247
tuzilgan egri taqsimlanishlar tuzatishlar kattaliklarini aniqlash imkonini
yaratadi.
Tendensiyalar tahlili.
Mos kelmaydigan
parametrlarga ega mulk
sotuvlari haqidagi bozor ma‘lumotlarining katta miqdori mavjudligida
bu usul sotilish narxiga ta‘sir etuvchi omillarni va bozorni sezuvchi
tarkibiy qismlarni aniqlashga imkon beradi. Tarkibiy qismlar
aniqlanganidan so‗ng ularni tuzatish uchun mos usullar tanlanadi.
Chiqimlar tahlili.
Bu usulda tuzatishlar asosida binoning
amortizatsiyalangan qiymati yotadi. Biroq shuni aytib o‗tish kerakki,
bunday tuzatishlarni bozor ma‘lumotlari
yordamida puxta tekshirish
lozim.
Ikkilamchi ma‟lumotlar tahlili.
Mazkur usul baholash obyekti yoki
qiyoslash obyektiga bevosita aloqador bo‗lmagan ma‘lumotlarga
tayangan holda tuzatishlar kattaliklarini aniqlaydi. Bunday ma‘lumotlar
odatda hukumat xizmatlari, ixtisoslashgan tadqiqot firmalari va
boshqalarning hisobotlari va e‘lonlarida joylashgan bo‗ladi.
Nisbiy qiyosiy tahlil.
Mazkur yondashish sifat uslubiyatlariga
taalluqlidir. Bozor ma‘lumotlarini o‗rganish asosida qiyoslanuvchi
tarkibiy qismlarning ko‗chmas mulk qiymatiga ta‘siri
baholash
obyektiga nisbatan ortib ketgani, tengligi yoki kichikligini aniqlash
uchun qiyosiy sotuvlar tahlil etiladi. Tuzatishlar foizlarda yoki pul
summalarida
ifodalanmasligini
istisno
qilganda,
bu
usul
ma‘lumotlarning juft to‗plami tahlilini eslatadi.
Taqsimlash tahlili.
Bu usul nisbiy qiyosiy tahlilning variantidir.
Qiyosiy sotuvlar baholash obyektiga muvofiqlikning bir maromda
o‗zgarishi
tartibida taqsimlanadi, so‗ngra baholanuvchi obyektning
qiyosiy sotuvlar qatoridagi o‗rni aniqlanadi.
Yakka so„rovlar.
Mutaxassislar va xabardor shaxslar bilan
o‗tkazilgan so‗rovlar natijasida tuzatishlar qilinganda foydali axborot
olinadi. Mazkur axborot ikkilamchidir va bozor qiymatini aniqlash
uchun mezon bo‗la olmaydi.
Yuqorida keltirilgan uslubiyatlar qatorida qiyosiy tahlil eng ko‗p
tarqalgandir. Bu atamada ma‘lumotlarning juft to‗plami
tahlili yoki
nisbiy qiyosiy tahlil ko‗zda tutiladi. Shuni aytib o‗tish kerakki,
248
amaliyotda bu ikki usulni ham bir-biridan alohida tarzda, ham birgalikda
qo‗llaydilar.
Qiyosiy tahlilni o‗tkazish to‗rtta tartibli bosqichni amalga
oshirishni o‗z ichiga olgan:
-
baholanuvchi obyekt qiymatiga ta‘sir qiladigan qiyosiy tarkibiy
qismlarni aniqlash;
-
son yoki sifat uslubiyatlaridan foydalanib, qiyoslashning har bir
tarkibiy qismi uchun tuzatishni o‗lchash;
-
barcha tarkibiy qismlar bo‗yicha har bir qiyoslash obyektining
sotilish narxini so‗nggi bor tuzatish;
-
qiymatning yagona ko‗rsatkichini olish maqsadida tuzilgan
sotilish narxlari tahlili.
Sifat uslubiyati qo‗llanilganida barcha
obyektlar ikki guruhga
bo‗linadi: baholanuvchi obyektga qaraganda ko‗proq va kamroq qiyosiy
xususiyatlarga ega obyektlar. Agar barcha qiyoslash obyektlari o‗z
xususiyatlari bilan baholash obyektidan afzal bo‗lsa, unda qiymatning
ehtimolli diapazonini aniqlab bo‗lmaydi. Baholash obyekti barcha
qiyoslash obyektlaridan yuqori turgan holda ham xuddi shunday vaziyat
yuzaga keladi.
Qiymat bo‗yicha so‗nggi kelishuvda o‗z xususiyatlariga ko‗ra
bunga eng yaqin turadigan qiyosiy sotuvlar obyektlari katta salmoqqa
ega bo‗lishi zarur.
Pirovardida shuni aytib o‗tish kerakki, tuzatish usullarini yaxshi
bilgan mutaxassis-baholovchi deyarli istalgan
masalani hal etishi
mumkin. Dastlabki axborotning aniqligiga bog‗liq bo‗lgan natija
muhokama etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: