EXCEL elektron jadval dasturida diagrammalar tuzish
Diagrammalarni menyuning “Вставка” va “Диаграмма” bo’limlaridan foydalanib chiqarish mumkin.
Masalan: x ning 1 kadam bilan -10 dan 10 gacha kiymatida y=sinx funktsiyani kiymatini osongina hisoblash va grafigini chiqarish mumkin. Grafik 4.2-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi .
у=sinx funksiya grafigi
х
rasm
Shu diagrammani uzini aylana ko’rinishida ham chikarsa bo’ladi, bu ko’rinish 4.3-rasmda berilgan.
Tajriba mashg’uloti №3
Mavzu: Taqdimot materiallarini tayyorlash amaliy dasturlari paketi POWER POINT Tayanch iboralar: PowerPoint, taqdimot, slayd, prezentatsiya, animatsiya, doklad, konspekt, ovoz, video, effekt
PowerPoint dasturi to’g’risida umumiy ma‘lumot
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material - qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Dizayn kolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to’plam bo’lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, kogozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Faraz kilaylik, bizning firmamiz uz maxsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmokchi. Albatta buning uchun maxsulotingiz to’g’risida kizikarli gaplar aytishimiz kerak bo’ladi, ya‘ni ko’pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa kilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to’g’risida va xokazo. Boshqaga qilib aytganda, biz ishonchli va salmokli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida xech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to’g’risida auditoriyada ishonch hosil bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |