kapitallashtirish stavkasi – baholash obyektiga o‗xshash ko‗chmas
mulk obyektlarining joriy (muayyan sanadagi) daromaddorlik ko‗rsatkichi;
tiklash qiymati – baholash obyektiga o‗xshash yangi obyektni
o‗xshash materiallar va texnologiyalardan foydalanib yaratish xarajatlari
summasi;
o„rniga belgilash qiymati – baholash obyektiga o‗xshash foydali
xossalarga ega bo‗lgan yangi obyektni zamonaviy materiallar va
texnologiyalar yordamida yaratish xarajatlari summasi;
joriy qiymat – tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib muayyan
sanaga keltirilgan bo‗lg‗usi daromadlar qiymati;
yaxshilashlar – yer uchastkasini undan keyinchalik foydalanish uchun
o‗zgartirish borasidagi faoliyat natijasida yaratilgan va u bilan uzviy bog‗liq
bo‗lgan yer uchastkasidagi o‗zgarishlar. Yaxshilashlar binolar, inshootlar,
367
muhandislik sistemalari va tarmoqlari, ko‗p yillik o‗simliklarni va ular bilan
jamuljam holda konstruktiv yoki funksional yaxlitlikni tashkil etadigan
boshqa obyektlarni o‗z ichiga oladi;