Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari
Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darqakiqat, pul — "bozor tili" deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromad va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajada faqat pulda ifoda qilinadi.
Pul mablag’lari barcha hisob-kitoblarda vositachi bo’lgani sababli, tabiiyki, respublika xalq xo’jaligida mablag’larning bir maromdagi doiraviy aylanishini, bozor iqtisodiyoti sohasida faoliyat yuritishni ta’minlash uchun barcha o’zaro to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar to’g’ri va o’z vaqtida bajarilishi zarur. O’z navbatida, pul mablag’lari, to’lov, hisob-kitob va kredit muomalalarini o’z vaqtida hamda sa-marali amalga oshirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Korxonaning moliya buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va hisob-kitob muomalalarini bajaradi, moliya-viy, to’lov, hisob-kitob va kredit muomalalari hisobini, ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalardan biri bu hisob xizmatini, jumladan pul mablag’lari hisobini to’g’ri yo’lga qo’yishdan iboratdir. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Respublika Qonunining 7-moddasida ham quyidagi jihatlar xarakterlanadi. Ya’ni ushbu qonun belgilovi bo’yicha korxonada hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini, hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va yuritish mas’uliyati bevosita korxona rahbariga va bosh buxgalteriga yuklatiladi1.
1 Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni 30 avgust 1996 yil. //Xalq so’zi, 1996 yil 12 sentyabr.7-modda.
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini shakllanganligiga unchalik katta davrni egallamaganligidan qat’iy nazar MDH davlatlari ichida auditorlik faoliyatini me’yoriy-xuquqiy bazasini rivojlantirishda etakchi o’rinlarni egallaydi. Buning tasdig’i sifatida 1992 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” qonunni birinchi bo’lib O’zbekistonda qabul qilinganligini aytishimiz mumkin. Shu o’tgan 19 yil ichida auditorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qonunning yangi tahrirlari, prezident qarolari, farmoyishlari, nizomlar, yo’riqnomalar va eng asosiysi, auditorik tekshiruvini o’tkazishda auditorlar qo’llaydigan amallar, metodlar, tamoyillarni va umuman ishni tashkil etish bo’yicha yo’riqnomalarni aks etgan auditning milliy standartlari ishlab chiqildi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini asosan to’rt bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda mijoz bilan tanishish, hamda shu jarayonda mijozning faoliyatini asoslovchi birlamchi xujjatlarni talab qilib foaliyat xususiyati bilan tanishish va natijada auditorlik tashkilot mazkur korxonada auditorlik tekshiruvini amalga oshirshi yo oshirmasligiga qaror qabul qiladi. Agar auditorga talab qilgan ma’lumotlar to’la to’kis etkazilib berilmasa, unda mazkur tashkilotda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortishi mumkin, chunki auditorlik xulosasini asoslovchi dalillar to’plash jarayonida auditorga aniq va to’liq ma’lumotlar yig’a olmaydi, aksincha bo’lsa auditorlik tashkiloti mijoz bilan auditorlik xizmatini ko’rsatish to’g’risidagi shartnomani imzolashadi. Ikkinchi bosqich auditning rejasi va dasturini tuzish bosqichi bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob ob’ektlarini tekshirish savollari va bu tekshirishlar kimlar tamonidan amalga oshrishlari belgilanadi. Bu bosqichning ahamiyati shundan iboratki, bunda auditorlik tekshiruvini ko’lami hamda muddati belgilanadi. Uchunchi bosqichda dalillar to’plash jarayoni boshlanadi. Bu bosqichda auditor mavjud auditning milliy, xalqaro standartlarida yoki auditorlik tashkilotining ichki standartlarida ko’rsatilgan metodlar asosida korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini qonuniyligini asoslovchi faktlarni to’plash jarayoni amalga oshiriladi. To’rtinchi bosqich auditning yakuniy bosqichi bo’lib, bu jarayonda to’plangan dalillarga
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonun-qoidalarga mosligi nuqtai nazaridan baho berilib, auditorlik hisoboti hamda xulosasi tuziladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditining maqsadi hisobot ma’lumotlarining to’liqligi va ishonchliligini, ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazishning asosiy manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |