O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti moxt yo‘nalishi


Turkiyada, balki tarixiy Buyuk Ipak yo’li guzargohida joylashgan bir qator davlatlarda mavjud karvonsaroylar haqida ma’lumot



Download 85,5 Kb.
bet4/5
Sana23.02.2022
Hajmi85,5 Kb.
#180399
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUYUK IPAK YO'LI

Turkiyada, balki tarixiy Buyuk Ipak yo’li guzargohida joylashgan bir qator davlatlarda mavjud karvonsaroylar haqida ma’lumot...
Karvonsaroylar Buyuk Saljuqiy Imperatorligi davrida karvon yo’llarining xavfsizligini saqlash uchun qurilgan binolar hisoblanadi. Uzoq sharqda yetishtirilib, uzun Ipak yo’li orqali Yevropaga yetkazilgan ipak va ziravorlar kabi tijoriy mahsulotlar yo’l mobaynida katta boylik manbai bo’lgan. Ushbu karvonsaroylar minglab km yo’l bosib o’tgan mol-mulkka to’la karvonlarni qaroqchilarning hujumlaridan himoya qilish uchun qurila boshlangan. Tuyalar vositasida yo’lga otlangan bir karvon tong yorishgan paytda yo’lga chiqib, oqshomgacha 40 km masofani bosib o’tardi. Shu sababli, har bir karvonsaroyning orasi 40 kmlik masofani tashkil qilardi. Bunga katta ahamiyat berishga harakat qilingan. Karvonsaroylar ziyoratchilarga xizmat qilish uchun hukmdorlar va davlat yetakchilari tomonidan qurdirilgan. Karvonsaroyda tunab qolgan mehmonlar bepul foydalanish va bepul ovqatlanish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Ba’zi karvonsaroylar ichida jome’-masjidlari ham bo’lgan. U yerda tunab qolgan savdogarlar bemalol diniy ibodatlarini bajo keltirganlar. Karvonsaroylarning o’rtasida joylashgan tagi bo’sh ko’shk shaklida qurilgan zinapoya vositasida chiqilgan ikkinchi qavatdagi masjidlar musulmonlarning ibodat qilish joyi bo’lgan. Karvonsaroylarda veterinar, oshpaz, imomlar xizmat qilardi va tartibni saqlash vazifasi mas’ul xodimlar zimmasida bo’lgan.
Karvonsaroylarga asosan tojdor darvozadan kirilardi. 40 km yo’ldan kelgan karvon ahli tosh o’ymakorligining nodir asarlaridan biri bo’lgan tarixiy darvozalardan ichkariga kirar edilar. Ko’rkamli salobati bilan ziyoratchilarni o’ziga chorlagan karvonsaroylar go’yo bir qal’ani eslatib turadi. Karvonsaroyni o’rab turgan baland devorlar qaroqchilarning karvondagi mol-mulkni talon taroj qilishidan saqlar edi. Darvozadan ichkariga kirilganda avvalo katta hovliga ko’zingiz tushadi. Hovli o’rtasida ikki qavatli imorat va uning yonida masjid joylashadi. Karvon bilan kelgan hayvonlar quyi qavatga bog’lanadi, sug’oriladi va yem beriladi. Tuya karvonida olib kelingan ashyolar tushirilib, tuya va eshaklarning yuki yengillatiladi. Insonlar yuqori qavatlarda joylashgan xonalarda mehmon bo’lardilar. Bundan tashqari, hammom kabi shaxsiy ehtiyojlari uchun ham imkon yaratilgan. Tili va dini qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barcha uchun 3 kungacha u yerda tunash va u yerdagi barcha imkoniyatlardan foydalanishga ruxsat berilardi. Mamlakati, millati, nasli kimlardan bo’lishidan qat’iy nazar, ishi savdo-sotiq bo’lgan yoki uzoq yo’ldan shaxsiy ishi bilan kelganlar karvonsaroylardagi xizmatlardan bepul foydalanganlar.Saljuqiylar davrida Anadoluda bir qancha karvonsaroylar qurilgan. Avvallari, “Sulton Xon” deb nomlangan karvonsaroylar mavjud ekan, davlatning kuchsizlanishi bilan vazirlar va badavlat savdogarlar ham karvonsaroy qurdira boshlaganlar. Bulardan biri Aksaray-Navshahar yo’lida joylashgan “Og’zi Qora” Xonaqohidir.
Anadoluda Saljuqiy sultoni Alaeddin Kaykubat tomonidan qurila boshlagan xonaqoh 1239-yili bitkazilgan. Bir qal’ani eslatib turgan xonaqoh manbaa ijod qilinmasdan turib, kitoblarning nushasini ko’paytirganlarning nomi bilan atalgan. Kitob nushasini ko’paytiruvchi xodimlar xato qilganda barmog’ini og’zi bilan ho’llab, xatolarni o’chirar edilar. Shu sababli, ularning og’zi doimo qorayib qolar edi. Bu xonaqohga ulardan ilhom olgan holda, “Og’zi Qora Xon” deb nom berilgan. Karvonsaroylar tarixiy jarayon natijasida shahar markazlaridagi xonaqohlarga aylantirilgan. Dengiz kashfiyotlari natijasida Uzoq sharqqa tomon qo’shimcha yo’llar topilgani va naqliyot bahosining arzonlashishi Ipak yo’lining ahamiyati yo’qolishiga turtki bo’ldi. Tobora ziyoratchilari kamayib, yolg’izlashib qolgan karvonsaroy va xonaqohlar o’z o’rnini kunimizdagi mehmonxonalarga va savdo markazlariga qoldirdi. Tarixda savdo-sotiq xavfsizligini saqlagan, yo’lovchilarga va karvon ahliga sifatli xizmat bergan karvonsaroylar o’sha davrlardagi madaniy saviyani ko’rsatib turadi.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish