
key > k3 bo’lishi extimolligi – q3,
C1 - a) chizmadagi taqqoslashlar soni,
C2 - b) chizmadagi taqqoslashlar soni.

Chizma a) Chizma b)
U holda ×r1+×r2+×r3+×q0+×q1+×q2+×q3 = 1
Biror bir qidiruvda kutilayotgan taqqoslashlar soni quyidagicha bo’ladi:
C1 = 2×r1+1×r2+2×r3+2×q0+2×q1+2×q2+2×q3
C2 = 2×r1+3×r2+1×r3+2×q0+3×q1+3×q2+1×q3
Biror bir berilgan kalitlar va extimolliklar to’plamida kutilayotgan taqqoslashlar sonini minimallashtiruvchi binar qidiruv daraxti mukammal deyiladi. Garchi daraxt yaratish algoritmi ancha sermashaqqat ish bo’lsada, biroq u yaratgan daraxtda qiduvni amalga oshirish ancha samarali bo’ladi. Afsuski, ko’pincha, qidiruv argumenti extimolligi oldindan aniq bo’lmaydi.
Binar qidiruv (teng ikkiga bo’lish usuli)
Faraz qilaylik, o’sish tartibida tartiblangan sonlar massivi berilgan bo’lsin. Ushbu usulni asosiy g’oyasi shundan iboratki, tasodifiy qandaydir AM element olinadi va u X qidiruv argumenti bilan taqqoslanadi. AgarAM=X bo’lsa, u holda qidiruv yakunlanadi; agar AM M >X bo’lsa.
M ixtiyoriy tanlanganda ham taklif qilinayotgan algoritm korrekt ishlaydi. Shu sababali M ni shunday tanlash lozimki, tadqiq qilinayotgan algoritm samaraliroq natija bersin, ya’ni uni shunday tanlaylikki, iloji boricha kelgusi jarayonlarda ishtirok etuvchi elementlar soni kam bo’lsin. Agar biz o’rtacha elementni, ya’ni massiv o’rtasini tanlasak yechim mukammal bo’ladi.
Quyidagi chizma ko’rinishida berilgan massivni qarab chiqaylik. Faraz qilaylik, bizdan kaliti 52 ga teng bo’lgan elementni topish talab qilinsin. Dastlabki taqqoslanadigan element 49 bo’ladi. 49<52 bo’lgani uchun sababli, keyingi qidiruv 49 dan yuqorida turgan elementlar orasida amalga oshiriladi. Yangi xosil bo’lgan massiv o’rtasi 86. Agar berilgan kalit bilan ushbu kalitni taqqoslasak 86>52 bo’ladi. Demak, navbatdagi qidiruvlar 86 bilan 49 orasidagi elementlar ichida amalga oshirilishi lozim. Keyingi qadamda ma’lum bo’ldiki, qaralayotgan elementlar o’rtasidagi element kaliti 52 ga teng. Shunday qilib, massivda berilgan kalitga teng bo’lgan elementni topdik.

Yuqoridagi algoritmni amalga oshirish dasturi S++ tilida quyidagicha bo’ladi:
#include
#include
int Binsearch(int a[], int N, int key, int *t)
{
int l=0, r=N-1, mid=(l+r)/2;
while (l<=r)
{ *t+=1;
if (a[mid]==key) return mid;
if (a[mid]>key) r=mid-1;
else l=mid+1;
mid=(l+r)/2;
}
a[N]=key;
return N;
}
main ()
{
int i, N, mas[1000], key, P, t=0;
cout<cin>>N;
cout<<"Massiv elementlarini kiriting!"<for (i=0; icin>>mas[i];
cout<<"Qidiruv elementini kiriting!"<cin>>key;
P=Binsearch(mas,N,key, &t);
if (P==N) cout<<"Bunday elementni massivga qo'shis lozim"<<" "<
else cout<<"Bunday element bor"<<" "<
getch();
return 0;
}
Agar key = 101 bo’lsa, kerakli yozuv 3 marta taqqoslashlarda aniqlanadi (ketma-ket qidiruvda taqqoslashlar soni 7 ta bo’lar edi).
Agar S – taqqoslashlar soni va n – jadvaldagi elementlar soni bo’lsa, u holda
S = log2n.
Masalan, n = 1024.
Ketma-ket qidiruvda S = 512, binar qidiruvda S = 10.
Agar katta xajmdagi ma’lumotlar ichida qidiruv amalga oshirilayotgan bo’lsa, u holda binar va indeksli ketma-ket qidiruvni umumlashtirib olib borish mumkin. Sababi, har ikkala qidiruv ham tartiblangan massivda amalga oshiriladi.



Download 18,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish