Pedagogik nizo tushunchasi
Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak. Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir: inqiroz; anglashilmovchilik;
kutilmagan hodisa; zo‘riqish; noqulaylik; ichki yoki tashqi xavotir; bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv. Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar: axborot omili; munosabat omili; hulq omili.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Muallim esa, birguruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi, mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Otabobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir. Birinchidan aytganda.
Ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur qoldiradi. O‘qituvchi bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganadi. Psixologiyada 4 ta temperament mavjud. Har bir shaxs shu 4ta temperamentdan biriga ega bo‘ladi.
1. Xolerik-temperament. 2. Melanxolik temperament. 3. Sangvinik temperament.
4. Flegmatik temperament.
Pedagogik nizolarning asosiy turlari
1. Ichki shaxsiy nizo.
2. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
3. Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar. Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir: tezda yakun topadigan nizolar; kuchsiz, sust kechadigan nizolar; uzoq muddat davom etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan nizolar. Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni
pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak. Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi.
Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin. O‘zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga kelmasligini asosiy sabablari, o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, o‘zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funksiyasi suhbatdoshilarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “yaxshi suhbatdan
- yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi. O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’limtarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi. O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘zo‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni
ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi. Pedagogik nizolarda adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo‘l tutiladi.
Ular orasida eng samarali yo‘llar quyidagilar sanaladi:
1. Nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik.
2. Qulay echimlarni taklif qilish.
3. Man etilgan usullarni qo‘llamaslik, shakllardan foydalanmaslik.
4. SHikoyatlar sonini qisqartirish.
5. Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish.
6. Nizoga kirishgan sub’ektlar shaxsini kamsitadigan so‘zlardan foydalanmaslik . Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullar ham qo‘llaniladi. Ular orasida eng samarali usullar quyidagilar sanaladi: Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo‘lib, ular yuzaga kelgan vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Odatda pedagogik nizolar ikki usul:
1) pedagogik usul;
2) ma’muriy usul bilan hal qilinadi.
O‘qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to‘g‘risida “ma’lumot” berish bilan birga talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli pedagogning imidjida soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak. Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullari
Nizoni hal qilishning pedagogik usullari:
1) suhbat;
2) iltimos;
3) ishontirish;
4) nizoga kirishuvchilarga qo‘yilgan talablar yoki ishtirokchilarning xattiharakatlari noto‘g‘riligini tushuntirish va b.
Nizoni hal qilishning ma’muriy usullari:
1) nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish;
2) ularni boshqa ishga o‘tkazish;
3) nizo qatnashchilarini turli ko‘rinishlarda o‘zaro ajratish;
4) axloq komissiyasining qarori;
5) rahbar buyrug‘i;
6) sud qarori.
Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi: Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari: Maslahat berish; Axborotli yordam ko‘rsatish; Tashxislash; Amaliy treninglar uyushtirish. Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko‘rishimiz mumkin. Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi. Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi.
О‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlami tarkib topishiga erishishi zarur.Chunonchi, u eng awalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholayoladigan, mavjud ziddiyatlami o'z iroda kuchi bilan bartaraf etishninguddasidan chiqa olishi zarur. О 'qituvchi о ‘quvchilar, ota-onalar hamdahamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to ‘la bayon etilishigaahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so ‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o'quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvajYaqiyatlarini e ’tirofetishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, и bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida о'qituvchining so ‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat seziilibturishi, shuningdek, imkon qadar ко ‘tarinki kayfiyatda bo 'lishi zarur.0 ‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uningo'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Dars -ta ’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo'lib, unda sinf darstizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o'qituvchi tashkiliy tartibni va ta’limning muntazamligini ta’minlaydi.Dars bevosita o'qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayoniningasosiy shaklidir. O'qituvchining o'quvchilarga pedagogik ta’sir ko'rsatish mahorati dars jarayonida namoyon bo'ladi.O'qituvchi darsda muayyan tayyorgarlikka ega o'quvchilar jamoasibilan faoliyat olib boradi. Darsda o'qituvchi o'ziga tegishli mutaxassislikfanining ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o'quvchilargatushuntirish bo'yicha ishlaydi. Bilimlarni ta’lim metodlari asosida o'quvchilar ongiga singdiradi, o'quvchilarning olgan bilimini muntazam ravishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individualta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.Darsda o'qituvchi rahbar sifatida har bir o'quvchining bilim olishxususiyatlarini inobatga oladi, o'quvchilarning ta’lim jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari. ularning idrok etish qobiliyatlanm rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamdashakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Ta’lim jarayoni o‘qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan o‘qituvchilik mahorati hech qachonbir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. 0 ‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro‘y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog‘langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy - siyosiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida o‘qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
- ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
- o‘quvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish;
- o'quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlari ning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;
- ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o‘zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
- o‘quv tarbiyaviy faoiiyatning barcha bosqichlarida ta'limning emotsionalligini ta’minlash;
- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish;
- ta’limda o ‘quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o'rganib borish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo'lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatini boshqara olishi bilan bog‘liq. Ijodiy kayfiyat o'qituvchi kasbida muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlardan biridir. Ijodiy kayfiyat, o'qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning muhim qirrasi hisoblanadi. Iiodiv kavfivat –о'qituvchining ruhiy holatini bir maromda ushlab turuvchi, kasbiy jihat dan ijodkorligini ta ’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining о ‘ziga xos jihatlarini ко 'rsatuvchi, о 'quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta ’min lovchi vositadir. O'qituvchi o'z ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish uchun psixologik yo'nalishlaming xilma-xil usullarini bilishi kerak. Bu darsni fikran xayoldan o'tkazish va loyihalash, har bir o'quvchi qalbiga oson yo'l topa olish mahorati, muloqot madaniyati. O'qituvchi ijodiy kayfiyatini awalo o'zi yaratadi, bu uning xarakter xususiyatidan, o'z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo'ladi. Quyida tajribali ustoz o'qituvchilar sinovidan o'tgan, ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalarini havola etamiz:
•Y a n g i o'rganilayotgan o'quv mavzusidan o'z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirish.
• S in f o'quvchilari bilan bo'layotgan har bir muloqotdan ijodiy kay fiyat uchun motivlar topa olish.
•His-tuyg'u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘-naltira olish.
•O'quvchilarning nojo'ya xatd-harakatlariga doimiy e’tibor ber maslik va qulay vaziyatda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish.
•D a rs jarayonida aslo g'azablanmaslik, o'quvchilar kulgisini achchiq so'z bilan to'xtatmaslik, aksincha-to'g'ri qabul qila olish.
•D a rs jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo'lish ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik.
•D o im iy jiddiylik va asabiylashish, asab va yurak tizimini tez charchatishini unutmaslik. Bolalar bilan boiajak muomala oldidan o'qituvchining ijodiy kayfi yatini hosil qilishida uning o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv materialiga o'z hissiy munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini oldindan topishga intilishi muhim rol o'ynaydi: bular tegishli imo-ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir.Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashningmuhim vazifasi o'qituvchining o'rganilayotgan yangi o'quv materialiga nisbatan o‘z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllami mustahkamlashdir, u o'qituvchi tomonidan quyidagi уliar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbimi fikran yodga tushirish; ko‘zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rang tasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish. Ta’lim jarayonida ijodiy kayfiyatni boshqarish - о‘qituvchi mehnatming eng muhim kasbiy jihatdan talabi bo'lib, u 0 ‘qituvchining sinfda, 0 ‘quvchilar bilan muomalada erkin bo'lishini, xulq-atvorining samarali bo'lishini ta’minlaydi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy bosqichlariga nisbatan o‘qituvchining ijodiy kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
1) 0 ‘qituvchi sinf jamoasi bilan bo'ladigan dastlabki muomalani oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi.
2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir bo'lishi, o'qituvchi ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil sifatida.
3) O'qituvchining sinf jamoasi bilan muloqoti tizimi, pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo'lla quwadaydi va rag‘batlantiradi.
4) O'quvchilar bilan muomaladan qanoat hosil qilish, keyingi pedagogik faoliyatda o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil ekanligi.
Pedagogik ijodkorlik va muomala jarayonida vujudga keladigan har qanday zo'riqishni, shuningdek, boshqa noxush holatlami yengish uchun o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash yuzasidan doimiy faoliyat olib borishi zarur. O'z-o'ziga ta’sir qilishning bir qator usullari mavjud bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: О ‘z-o 'zini ishontirish, о 'z-o ‘ziga buyruq berish, о‘z-o ‘zini majbur qilish, о ‘z-o ‘ziga majburiyat yuklash, о 'zo'zini ragbatlantirish, о ‘z - o ‘zini jazolash, o'z-o'zini mashq qildirish,o'z-o'ziga ta’sir qilish. O'qituvchining o'z-o‘ziga ta’sir qilishi (refleksiya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o'rganiladi.
XULOSA
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilimdoirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchiningpedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiymunosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘zguruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyinshunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi.
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |