O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti moxt yo‘nalishi



Download 85,5 Kb.
bet1/5
Sana23.02.2022
Hajmi85,5 Kb.
#180399
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BUYUK IPAK YO'LI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI.
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIXI FAKULTETI
MOXT YO‘NALISHI 4-KURS FORS-INGLIZ GURUHI
TALABASI XAYRULLAYEVA ZARINANING
BUYUK IPAK YO‘LI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

FAN O‘QITUVCHISI: KARIMOV N.
TAYYORLADI: XAYRULLAYEVA Z.


TOSHKENT-2020


Mavzu: Buyuk ipak yo‘li karvonsaroylari.


Reja:



  • O'rta Osiyo karvonsaroy-rabotlar tarixi qachon boshlangan?

  • Doyaxotin karvonsaroyi

  • Bokudagi Buxoro karvonsaroyi.

  • Raboti-Malik karvonsaroyi…

  • Turkiyada, balki tarixiy Buyuk Ipak yo’li guzargohida joylashgan bir qator davlatlarda mavjud karvonsaroylar haqida ma’lumot...

  • Afg‘onistondagi karvonsaroylar .

  • Buyuk ipak yo‘li karvonsaroylari” loyihasi



O'rta Osiyo karvonsaroy-rabotlar tarixi qachon boshlangan?
Hozirgi kunda qadimiy karvonsaroy-rabotlar Yaqin sharq, Turkiya, Eron hududlarida ochilgan bo'lib, arxeolog mutaxassislar orasida O'rta Osiyo hududida islomgacha bo'lgan karvonsaroy-rabotlar mavjud bo'lmagan degan fikr ustuvor bo'lganligi va bu holatni mashhur olim S. Xmelnitskiy “… O'rta Osiyo islom davrigacha bo'lgan davrda mayda tarqoq uncha katta bo'lmagan mulklardan tashkil topganligi, sosoniylar Eroni esa keng markazlashgan davlat bo'lgan…” ligi bilan izohlashga harakat qilganligini ta'kidlab o'tadi.
Biroq keyingi davrda O'rta Osiyo hududida olib borilgan keng ko'lamdagi arxeologik qazish ishlari hudud me'morchiligi haqida yangi ma'lumotlarni berganligini alohida ta'kidlab, mazkur yangiliklar o'tgan asrda ochilgan ko'plab yodgorliklarni yana bir bora yangidan qarab chiqish lozim degan fikrni ilgari suradi. Uning ta'kidlashicha, ana shunday yodgorliklardan biri Ovultepa yodgorligi bo'lib, O'rta Osiyoning to'liq ochilgan kam sonli yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Yodgorlik 1956-yilda S.K.Kabanov boshchiligidagi guruh tomonidan ochilib, kulollik idishlari majmuasi hamda numizmatik namunalar asosida V asrlar bilan davrlashtirgan. S.K.Kabanov dastlabki ma'lumotlarga tayangan holda yodgorlikni ilk o'rta asrlarga oid mahalliy dehqonning ko'rg'oni, deb aytib o'tganligi va keyinchalik yana ko'plab mutaxassislar, jumladan, O'rta Osiyo me'morchilik tarixi darg'alari V.L.Voronina, V.A.Nilsen, S.Xmelnitskiylar ham Ovultepani “qo'rg'on” deb atashganini maqolada keltirib o'tadi. Muallif tomonidan so'nggi yillarda yodgorlikda arxeologik qazuv ishlari olib borilib, o'zining ilmiy xulosalarini quyidagicha bayon etadi.
Yodgorlik qadimgi soy o'zani yaqinidagi tabiiy terrassada joylashib, o'lchami 33x27 metrni tashkil etadi. Yodgorlik yonida yaxshi saqlanmagan, vazifasi noma'lum qurilishlarning qoldiqlari ham qayd etilgan. Bino kirish qismi shimoliy devor o'rtasida joylashib, dunyo tomonlariga paralel to'rtburchak shaklda. Bino devorlari bo'ylab, joylashgan xonalarning birinchisi o'lchami kattaroq yotish, o'tirish uchun supalar qilingan yashash xonasi bo'lsa, ikkinchi xonalar kichikroq o'lchamda mahsulot, mahsulot saqlash uchun mo'ljallangan omborxonalar bo'lgan. Yodgorlikda 12 ta ana shunday kompleks qayd etilgan.
Yodgorlik rejaviy tuzilishi o'ziga xos bo'lib, qazish ishlari davomida olingan topilmalar ham uni to'ldiradi. Ovultepa atrofidagi yodgorliklarda qo'lda yasalgan, sifati sopollar urf bo'lgan bir sharoitda, unda topilgagan sopol buyumlarning asosiy qismi kulolchilik charxida tayyorlangan, mehmon kutishga mo'ljallangan buyumlardan iborat bo'lgan. Ma'lumotlarning qayta tahlil qilinishi, xonalarning bu kabi tuzilishi, inshootning umumiy me'moriy yechimi va nixoyat o'ziga xos topilmalari Ovultepani O'rta Osiyoning o'rta asrlarga oid rabot va karvonsaroylariga o'xshashligini ko'rsatdi. Mashhur me'morchilik tarixi mutaxassisi-arxeolog S.Xmelnitskiyning rabotlar va karvonsaroylar tuzilishining o'ziga xosligi haqidagi fikrlarini keltirib o'zining ilmiy xulosasini tasdiqlaydi, unga ko'ra : “… rabotlarning umumiy tuzilish tamoyillari uni hamma tomondan o'rab olgan (ko'p hollarda) ichki to'g'riburchakli hovli va tashqi pastqam devorlardan iborat bo'lib, bu ma'morchilik tarixidagi eng qadimiy rejalardan biridir. U Markaziy Osiyoda islomgacha bo'lgan davrdayoq qo'llanib kelingan bo'lib, uning asosida har xil maqsadlarga mo'ljallangan, xususan, turar joy majmualari, masjidlar, madrasalar, karvonsaroy-rabotlar barpo etilgan. Karvonsaroy va rabotlar qurilishida turli xil rejalar asosidagi inshootlar ilk islom davrida ham saqlanib qolgan”.
Mazkur rejaning yorqin misoli sifatida Poykend shahri rabotini keltirib o'tadi. Karvonsaroyning hududining markaziy qismini 47x56 m o'lchamli hovli egallaydi. Hovlining janubiy, g'arbiy va sharq tomonlarini aniq tashkillashtirilgan turar joy va xo'jalikka mo'ljallangan binolar guruhi o'rab olgan. O'rta asr karvo. O'rta asr karvonsaroy-rabotlari bo'lgan Raboti Malik, Doya Xotin, Eshon rabot, Raboti Shariflarning rejalari Ovultepanikiga birmuncha yaqin. Yuqorida ko'rsatilgan karvonsaroylarning ayrimlari shaharda bo'lsa, yana ayrimlari shaharlar tashqarisida, oralig'ida joylashgan. Mutaxassislar fikricha karvonsaroylar savdo yo'lida karvonning tongda bir nuqtadan chiqib ikkinchisiga yetib borguncha bo'lgan masofada barpo etilgan. Qadimda Buyuk Ipak yo'lidagi savdo munosabatlarida muhim rol o'ynagan O'rta Osiyoda bunday karvonsaroy-rabotlar ko'p bo'lgan bo'lishi kerak deb alohida ta'kidlaydi. Muallif tomonidan o'rganilgan Ovultepa yodgorligining yangi tahlili, uni ilk o'rta asrlarga tegishli dastlabki qayd etilgan rabot ekanligini tasdiqlovchi ilmiy xulosani beradi. Yodgorlikning yuqorida aytgan o'ziga xos rejaviy tuzilishi va topilmalaridan tashqari, Samarqanddan Yerqo'rg'on, Kesh, Baqtriyaga boruvchi savdo yo'llar kesishmasida joylashganligi ham uning qadimiy karvonsaroy-rabot ekanligi haqidagi fikrlarini yana bir tasdig'i sifatida ko'rsatib beradi.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish