O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 206,69 Kb.
bet28/30
Sana18.02.2022
Hajmi206,69 Kb.
#453208
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
pul oqimlari togrisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik

Xulosa


Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub ijobiy o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki hayotimizning barcha etablarida ko’rish mumkin. Ana shu qatorda biz, iqtisodiy isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat qaratishni lozim deb topdik. Bugungi kunda, korxona va tashkilotlarga berilgan imkoniyatlar, ularning o’z maqsadlariga erishishidagi har qanday sun’iy to’siqlarni bartaraf etilishi, erkinlik va mustaqillikni qaror topipsh ular faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxona va tashkilotlar xo’jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarishda muhim dastak hisoblangan buxgalteriya hisobi va auditning roli ham oshib bormoqda. Buni nimalarda ko’rish mumkin? Bugungi iqtisodiyot, rejali iqtisodiyot davridan farqli ravishda hisobchi, auditorla oldiga bir qadar murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Buxgalteriya hisobi va auditning ob’ekti va uning ko’lami, sub’ektlari va ularning manfaatlari, mazmuni va vazifalari o’zgardi, uslubiy asosi takomillashdi, tashkiliy asosiy qayta qurildi, nazariy asosi boyitildi, xuquqiy asosi qurilmoqda. Bu o’zgarishlar albatta uni yangi asosda tuzish zaruriyatini ham yuzaga chiqarmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalar singari buxgalteriya hisobini ham xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga harakat kilib kelinmoqda. Bu boradagi birinchi qadam moliya-xo’jalik faoliyatining hisobvaraqlar rejasini xalqaro talablar darajasidagi yangi rejasini ko’rishimiz mumkin.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot asosida investorlar kompaniyaning faoliyatini o’rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona raxbariyati pul mablag’lari harakatini boshqara olish, korxona schyotidan kreditor qarzlarni uzish xamda xissadorlarga dividend to’lash, qo’shimcha moliyalashtirish maksadlari uchun etarli miqdorda pul mablag’larini jamlash
imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag’lari harakati o’rtasidagi bog’liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini uzida aks ettiradi.
Bizning fikrimizcha korxonaning pul oqimini hisobi hamda auditida e’tiborni quydagilarga qaratish lozim

    • korxonaning joriy investitsiya va moliyaviy faoliyatlari bo’yicha pul mablag’larining sof kirimini va chiqimini aniqlash;

-pul mablag’lari kirimi bo’yicha manbalarini, chiqimi bo’yicha harakatlarining tarkibini chuqur o’rganish;

    • pul oqimlarini o’z vaqtida rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;

    • pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moddalarini to’g’ri shakllantirilishi;

    • birlamchi xujjatlar hamda hisob reistrlaridagi ma’lumotlarni hisobot moddalari bilan taqqoslash;

-pul mablag’lari miqdorini, optimal variantini aniqlash va xokazolar.
Korxonalarning xo’jalik jarayonlaridagi pul oqimlari asosini hisob kitob raqamidagi naqd pulsiz muomalalar tashkil etadi. Korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan xolda;
korxonalar o’z pul mablag’larini bankda saqlashlari lozim;

  • barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o’tishi kerak;

  • xo’jaliklar hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin;

  • korxonalarning hisob-kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;

  • tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi;

  • mol etkazib beruvchining hisobraqamiga pul mablag’larini o’tkazish mazkur mablag’larning mol sotib oluvchining hisob raqamidan o’chirilganidan keyin amalga oshirilishi kerak.

Bizning taklifimizga ko’ra, korxonalarda xo’jalik jarayonlaridagi pul oqimlari quyidagi faoliyat yo’nalishlari bo’yicha sodir bo’lishi belgilanadi:

  • mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelibtushgan pul mablag’lari;

  • material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari;

  • xodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari;

  • foydadan to’langan soliq;

  • boshqa to’langan soliqlar;

  • xo’jalik jarayonlaridan bo’lgan boshqa pulli to’lovlari va tushumlari.

Ya’ni, bugungi amaldagi me’yoriy qonunchilikka asosan korxonalarining xo’jalik jarayonlaridan bo’lgan pul oqimlari tarkibiga biz taklif qilayotgan foydadan to’langan soliq va boshqa to’langan soliqlar ko’rinishidagi pul oqimlari kiritilmayapti. Bizningcha, xo’jalik jarayonlaridagi pul oqimlari tarkibiga to’langan soliqlarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki, odatda ko’pchilik soliqlar xo’jalikning asosiy faoliyatidan bo’lgan natijalarga asosan hisoblanadi va to’lanadi.

Download 206,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish