Auditor (lar) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoida» ga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug’urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchi hisoblanadigan alohida bo’linmalar taqdim etish kerakligini bilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” qonunning 10- moddasida ko’rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi.
Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi kerak:
“Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to’liq nomi (belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko’ra uning kodi ko’rsatiladi;
“Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog’i va XXTUTga ko’ra tarmoq kodi ko’rsatiladi;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THTga ko’ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko’rsatiladi;
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShTga ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatiladi;
“Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatiladi;
“Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo’yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatiladi;
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo’yicha kod ko’rsatiladi;
“Manzil” rekviziti - korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish chog’ida O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.
Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo’linmalarining faoliyat ko’rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko’rsatkichlariga kiritilishi kerak.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
vinventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan kassadagi mavjud pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig’ini aniqlash;
vkassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash;
vbank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;