494
9.
Mamlakat va mintaqadagi umumiy iqtisodiy vaziyat tavsifi
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454
sonli «O‗zbekiston Respublikasining 2018
yilgi asosiy makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida»gi qarorni
imzoladi.
Yangi yilda O‗zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‗sishi 5,9 foiz darajasida
rejalashtirilmoqda (tugab borayotgan yilda bu ko‗rsatkich - 5,5 foizni tashkil
etgan), inflyatsiya esa 12,4-13,4 foiz darajada bo‗lishi kutilmoqda. O‗sish
hajmi
sanoat ishlab chiqarishda - 6,4 foiz, qishloq xo‗jaligidagi ishlab chiqarishda - 4
foiz, kapital sarmoyalarda - 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasida - 5,6 foiz
miqdorda bo‗lishi prognoz qilinmoqda.
Davlat byudjetining profitsiti ilk marta YAIMga nisbatan 0,02 foiz bo‗lishi
kutilmoqda. Holbuki, 2017 yil va undan avvalgi yillarda davlat byudjeti 1 foizlik
defitsit bilan tasdiqlanar edi.
2018 yilda O‗zbekiston davlat byudjetining asosiy parametrlari
DAROMADLAR, mlrd. so‗m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) -
62.229,5
Bevosita soliqlar - 12.805,4
Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar - 2.510,9
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YASTdan ajratmalar -
1.907,6
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YASTdan ajratmalar - 2.110,5
Jismoniy shaxslarning daromad soliqlari - 5.198,8
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‗yicha belgilab qo‗yilgan
soliq -
1.077,6
Bilvosita soliqlar - 33.404,3
Qo‗shilgan qiymat solig‗i - 22.019,4
Aksiz solig‗i - 8.343,8
Bojxona boji - 1.415,3
Benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz iste‘moli uchun soliq - 1 323,2
Abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to‗lov - 302,5
Resursga doir to‗lovlar va mulk solig‗i - 9.714,5
Mol-mulk solig‗i - 2.158,9
Yer solig‗i - 1.266,6
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq - 6.203,1
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 85,9
Qo‗shimcha foydadan soliq - 1.367,7
Boshqa daromadlar va soliqqa oid bo‗lmagan boshqa tushumlar - 4.937,6
Davlat maqsadli fondlari (Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi respublika yo‗l fondi,
Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari ta‘lim va tibbiyot muassasalarining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‗armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi,
Bandlikka
495
ko‗maklashish davlat fondi, davlat mulklarini xususiylashtirishdan tushgan
mablag‗lar fondi) - 31.451,9
O‗zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi daromadlari - 5.463,5
HARAJATLAR, mlrd so‗m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) - 62 170
Ijtimoiy harajatlar - 35.034
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashga harajatlar - 34.664
ta‘lim - 19.504,3
shundan ta‘lim va tibbiyot muassasalarining
moddiy-texnik bazasini
rivojlantirish jamg‗armasi tomonidan ajratiladigan mablag‗lar - 1.077,2
Qishloq xo‗jaligi yo‗nalishi bo‗yicha oliy o‗quv yurtlarini qo‗llab-
quvvatlash fondiga - 110,6
sog‗liqni saqlash - 9.562
shundan ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini
rivojlantirish jamg‗armasi tomonidan ajratiladigan mablag‗lar - 803,6
madaniyat va sport - 1.165,4
fan - 389,3
shundan ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini
rivojlantirish jamg‗armasi tomonidan ajratiladigan mablag‗lar — 26,5
ijtimoiy
nafaqalar, moddiy yordam va konpensatsiya uchun pul to‗lovlari -
3.150,8
jamoat ishlarini tashkil qilish - 714
Turar joy binolarini qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun
ishtirokchi banklariga kredit liniyasi - 370
Nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini davlat
tomonidan qo‗llab-quvvatlash uchun harajatlar - 15
Iqtisodiyotga harajatlar - 6.957,8
ulardan suv xo‗jaligining ekspluatatsion harajatlari - 2.741,8
sug‗oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash fondiga
yo‗naltiriladigan mablag‗lar - 528,3
davlat ehtiyojlari uchun kam hosilli yerlarda qishloq xo‗jaligi mahsulotlari
yetishtirayotgan fermer xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash uchun
maqsadli mablag‗lar - 330
aholi punktlarini obodonlashtirish bo‗yicha ishlar - 1.116,4
tabiatni muhofaza qilish ishlari - 307,1
uyjoy-kommunal ishlar - 230,3
ichimlik suv ta‘minoti tizimini rivojlantirish - 584,7
Markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirishga
harajatlar (Moliyalashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗zbekiston
tiklanish va taraqqiyot fondi orqali amalga oshiriladigan
davlat rivojlantirish
dasturiga qo‗shilgan loyihalar) — 3.047,6
Davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, adliya va prokuraturani ta‘minlash -
2.189,8
Sud organlarini ta‘minlash - 219,7
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqaruv organlarini ta‘minlash - 640,5
496
Vazirlar
Mahkamasining zaxira fondi, Qoraqalpog‗iston respublika byudjeti,
viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahri byudjeti, tuman
va shaharlar byudjetlari
zaxira fondlari — 520,2
Boshqa harajatlar - 13.545,4
Davlat byudjeti profitsiti - 59,5
Davlat maqsadli fondlari harajatlari - 31.451,9
O‗zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi harajatlari - 8.979
Ma‟lumot manba‟i:
uza.uz
Do'stlaringiz bilan baham: