8-jadval
Ichki nazorat tizimini baholash yuzasidan testlar
Korxona Davr Tuzdi (familiyasi, ismi, sharifi)
Sana (hujjat tayyorlangan sana) Tekshirdi (familiyasi, ismi, sharifi)
№
|
Tekshirilayotgan savollar
|
Ha
|
Yo’q
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1. Tashkil etilishi
|
1.1
|
Amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha shaxsiy javobgarlik chegaralari belgilanganmi?
|
|
|
|
1.2
|
Buxgalteriya hisobini yuritish uchun ishchi jadvallar mavjudmi?
|
|
|
|
1.3
|
Ichki audit bo’limi mavjudmi (ushbu bo’lim xodimlarining malakasi va
haqqoniyligini ko’rib chiqing)?
|
|
|
|
2. Nazorat
|
2.1
|
Moliyaviy axborot va ichki nazorat muolajalarini xodimlarga etkazish
tizimi tashkil etilganmi?
|
|
|
|
2.2
|
Tashkilot taftish komissiyasining tavsifi:
majburiyatlari aniq belgilangan
majburiyatlarini bajarish uchun zahiralar va vakolatlar mavjudligi (kasbiy nazoratchilar va mutaxassislar)
|
|
|
|
3. Hisobot
|
3.1
|
Oraliq hisobot:
muntazam ravishda tuziladi; vaqti-vaqti bilan tuziladi;
etarli darajada mufassal tuziladi.
|
|
|
|
3.2
|
Qaysidir bir xodim kassaligi, mehnat ta’tilida bo’lganligi yoki
xodimlar etishmasligi natijasida yo’qligida majburiyatlar taqsimlanishiga rioya qilinadimi?
|
|
|
|
3.3
|
Hisobotlarni taqdim etish jadvaliga rioya qilinadimi?
|
|
|
|
3.4
|
Hisob siyosatiga oid buyruq qabul qilinganmi?
|
|
|
|
Testlar o’tkazilgandan keyin auditor pul oiimlari to’g’risidagi hisobot ishonchliligi auditorlik tekshiruvining rejasini audit o’tkazishning umumiy
rejasiga kiritishi lozim. Auditorlik tekshiruvi o’tkazishning namunaviy rejasi 9 - jadvalda keltirilgan.
Auditor ichki nazorat tizimini faqatgina test savolnomasidan foydalana qolmasdan quyida keltirilgan shakllardan ham foydalanishi mumkin:
·rahbar xodimlar va buxgalteriya hodimlarinining fikrlarini aniqlash uchun namunaviy savollar ro’yhati;
·tahliliy amallar bajarish yo’li bilan
·maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari;
·bloksxemalar va grafiklar;
·kamchiliklar ro’yhati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.
Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3«Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
auditni dastlabki rejalashtirish;
auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi.
Auditning umumiy rejasi: korxona faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini korxonaga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
Økelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy mehnat xarajatlari;
Ømuhimlik darajasi;
Øauditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;
Øauditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavo-zimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
Øauditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’r-satish, ularni transmilliy kompaniyaning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish;
Øauditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnati-shi;
Øauditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Ichiki nazorat tizimi baholangandan keyin auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ishonchliligi auditorlik tekshiruvining rejasini audit o’tkazishning umumiy rejasiga kiritishi lozim. Auditorlik tekshiruvi o’tkazishning rejasi - jadvalda keltirilgan.
9-jadval
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditorlik tekshiruvining rejasi
Tekshirilayotgan korxona
Audit o’tkazish davri 2011 yil “28” fevral Kishi-soat miqdori 110
Auditorlik guruhi rahbari_Yaqubov O._
Auditorlik guruhi tarkibi _Yaqubov O.,Salimov T._
Auditorlik tavakkalchiligi %_5 Muhumlilik darajasi % 4
№
|
Rejalashtirilgan ishlar turi
|
O’tkazish davri
|
Ijrochi
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshirish
|
2.03.2010-
3.03.2010
|
Salimov T
|
|
2
|
Operatsion faoliyatdan pul oqimlari to’g’riligini tekshirish
|
2.03.2010-
3.03.2010
|
Salimov T
|
|
3
|
Investitsion faoliyat bo’yicha pul oqmlarini to’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish
|
2.03.2010-
3.03.2010
|
Salimov T
|
|
4
|
Moliyaviy faoliyat bo’yicha sof pul kirimi va chiqimini
to’g’riligini tekshirish
|
2.03.2010-
3.03.2010
|
Salimov T
|
|
Standartga muvofiqauditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ngaudit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limla-rini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’li-mi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |