2.Daromadli yondashuv usullari
Bu yondashuvda bir necha usullar qo‗llanishi mumkin:
a) Daromadni kapitallashtirish usuli – aktivlarni baholash asosida
korxona qiymatini aniqlashning hamma usullari bitta umumiy
kamchilikka egadir – ular korxona ishining hozirgi va kelgusida
kutiladigan natijalariga bog‗liq emas. O‗tgan va hozirgi axborotdan
foydalanadigan usullarga daromadni kapitallashtirish usullari ham
kiradi. Biroq, bu usul aktivlarni baholashga emas, balki korxona
daromadlariga tayanadi.
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, u korxonaning har yilgi sof
daromadlari miqdorini, shu daromadlarga muvofiq kapitallashtirish me‘yorlari
va shu ko‗rsatkichlar asosida sof daromadlarning mazkur miqdorini
keltiruvchi korxona narxi hisoblab chiqiladi.
b) Pul oqimlarini diskontlash usuli. Korxonani uning kelgusi sof
daromadlari asosida baholash negizida diskontlash yotadi. Shu usul
bilan korxonani baholashning eng murakkab va mas‘uliyatli usuli,
korxona daromadlarini (yoki pul oqimlarini) yaqin 5 yilga mo‗ljallangan
bashoratini tuzishdan iboratdir.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |