Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo’ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Tavakkalchiliklarni sug’urtalash - ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |