75
Xalqaro munosabatlar bilan bog’liq masalalar barcha mamlakatlar siyosiy
hayotida katta o’rin tutadi. Oliy darajadagi muzokaralarni o’tkazish tajribasi
yangi suveren davlatlar diplomatiyasining muhim va samarali vositalaridan biri
hisoblanadi. Xalqaro aloqalar sohasida mustaqil tashqi siyosat olib borish, jahon
xamjamiyatiga
kirishning
o’z yo’llarini ishlab chiqish, davlatlararo
munosabatlardagi ustuvor yo’nalishlarni belgilash, ularning taraqqiyoti, teng
huquqlilik asosida tinch-totuv yashash, davlatlararo teng huquqli munosabatlar
va o’zaro manfaatli hamkorlik bir qancha ichki va tashqi siyosiy muammolarni
hal qilish imkonini beradi. Har bir xalqaro uchrashuvnga tayyorgarlik ko’rish
avvalida qanday maqsadlarga erishish mumkinligini hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: