Ekskursiya-mehnat ta’limi asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarishdagi turli asbob-uskunalar bilan tanishadilar, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadilar va o’rganadilar. Turli mehnat ob’ektlariga ekskursiyalar uyushtirish o’quvchilarni mehnat kishilari bilan ular ishlatayotgan asbob-uskunalari bilan, mehnat jarayonining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy tarzda tanishtirish, yangi asbob-uskunalarning namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg’or ish usullari va mehnatni ilmiy tashkil etish metodlarini o’rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
Turli mehnat ob’ektlari bilan tanishtirish xususiyatiga ega bo’lgan ekskursiyalarni mehnat ta’limining biror bo’limi (gazlama bilan ishlash, xizmat ko’rsatish va hakozalar) boshlanishdan oldin o’tkazish kerak. Aniq mavzuga doir ekskursiyani dasturdagi biror mavzuni o’tishdan keyin yoki undan oldin o’tkazgan maqul. Ekskursiya odatda 15-20 o’quvchidan iborat bitti guruh bilan ommaviy tarzda o’tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o’quvchilar uchun yakka tartibda ko’rsatma va tavsiyalar, izohlar berish kerak.
Mehnat o’qituvchisi ekskursiya jarayonida o’quvchilarning ishlab chiqarish jarayonini kuzatishga rahbarlik qilib turadi.
Turli mehnat ob’ektlariga o’tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga uchta bosqichni olib boriladi.
Kuzatish obektini oldindan tanlash uning aniq maqsadlari va vazifalarini aniqlash, korxonaga dastlab o’qituvchi borib ko’rishi, zarur hujjatlarni (darsning rejasi, o’quvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobot shakllarini) tayyorlashdan iborat bo’lgan tayyorlik bosqichi.
Mehnat o’qutuvchisi ekskursiya maqsadlari hamda vazifalari, korxona hududida o’zini tutish qoidalari, kuzatish obektlari, ekskursiya yo’nalishi to’g’risida suhbat o’tkazish o’quvchilarning bevosita kuzatish va zarur vazifalarni bajarish.
Ekskursiya jarayonida tug’ilgan savollarga, turli muammolarni hal qilishga qaratiladigan yakunlovchi suhbat o’tkazish bilan cheklanmaydi. Mehnat ta’limi bo’yicha navbatdagi mashg’ulotlarda bajarilgan vazifalarni va hisoblarni tahlil qilish hamda jamoa tarzida muhokama qilish yo’li bilan ekskursiyaga yakun yasaladi.
Ekskursiya bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o’tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol-javob o’tkazish lozim. Masalan, to’qimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan oldin o’quvchilarga guruhlar bo’yicha topshiriqlar berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |