XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYTLAR
KIRISH Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi: Oliy ta`lim tizimida hamda umumiy ta’lim maktablarida o’quv – tarbiyaviy ishlar saviyasini “Ta’lim to’g’risida” gi qonun talablari darajasida tashkil etish hozirgi davrning dolzarb masalasi bo`lib qolmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risidagi” qonunning 6 – moddasida “Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta , o`rta maxsus, kasb xunar, oliy ta'lim mazmuni va sifatiga quyiladigan minimal talablarni belgilaydi” deyiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaganidek “Vaxolanki , bolaning dunyo qarashi, didi, saloxiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirilib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi”. Darhaqiqat boshlang`ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining muxim bo`g`inidir. Vatanimizning ongli bunyodkorlarini tarbiyalach, ularda milliy urf- odatlarimizga, an'analarimizga, udumlarimizga hurmat xissini shakllantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizni chuqur anglashga o`rgatish, berilgan har bir topshiriqni puxta va aniq bajarishga, o`z xulqi va burchi oldida yuksak ma'sulyatni sezishga, bugungii jamiyatimizga munosib voris bo`lish kabi fazilatlarning tarkib topishida muhim ahamiat kasb etadi.
Shu bilan birga, olingan nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalarni xayotga tadbiq etish, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – marifiy o’zgarishlarni ta’lim – tarbiya ishlari bilan hamohang tarzda olib borish jarayonini takomillashtirish zaruriati sezilmoqda.
O’quv jarayonini davr talablariga javob beradigan dastur va yangi darsliklar bilan to’liq ta’minlash asosida takomillashtirish, o’qitish va ta’lim olish davomida o’qituvchi va talaba faoliyatini yanada faollashtirish zarur.
Haqiqatdan xam ta'lim –tarbiya mazmuni pisixologiya, pedagogika, didaktika kabi fanlarning muxim xususiyatlarni xisobga olib, o`quvchining real turli (chiqindi) materiallardan foydalanishni o`rganish dolzarb mavzuga aylanib boryapti. Talabalarnining turli materiallar bilan ishlash mavzusini rivojlantirish masalasi mehnat o’qitish metodkasi jarayonining oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
O`tmishda ota onalar bola yoshlikdan mehnatga o`rgatilmasa unda mehnatga qiziqish uyg`otilmasa katta bo`lganda mustaqil xayot kechira olmasligini, dangasa va ishyoqmas bo`lib qolishni yaxshi bilganlar. Shu bois ular bolani yoshlikdan turli ijtimoiy, foydali va unumli ishlarga jalb qilishda eng avvalo, mehnatning faqat moddiy jixatini emas, balki tarbiyaviy axloqiy va ma'naviy ahamiyatini xisobga olganlar.
Bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilari o`quvchilariga ta'lim tarbiya berishda mehnat an'analariga ijobiy munosabat o`yg`otish muxim ahamiyatga ega. Shu bois bu ma'sulyatli ishni amalga oshirishda boshlang`ich sinf o`quvchilarining e'tiborini ijtimoiy foydali mehnatga tortish, ularda qiziqish va ijodiy intilish ko`nikmalrini shakllantirish, xalq pedagogikasi muammolaridan biri qilib belgilanishi kerak.
BLI ning maqsadi: bo`lajak boshlang`ich sinf mehnat o`qituvchilar boshlang’ich sinf o’quvchilarini turli materiallar bilan ishlash ko`nikamasini mehnat darslari orqali rivojlantirish yo’llarini izlash.
Tadqiqot obyekti: oli ta`lim muassasalari,umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari mehnat darslarida o’quvchilarni turli materiallar bilan ishlash ko`nikmasini o’stirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: oli ta`lim muassasalari,umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari mehnat darslarida o’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, shakli va uslublari.
Bitiruv loyiha ishining vazifalari: oily ta`lim muassasalarining mehnat darslarida talabalarning turli materiallar bilan ishlash koo`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy – nazariy, amaliy, uslubiy mavjud holatni o’rganish va chuqur tahlil qilish; talabalarning turli materiallar bilan ishlash ko`nikmalari mazmunini ishlab chiqish; tegishli uslublar, o’qitish shakllari va vositalarni aniqlash; Y P T orqali mavzu faoliyatini rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish; tadqiqot mavzusining o’qitilishi samaradorligini oshirishning pedagogik va axborotli ta’minotini o’rganish hamda tegishli metdik tavsiyalar ishlab chiqish.
Qo’yilgan bu vazifalarni hal qilish uchun quyidagi ilmiy – tadqiqot metodlaridan foydalanildi:
Talabalarturli yanada takomillashtirishga va samaradorligini oshirish to’g’risidagi Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy hujjatlar, tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlil qilish;
ilmiy pedagogik kuzatishlar olib borish, suhbat, anketa va test so’rovlari o’tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |