Infratuzilma asosida iqtisodiy rivojlanishdeb nomlangan infratuzilmani rivojlantirish, dan meros bo'lib qolgan asosiy siyosat xususiyatlarini birlashtiradi Ruzveltian progressivistik an'ana va Neokeynschilik iqtisodiyoti ichida Qo'shma Shtatlar, Frantsiya Gaulist va Neo-Kolbertist markazlashgan iqtisodiy rejalashtirish, Skandinaviya ijtimoiy demokratiya shu qatorda; shu bilan birga Singapur va Xitoy davlat kapitalizmi: millat boyliklarining katta qismini muntazam ravishda yo'naltirish kerak, deb hisoblaydi Uzoq muddat kabi aktivlar transport, energiya nomidagi ijtimoiy infratuzilma (maktablar, universitetlar, shifoxonalar ...) Uzoq muddat iqtisodiy samaradorlik (iqtisodiy jihatdan orqada qolgan mintaqalarda o'sishni rag'batlantirish va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish) va ijtimoiy tenglik (bepul ta'lim va arzon sog'liqni saqlashni ta'minlash).[1][2]
Infratuzilmani rivojlantirishning afzalliklari haqida bahslashish mumkin bo'lsa-da, AQSh iqtisodiy tarixining tahlili shuni ko'rsatadiki, hech bo'lmaganda ba'zi stsenariylar asosida infratuzilma asosida investitsiyalar mamlakat miqyosida va mahalliy miqyosda iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadi va daromad keltirishi mumkin. rentabellik stavkalari. Infratuzilma sarmoyalarining afzalliklari eski uslubdagi iqtisodiyotlar (portlar, avtomobil yo'llari, temir yo'llar) uchun ham, yangi davr uchun ham ko'rsatiladi (yuqori tezlikda harakatlanadigan temir yo'l, aeroportlar, telekommunikatsiya, internet ...).
Respublikamizni tashqi savdo salohiyatini oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengayishi tovar moddiy boyliklarini harakatini tartibga solish va muvofiqlashtirish, mamlakatlararo tovarlar harakatini jadallashtiradi va kengaytiradi. Bunday sharoitda tovar moddiy boyliklarini harakatini tartibga solish va nazorat qilishga e’tibor kuchayadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasida ta’kidlab o‘tilganidek, mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohatlar, bozor subyektlari orasidagi xo‘jalik aloqalarini (tubdan yangi bosqichda amal qilishiga asos solmoqda), yanada rivojlantirish va samarali amal qilishini talab etmoqda.
Bu borada tovar ishlab chiqaruvchilar va transport korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar, xususan, maxsulotlarni tashish, saqlash, taqsimlash va ular bilan bog‘liq axborotlar oqimini qayta ishlash jarayonidagi muomala xarajatlarini kamaytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, maktab uquvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni kelajakda ushbu soxalarni egallashlari uchun bilimlari va ularga kunikmalar hosil qilish maqsadida ushbu maqolada logistika soxasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish maqsad qilib olindi. Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. Qadimgi greklar logistika deb hisob–kitoblarni amalga oshirish san’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi.
Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar taqsimoti tushunilardi. Logistika yunonchadan tarjima qilinganda “hisoblash, taqsimlash” degan ma’nolarni anglatadi. Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joylashishi va harakatlanish amaliyotini tasniflash uchun ishlatila boshladi. Eramizning IX-X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori LeonV o‘zining harbiy ish bo‘yicha kitobida «logistika» atamasini «front orti, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi. XIX asr boshida, Napoleon urushlari davrida logistikaga zaxiralarni rejalashtirish, tashish va qo‘shin ta’minotini boshqarish to‘g‘risidagi fan sifatida qaralardi. Sankt-Peterburgda 1850-yilda nashr etilgan «harbiy ensiklopedik leksikon»ga 26 asosan Rossiyada XIX asr o‘rtalarida logistika deb qo‘shinlarning dushman yaqinida ham, o‘zagida ham harakatlanishini boshqarish va ularning front orti ta’minotini tashkil etish san’ati tushunilardi. Harbiy logistikaning rivojlanishida yangi bosqich ikkinchi jahon urushi davomida vujudga keldi, bunda logistik qarashlar janglarni tayyorlash va rejalashtirishda keng qo‘llanila boshladi. XX asrning 50-yillarida, moddiy oqimlarni boshqarish masalalari harbiy logistikada qo‘llaniladigan uslublar yordamida hal etilishi mumkinligi tan olindi. XX asrning 70-yillariboshida turli mamlakatlar iqtisodiyotida logistik qarashlar keng qo‘llanila boshlaydi.
Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘rganadi, bu kompleksiar ta’minot, asosiy ishlab chiqarish, transport va sotuv sohalarida tashkuiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi. Bu kompleksiarning o‘ziga xos xususiyatiari quyidagilardan iborat: asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga tarqalganligi; texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi; logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi; katta miqdordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va hokazo) ishining natijasiga bog‘liq.
Ко‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjiming alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi.
Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiiiy-iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi. Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ulaming ko'pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog‘lashadi.
Logistikaning barcha tasniflarini ikkita guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri logistikani xo'jalik faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat. Ikkinchisi logistikani ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rganadi, u moddiy axborot oqimlarining samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan to‘g‘ridan-to’g‘ri bog'liq.
Adabiyotlarda logistikaga xo‘jalik yuritishning ilmiy-amaliy yo'nalishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashish ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqmtfarini samarali boshqarishdan iborat. Rossiyada 1995-yilda nashr etilgan logistika bo‘yicha ilmiy lug'atda logistikaga quyidagicha tasnif berilgan:
«Logistika — ishlab chiqarish korxonasigacha xomashyo va materiallarni yetkazib berish, xomashyo, materiallarni, yarim- tayyor mahsulotlami qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’mol- chigacha yetkazib berish hamda zarur ma’lumotni qayta ishlash, saqlash vajo‘natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash hamda boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalami boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risidagi fandir»I.
Yuqoridagilami umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish mumkin: Logistika — moddiy va axborot oqimlarini, ulaming birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha bolgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to'g‘risidagi fandir .
1.2. Logistika tamoyillari va mazmuni
Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtga kerakli mahsulot (tovar)ni, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni minimal xarajat qilgan holda yetkazib berishdan iborat. Material, xomashyo, tayyor mahsulotni aniq, o‘z muddatida yetkazib berish butun bir iqtisodiy tizimning ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, moddiy zaxiralar, ularni shakllantirish va saqlash bo‘yicha xarajatlar, ishlab chiqarish va muomala xarajatiarini qis- qartirishga imkon tug‘diradi.
Logistika ham marketing kabi iste’molchi manfaatidan kelib chiqib, quyidagi oltita shart bajarilganda logistika faoliyatining maqsadiga erishildi, deb hisoblanadi:
zarur tovar;
talabga muvofiq sifatli;
zaruriy miqdorda yetkazib berilgan;
kelishilgan vaqtda;
zaruriy joyga;
minimal xarajatlar
Logistikaning global maqsadi — siklni qisqarlirish, zaxiralami Limaytirish bo‘lib, bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlarni smxronlashtirish hisobiga, moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab chiqarish biron- lhi mahsulotga bo‘lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi. laqsimot boshqaruvini tashkii etish, moddiy oqimning o‘tib horishini tezlashtirish va sotilishini ta’minlash yo‘nalishga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |