O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

14.6. Raqobat ustunligi nazariyasi 
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka 
erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‗rinda turadi. Jahon 
bozorida peshqadamlikni qo‗ldan bermaslik uchun yuqori sifatli 
mahsulotlarni taklif qilish va raqobatga bardosh berish qurbiga ega 
bo‗lish zarur. Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va 
xizmatlarning barcha turlari bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi mumkin 
emas. Hech bir mamlakat o‗zi uchun mumkin bo‗lgan raqobatdagi 
ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi 
ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida 
qo‗lga kiritiladi va keskinlashib boradi.
Alohida firmalar qo‗lga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan 
foydalanish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni 
samarali olib borish yo‗li bilan ushlab turadi. 
Raqobat ustunligini ushlab turishda davlatning qo‗llab-quvvatlashi, 
o‗zgaruvchan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat 
korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‗batlantirishga, qulay 
shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida 
ustunlikni qo‗lga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‗zlari amalga 
oshirishlari kerak. 
Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki 
bu mamlakatning ustunlikni qo‗lga kiritishi o‗ziga xos xususiyatga ega. 
Ishlab chiqarish omillarining o‗zi borgan sari o‗zgaruvchan, ko‗chib 
yuruvchan bo‗lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa 
mamlakatlarga oqib o‗tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat 
sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‗chib o‗tadi; fan-texnika 
yangiliklari ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish 


308 
omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‗ziga xos xususiyatga ega. Shu 
bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi 
rag‗batlantirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi. 
Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro 
harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan siyosatda asosiy qoidalar 
hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi 
miqdoriga bog‗likligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda, 
bunday kvota yuqori negaki, bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi 
savdoga ancha katta darajada bog‗liq bo‗ladi. Shu narsa ham ayonki, har 
qanday mamlakat milliy xo‗jaligining holati tashqi savdo va to‗lov 
balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa, 
mamlakatning to‗lov balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan 
qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday mamlakatning qarzlari 
ko‗paydi, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi.
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, tashqi savdo va tashqi 
iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab bo‗lmaydi. Bu yerda 
universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat 
tashqi valyuta tushumlariga bog‗liq, balki jahon va ichki narxlar 
dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham 
bog‗liq. Tashqi savdo nazariyalari va siyosati ildizi odatda, to‗lov 
balansi holatiga borib taqaladi. To‗lov balansi milliy valyutaning 
ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va 
qarzlari bo‗yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini, iqtisodiy 
siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy 
ahamiyatini ko‗rsatib beradi.
Hozirgi davrda jahon savdosining xalqaro kapital harakatiga 
bog‗liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan 
oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovalyuta 
bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo‗lmoqda, bu 
bozorlarning ko‗lami ancha kengaymoqda. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, samarali tashqi savdoga, uning dinamikasi va tuzilishiga 
ta‘sir etuvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga oladigan 
amaliyotda bironta ta‘limot amal qilmaydi. Iqtisodiy nazariyalarda 
tajribalar umumlashtiriladi, prinsiplar shakllantiriladi, kerakli xulosalar 
chiqariladi, lekin tayyor andozalar yo‗q. Hamma qabul qilgan, yagona 
xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish