1.1. Muloqot haqida umumiy tushuncha.
Muloqot faqat insonlarga xos bо‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida
bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi.
Muloqot - odamlar о‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
bog‘lanishlar rivojlanishining kо‘p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida axborot ayirboshlashni о‘z ichiga oladi. Bunda 4 munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning о‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat sо‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bо‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bо‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (о‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (о‘zarobirgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni о‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining о‘z “Meni” atrofdagilar bilan bо‘ladigan muloqot jarayonida
shakllanadi, Shaxsning hayot yо‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona,keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bо‘lgan ehtiyojdir. Muloqotga bо‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimomu loqotga bо‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bо‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bо‘lib, pedagogik faoliyatda
muhim о‘rin tutadi.
Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga tо‘g‘ri
keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini о‘ynasak, kasalxonada bemor, dо‘konda haridor,oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq
holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik
muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, о‘qituvchi va о‘quvchi, о‘qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim - tarbiya jarayonlarini
boshqarish muhim о‘rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar,
jamoaning psixik namoyon bо‘lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni о‘rganadi. Bu masalalarni hal qilishda muloqot psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bо‘lishi kerak, bunda ularga muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi.
Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din
psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari,tizimi, diniy his - tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini о‘rganishda albatta muloqot sirlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi.
Siz bilan muomala qilish yoqimlimi?
1 .Siz ko‘p gapirgandan ko‘ra eshitishni ma’qul deb bilasizmi?
2.Siz gaplashish uchun mavzuni hattoki notanish odam bilan ham topa olasizmi?
3.suhbatdoshingizni doim ham diqqat bilan tinglaysizmi?
4.Maslahat berishni yaxshi ko‘rasizmi?
5.Suhbat mavzusi yoqmasa,bunisuhbatdoshingizga ko‘rsatasizmi?
6.Sizni eshitishmayotganligidan asabiylashasizmi?
7.Har bir fikrgao‘z nuqtai nazaringiz mavjudmi?
8.Agar suhbat mavzusi sizga notanish bo‘lsa,davom ettira olasizmi?
9.Siz diqqat markazida bo‘lishni yoqtirasizmi?
1 0.Hech bo‘lmaganda uch xil yo‘nalishda puxta bilimga egamisiz?
1 1 .Siz yaxshi notiqmisiz?
1 ,2,3,6,7,8,9,1 0,1 1 -savollari uchun “ha” javobiga 1 balldan,4 va 5- savollariga “”yo‘q
javobi uchun ham 1 balldan hisoblang.
64 4 balldan kam.Sizni gap olib bo‘lmaydigan kamgap inson deb bo‘lmaydi, yoki juda sergapligingizdan sizdan qochishga harakat qilishlari haqiqat.Siz byuilan
muloqat qilish juda qiyin va og‘ir.Buning ustida o‘ylab ko‘rmasangiz bulmaydi.
4 dan 9 ballgachaSiz unchalik muomalali emasdirsiz,lekin doim e’tiborli
vayoqimtoy suhbatdoshsiz.Kayfiyatingiz yo‘q vaqtida xayolingiz parishon bo‘lishi
mumkin,lekin siz hech qachon atrofingizdagilardan bunday vaqtlarda alohida
e’tibor talab qilmaysiz.
9 balldan yuqori.Siz muloqatda eng yoqimli inson hisoblanasiz.Do‘stlaringiz
sizsiz hechnarsa qila olmaydilar.Bu juda yaxshi,faqat bir savol tug‘iladi:sizga
o‘ynayotgan ushbu rolingiz doim yoqadimi yoki siz xuddi aktyorlardek sahna
o‘yinchisimisiz?
Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a’zolari u bilan muloqotga kirishishga harakat
qiladilar. Lekin chaqaloq muloqotga darhol tayyor bо‘lmasdan, u uxlaydi, yig‘laydi va
emadi. Chaqaloq о‘zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi.
Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni
salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq о‘zining qichqirig‘i bilan
uyquga, ovqatga, issiqlikka bо‘lgan ehtiyojini bildiradi.
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muloqotda bо‘lmasdan yashay
olmaydi. Bola tug‘ilganda uning onasi о‘zining mehrini muloqot orqali beradi.
Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muloqotda bо‘lmasdan
turolmaydi. Kattalar tomonidan bо‘ladigan tо‘g‘ri muloqot chaqaloqda muloqotga
bо‘lgan ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloqda birinchi u bir oylik bо‘lganda “ga”, “da”,“ua” kabi nutq belgilari paydo bо‘ladi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bо‘ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning labi va kо‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muloqotda bо‘lish uchun kattalar bolaga kо‘proq kulgulari bilan ta’sir etishlari maqsadga muvofiqdir. Bolani qо‘lga olib kо‘targanda u juda xursand bо‘ladi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarningjilmayishiga о‘zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi . Ona uchun ham bola barchadan aziz.
Kattalar gо‘daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda bо‘lishlari zarur. 4-5 yoshli gо‘dakning munosabati о‘ziga xos harakterga ega. U о‘z oila a’zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo gо‘dak atrofida parvona bо‘laversalar, u о‘yinchoqlar bilan о‘ynamaydi, balki gо‘dak onasidan ajrasa injiq bо‘lib qoladi. 7-9 yoshli bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi. Sо‘ngra u kattalarning og‘zidan chiqqan sо‘zlarni takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stolni ustini artishga, idish-tovoqlarni kо‘tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, predmetlar bilan harakat qilishga ham о‘rgatadilar, ya’ni hatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi.
О‘yinchoq -kо‘ngilochar predmet bо‘lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy
rivojlanishi vositasidir. 2-3 yoshli bola о‘yinchoqlar bilan о‘ynay boshlaydi.
О‘yinchoqlar yorqin rangli, qо‘ng‘iroqli ovozli bо‘lishi bolada ijobiy emotsiyani
keltirib chiqaradi. Onasi bolaga о‘yinchoqlar bilan qanday о‘ynashni о‘rgatadi.
О‘yinchoqlarning tovushlari bolaning kayfiyatini yanada kо‘taradi, uning idrokini
rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda о‘yin bо‘lib 10
hisoblanadi. Kattalar о‘yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bо‘lishlari muhim
ahamiyatga ega. О‘yinchoq bilan о‘ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og‘ziga
solishga, ichini ochib kо‘rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi о‘yinchoqdan tashqari qog‘oz, qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bо‘ladi.
О‘yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy
jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz)
tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol о‘ynaydilar. Chunki bolalar hali mustaqil harakat qila olmaydi, ongi yaxshi
rivojlanmagan. Bolaning ongini о‘stirish uchun о‘yinchoqlar va о‘yin turlaridan
kо‘proq foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilk bolalik davrida ham о‘yinning ahamiyati katta. О‘yin orqali bolalarda ruhiy
xususiyatlar rivojlanadi. Bu davrdagi bolalar predmetli о‘yinchoqlarni kо‘proq
о‘ynaydilar. Ayniqsa didaktik о‘yinchoqlar bola hayotida muhim о‘rin egallaydi. Bolaendi bitta о‘yinchoq bilan emas, balki bir necha о‘yinchoqlar bilan о‘ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar bilan muloqotda bо‘lishga nisbatan kо‘proq о‘yinchoqlar bilan muloqotda bо‘ladilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar о‘yinda kattalarning hatti-harakatlari, о‘zaro
munosabatlarini taqlid qilish orqali ifodalaydilar. Bu ularda muloqotni rivojlanishiga yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarda о‘yin faoliyati о‘ziga xos harakterga
ega. Ular kо‘proq harakatli, sport harakteridagi о‘yinlarni о‘ynaydilar. О‘yin orqali
о‘quvchilar bir-birlari bilan muloqotda bо‘ladilar.
О‘smirlarda, ayniqsa, 5-6- sinf о‘quvchilarida о‘yinga bо‘lgan ehtiyoj saqlanib
qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan bо‘sh vaqtlarida о‘smirlar о‘yin faoliyati bilan
ham shug‘ullanadilar. Ularda о‘yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.
Umuman о‘yin faoliyati bolalar hayotida muhim о‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |