443
YAKKASAROY TUMANI
Yakkasaroy tuman
hokimiyati (Yusuf Xos Hojib ko‗chasi 76 uy) - Tumandagi
ma‘muriy-hududiy birlik. 1936 yil 26 avgustda Frunze tumani nomi bilan tashkil
qilingan. 1992 yil 8 maydan Yaakkasaroy tumani deb ataladi. Tuman
Toshkentning janubiy va qisman markaziy qismida joylashgan. Shimolda
O‗zbekiston ko‗chasidan janubda O‗rta Osiyo temir yo‗l liniyasigacha cho‗zilgan.
Maydoni 1,46 ming gektar, jumladan, ko‗kalamzorlashtirilgan hududi 1,3 ming
gektar. Hududidan Salor kanali oqib o‗tadi. Aholisi 115 ming kishi (2009). Jami
ko‗chalar soni 196 ta, asosiy yo‗llari: Kichik halqa yo‗li, Bobur, Usmon Nosir,
Nukus, O‗zbekiston, Shota Rustaveli, Afrosiyob ko‗chalari. Tumanda 18 ta
mahalla mavjud. Tuman hududida 3375 ta korxona va tashkilot, 2830 kichik
korxona va mikrofirmalar, 430 qo‗shma korxona joylashgan. Avtotransport
korxonalari, yuk ortish-tushirish t.y. st-yasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat
korxonalaridan «Toshkayatekstil» kom-ti, «Yo‗lovchi vagonlarni ta‘mirlash» AJ,
T. yog‗ochni qayta ishlash, temir-beton mahsulotlari z-dlari, poyabzal,
«Yengilsanoatservis» birlashmalari, «Muruvvat-teks» shu‘ba korxonasi va b.
faoliyat ko‗rsatadi. 26 i.t. institutu loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik
byurosi, 4 oliy o‗quv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika un-ti, To‗qimachilik va
yengil sanoat in-ti, San‘at in-ti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi), 5 kasb-
hunar kolleji va 4 litsey, 16 umumiy ta‘lim maktabi, 25 maktabgacha tarbiya
muassasasi, 2 sport va 2 musiqa maktablari mavjud. Tuman aholisi salomatligi
muhofazasini 4 kasalxona va 4 oilaviy poliklinika, 1 tug‗uruqxona, 72 dorixona
ta‘minlaydi. «To‗qimachi» stadioni, Qushbegi bolalar sport majmuasi, 4 suzish
havzasi, 32 sport zali, 89 korxona va muassasaga qarashli sport maydonchalari, 2
mehmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat
bog‗i, Resp. Baynalmilal madaniyat markazi, Qo‗g‗irchoq teatri, Amaliy san‘at
muzeyi, O‗zbekiston Badiiy Akademiyasining ko‗rgazmalar zali mavjud. Aholiga
727 oziq-ovqat va sanoat mollari do‗koni, 120 umumiy ovqatlanish korxonasi, 210
maishiy xizmat ko‗rsatish shoxobchasi, «Askiya» dehqon bozori xizmat ko‗rsatadi.
Tumanda «Kosmonavtlar» metro bekati va t.y. vokzali joylashgan. Tumandagi
ko‗p qavatli binolar, «Boshliq», «Qushbegi» dahalari yirik magistrallar bo‗ylab
qurilgan. Yakkasaroy tumanida Shoshtepa (mil.av. 4-a.) tarixiy T. qal‘asi darvozasi
(1880), Amaliy san‘at muzeyi binosi (19-a.) kabi resp. ahamiyatiga ega me‘moriy
yodgorliklar saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: