O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Mavzu: ENDOKRIN SISTEMASINING FIZIOLOGIYASI



Download 0,74 Mb.
bet76/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Mavzu: ENDOKRIN SISTEMASINING FIZIOLOGIYASI


Rеja:


  1. Tashqi, ichki va aralash sеkrеtsiya bеzlari haqIda umumiy tushuncha.

  2. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining ahamiyati.

  3. Gipofiz va epifiz bеzlari.

  4. Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bеzlar.

  5. Buyrak usti, mе'da osti va jinsiy bеzlar.

Таянч иборалар: gipofiz, epifiz bеzlari, gormon,qalqonsimon bez, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bеzlari.

Tashqi, ichki va aralash sеkrеtsiya bеzlari haqida umumiy tushuncha Odam organizmida uch xil bеz bo‘ladi:



  1. Tashqi sеkrеtsiya bеzlariga tеridagi tеr, yog‘, sut, so‘lak (quloq oldi, til osti va jag‘ ostn) hamda oshqozon va nchaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bеzlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqn muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bеzlar tashqi sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi. Ba'zi olimlarning fikrncha, jigar ham eng katta tashqi sеkrеtsiya bеz xisoblanadi, ya'ni ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi ichakka qo‘yiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi.

  2. Ichki sеkrеtsiya bеzlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga qo‘viladi. Shuning uchun bu bеzlar ichki sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi. Ichki sеkrеtsiya bеzlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bеzlari kiradi.

  3. Aralash bеzlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan nborat bo‘lib, bir qismida ishlab chinariladigan suyuqlik xuddi tashqv sеkrеtsiya bеzlaridagiga o‘xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkivchi qvsmvda ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sеkrеtsiya bеzlaridagi singari organizmning ichki muhitiga chiqariladi.Bularga oshqozon osti va jinsiy bеzlar kiradi.

Endokrin tizimi barcha organlar va hujayra tizimlari, qaysi o'z ichiga oladi. secretesignal moddalar (gormonlar) ajratadiva qon yoki limfa suyuqligiga quyadi yoki organizmning suyuqlik ichiga qo'shni hujayralar erishish uchun secrete qiladi. (paracrinesekretsiyasi). Gormonlar ham ularga secrete bu hujayralar bo'yicha harakat qilishi mumkin(autocrine sekretsiyasini). Shunday qilib, endokrin tizimi bir- biri ajratadigan garmonlarini qayerga quyishiga qarab farqlanadi. Tashqi sekrtsiya bezlari (so'lak bezlari, ter bezlari) ichki sekretsiya bezlari (jinsiy bezlar va boshqalar) hamda aralsh bezlar (oshqozon osti bezi) ularning garmon suyuqligini to'g'ridan-to'g'ri yuborish yoki tashqi va ichki kanallar orqali garmonlarini quyadi.organizmning biologik faoliyat ko'rsatishi, endokrin tizim,vegetativ asab tizimi bilan va immun tizimi bir-biriga go‘yoki "simsiz" chambarchas bog‘langandir. Ularning Vazifalari, bir-biriga muvofiq ish bajaradi.--- Bu uning harakatlar sekin, lekin yana uzaytirildi vegetativ asab tizimi boshlab bu farq,va bu ko'payish, o'sish va homeostasis uchun muhim ahamiyatga egahayot-saqlab metabolik jarayonlarini (va electrolyte suv balansi, metabolizm energiya). Individual ularning vazifalari barcha turli
bezlari tasnifi ko'ra transport secreta tomonidanbezining tashqi sekretor bezlar follikullar shakllanishi bilan endokrin bezlarendokrin bilan follikullar shakllantirish holda bezlari.O'qlarni qon sekretsiyasini elementlarini migratsiya yo'nalishini ko'rsatadi bu sekretsiyasi oqimi tomirlari va yo'nalishiikkala tizimlarining asosiy maqsadi o'zgartirish uchun organizmning moslashishuning atrofi qondirish uchun.endokrin tizimining buzilishi garmonlarning ko‘payishi yoki kamayishi jiddiy kasalliklarga olib keladi buni keying sahifalarda uchratishimiz mumkun.
Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar alohida a‘zolar tizimini hosil qiladi. Ularning ishlab chiqargan suyuqligi qonga yoki limfaga o‘tadi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimom orqa, ayrisimon, buyrak usti bezi, me‘da osti bezining Langengars orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi, interrenal tizim va paragangliyalar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari biologik faol modda gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar juda oz miqdorda ham organizmning faoliyatiga ma‘lum bir ta‘sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta‘sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmnmng taraqqiyotini, o‘sishini boshqarib turadi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ishlab chiqarilsa, organizmda har xil kasalliklar kelib chiqadi.
Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo‘linadi.

  1. Entodermadan hosil bo‘lgan vistseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar).

  2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (me‘da osti bezi orolchalari).

  3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq qismi, jinsiy bezlar va interrenal tizim).

  4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi-nerv nayining oldingi qismidan hosil bo‘lgan bezlar (gipofiz va epifiz).

  5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi-simpatik nerv tizimidan hosil bo‘lgan bezlar .

Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) juft a‘zo bo‘lib, qorinparda orqa bo‘shlig‘ida buyraklarning yuqori uchida joylashgan. U uchburchak, yarim oysimon, ispan shlyapasi shakllarida uchraydi. Bezning uchta: oldingi (facies anterior), orqa (facies posterior) va pastki (facies renalis) yuzasi tafovut qilinadi. Buyrak usti bezlari XI-XII ko‘krak umurtqalari sohasida turadi. O‘ng buyrak usti bezi chapiga nisbatan pastroq turadi. O‘ng buyrak usti bezining orqa yuzasi diafragmaning bel qismiga, oldingi yuzasi jigarning vistseral yuzasi va o‘n ikki barmoqli ichakka, pastki yuzasi o‘ng buyrakning yuqori uchiga, medial chekkasi esa pastki kavak venaga tegib turadi. Chap buyrak usti bezining orqa yuzasi diafragmaga, oldingi yuzasi me‘da osti bezining dumiga, pastki yuzasi chap buyrakning yuqori uchiga, medial chekkasi esa aortaga tegib turadi. O‘ng va chap buyrak usti bezlarining oldingi yuzasi qisman parietal qorinparda bilan yopilib turadi. Buyrak usti bezining uzunligi 40-60 mm, balandligi 20-30 mm, qalinligi 2-8 mm, og‘irligi 12-13 g. Buyrak usti bezining usti silliq bo‘lmay, uning oldingi yuzasida egat-darvoza (hilus) joylashgan. Bez tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o‘ralgan, undan a‘zo ichiga biriktiruvchi to‘qimali trabekulalar kiradi. Fibroz kapsulaning ostida bezning sarg‘imtir po‘stloq moddasi (cortex), uning o‘rtasida esa qoramtir mag‘iz modda (medulla) joylashgan. Buyrak usti bezining po‘stloq moddasi uch: tashqi koptokchali, o‘rta dastali va ichki to‘r qavatga bo‘linadi. Buyrak usti bezining po‘stloq moddasi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kortikosteroid gormonlar ishlab chiqaradi.
Po‘stloqning koptokchali qavati ishlab chiqargan mineralokortikoidlar (aldosteron) mineral va suv almashinuvini boshqaradi. Aldosteron nefron naychalarida natriy va suvni birlamchi siydikdan qayta so‘rilishini kuchaytiradi. Bu gormon etishmaganda natriy ko‘p yo‘qotiladi va organizm suvsizlanadi.
Dastali qavat ishlab chiqargan glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortikosteron) modda almashinuviga ta‘sir qiladi. Ular ta‘sirida oqsil moddalar parchalanishida hosil bo‘lgan moddalardan uglevodlar hosil bo‘ladi. Glyukokortikoidlar yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi kuchli ta‘sirga ega.
To‘r qavat hujayralari ishlab chiqargan androgenlar ikkilamchi jinsiy belgilarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Buyrak usti bezining mag‘iz moddasida ikki xil hujayralar bor. Epinefrotsitlar mag‘iz moddaning asosini tashkil qilib, adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Norepinefrotsitlar uncha katta bo‘lmagan guruhlar shaklida joylashib noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Adrenalin yurak qisqarishini tezlatadi, yurak mushaklarini qo‘zg‘alishini va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Teri va ichki a‘zolarning mayda arteriyalarini toraytirib, arterial bosimni ko‘taradi. U me‘da va ichak mushaklarini qisqarishini kamaytirib, bronx mushaklarini bo‘shashtiradi. Adrenalin ta‘sirida jigarda glikogenni parchalanishi kuchayib giperglikemiya paydo bo‘ladi. Noradrenalin arterial bosimni ko‘taradi.
Taraqqiyoti: Buyrak usti bezining po‘stloq va mag‘iz qismlarining kelib chiqishi har xil. Po‘stloq qismi birlamchi ichakning dorsal tutqichi ildizi bilan siydik-tanosil burma o‘rtasida joylashgan mezodermadan rivojlanadi. Bezning mag‘iz qismi po‘stloq qismidan kechroq ektodermadan hosil bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola buyrak usti bezini bittasini og‘irligi 8-9 g, o‘lchamlari: ko‘ndalangiga 3,3-3,5 sm, qalinligi 1,2-1,3 sm, balandligi 2,3-2,8 sm. Yangi tug‘ilgan bola buyrak usti bezida po‘stloq qismi yaxshi, mag‘iz qismi esa kam rivojlangan. Bola hayotining dastlabki uch oyida buyrak usti bezining og‘irligi sezilarli (3,5 g gacha) kamayadi. Bez hajmining bunday kamayishi uning po‘stloq qismini yupqalashuvi va qayta o‘zgarishiga bog‘liq. Keyingi davrlarda buyrak usti bezining o‘lchamlari kattalasha boshlaydi. Uning og‘irligi 5 yoshda 4,6 g, 10 yoshda 6,6 g, 15 yoshda 8,63 g va 16-20 yoshda 12,95 g yetadi.
Me‘da osti bezining endokrin qismi (pars endocrinica pancreatis) epiteliy hujayralari tashkil topgan pankreatik (langergans) orolchalaridan (inculae pancreaticae) iborat. Ular bezni ekzokrin qismidan biriktiruvchi to‘qimali qatlamlar vositasida ajralgan. Orolchalar bezning hamma qismida bo‘lsada, dum qismida ko‘p. Bu orolchalarning soni bir millionga yaqin, kattaligi 0,I-0,3 mm bo‘lib, umumiy massasi bez og‘irligini 1-2% tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar va hujayralardan iborat. -hujayralar insulin gormoni ishlab chiqaradi. Uning ta‘sirida qonda qand moddasi kamayib jigar va mushaklarda glikogen holida to‘planadi. U glyukozadan yog‘ hosil bo‘lishini kuchaytirib, yog‘ning parchalanishini sekinlatadi. Insulin oqsil hosil bo‘lishini faolashtiradi. Insulin yetishmovchiligi qandli diabet kasalligiga olib keladi. –hujayralar glyukagon gormonu ishlab chikaradi. Glyukagon gormoni ta‘sirida jigarda glikogen glyukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda qand miqdorini oshishiga, giperglikemiyaga olib keladi. Undan tashqari glyukagon yog‘ni yog‘ to‘qimasiga parchalanishini kuchaytiradi.
Taraqqiyoti: Me‘da osti bezi orolchalari homila taraqqiyotining 3-oyida birlamchi ichak epiteliyi kurtagidan paydo bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada orolchalar soni 120 ming bo‘lib, ular me‘da osti bezi xajmining 3,5% tashkil kiladi. Bola hayoti davomida ularning soni ko‘payib 800 mingdan oshadi va bez massasining 1-2% tashkil qiladi. Orolchalar qon tomirlarga boy.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi. Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ta‘sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o‘rtasidagi qon va limfa kapillyarlari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayralar erkaklar jinsiy gormoni testosteronni ishlab chiqaradi. Bundan tashqari kamroq ta‘sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak va ayniqsa mushaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta‘sir qiladi.
Erkaklarning jinsiy gormoni-androgenlarni homila davrida o‘sayotgan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklarning ichki va tashqi jinsiy a‘zolarining takomillashuvini ta‘minlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarini donador qavati va tuxumdon interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miqdorida testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari asosan qiz bola balog‘atga yetaganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi.
Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a‘zolarini taraqqiyoti va o‘sishga ta‘sir ko‘rsatadi. Progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taraqqiyotiga ta‘sir qiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish