O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

«Fermerlar», «Don», «Aholi», 
«Soliqlar»
nomli 
dastlabki 
iqtisodiy 
maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan 
 
Fransua Kene (1694–1774) 


100 
chop etilgan «Qomus» da e‘lon qilindi. 1758- yilda uning asosiy asari 
«Iqtisodiy jadval»
dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi 
asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham 
shakllantirdi. Uning fiziokratik g‗oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va 
boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ‗ibot 
qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‗sha davr tili 
bilan aytganda 
«iqtisodchilar maktabi»
tarkib topdi. Uning eng 
rivojlangan davri 
XVIII
asrning 60-70-yillariga to‗g‗ri keladi.
O„rganish metodi. 
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik 
maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqilgan 
tabiiy tartib 
to„g„risidagi konsepsiya 
tashkil etadi. Uningcha, mazkur konsepsiyaning 
huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi 
va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‗g‗ri taqsimlashni 
ta‘minlovchi davlatning moddiy va ma‘naviy qonunlari hisoblanadi. 
F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati shundaki, 
bir 
odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan 
ajralgan bo„lishi mumkin emas
. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan 
sharoitda bo‗ladi. Ana shunda dunyo o‗z-o‗zidan harakatlanadi. Shu 
bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» 
oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin 
emas; ular birga qo‗shilib qonunning o‗zidan ancha kuchli hokimiyat 
tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, 
yirtqichlarcha zulm o‗tkazishi va o‗taketgan beboshlikni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini 
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi 
biladigan, o„qimishli bir shaxs qo„lida bo„lishini maqsadga muvofiq, 
deb hisoblagan.
Sof mahsulot to„g„risidagi ta‟limot. 
F.Kenening nazariy merosida 
uning 
sof mahsulot
(hozir uni milliy daromad, deb atashadi) 
to„g„risidagi ta‟limoti muhim o„rin egallaydi
. Uning fikriga ko‗ra sof 
mahsulotning manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishida band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, 
boylikning (sof mahsulot) ko‗payishi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan «yer in‘omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, 
balki qishloq xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi 
kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar kambag„al bo„lsa, qirollik kambag„al 
bo„ladi, qirollik kambag„al bo„lsa qirol kambag„al bo„ladi»,
deb 
hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik 
yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo‗jaligida 


101 
yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va 
o‗zgartirish bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat 
«unumsiz»
hisoblanadi. U yerdagi tovarning o‗sgan qiymati faqatgina 
savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o‗z ichiga oladi, sof 
mahsulot esa bunda ko‗paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning 
sanoatning 
«unumsizligi»
to‗g‗risidagi g‗oyasiga qarshi chiqadi va 
sanoatda ham boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi. 
F.Kene merkantilistlarning ―boylik savdoda yaratiladi‖ degan 
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning 
ayirboshlanishi ekvivalentli bo‗ladi, ya‘ni teng qiymatli tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi 
sodir bo‗lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‗q boylik hisoblagan, unga 
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning 
boyishi pul kapitalining o‗sishiga emas, balki qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish