Mavzu: ADABTATSIYA FIZIOLOGIYASI
SEZGI A‘ZOLARI ORQALI TA‘SUROTLARNI QABUL QILISH
Dars rejasi
Bosh miya po‘stlog‘ining sensor qismlari.
Sezgi a‘zolari markazlari
Ixtisoslashgan retseptorlar
Mexanoretseptorlar.
Odam tashqi ta‘sirotlarni (issiq-sovuq, tovush, rang, hid va hokazo) sezgi a‘zolari orqali qabul qiladi. Sezgi a‘zolari I.P.Pavlov iborasiga ko‗ra analizatorlar deb ataladi. Analizatorlarning periferik uchlari (retseptorlar) turli shakldagi nerv oxirlarida bo‗lib, ular orqali tashqi muhit ta‘sirotlari qabul qilinib, analizatorlarning markaziy qismiga uzatiladi.
Sezgi a‘zolari uch turda bo‗ladi:
Tashqaridan keladigan ta‘sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlar (teri, quloq, ko‘z, ta‘m va hid bilish retseptorlari) – ekstraretseptorlar.
Ichki a‘zolar, qon tomirlarda joylashgan retseptorlar – intraretseptorlar. Bular ichki a‘zolarga bo‗ladigan turli ta‘sirotlarni qabul qiladi. Ammo ichki a‘zolardan keluvchi ta‘sirotlar ba‘zida unchalik aniq bo‗lmay, bosh miyaning po‗stloq qismigacha aniq yetib bormasligi mumkin. Shuning uchun ichki a‘zolardan keluvchi ta‘sirotlar yig‘‗indisi organizmga «o‗zini qanday his qilish» kabi umumiy ta‘sir qiladi. Ichki a‘zolar vegetativ nerv sistemasi orqali idora qilinadi.
Muskul, bo‗g‗im, suyaklarda joylashgan retseptorlar (proprioretseptorlar) sezgini qabul qiladi. Bular I.P.Pavlov iborasiga ko‗ra, harakat analizatorlarining periferik uchi hisoblanadi. Muskul, bo‗g‗imlarda joylashgan proprioretseptorlar muskullar qisqarib, bo‗g‗imlar harakat qilganda ta‘sirlanadi va ularning holati haqida markaziy nerv sistemasiga xabar beradi.
Sensor tizimning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, uning tarkibida uchta asosiy qism mavjud bo‗ladi. 1) ta‘sirotlarni qabul qiluvchi, maxsus ixtisoslashgan retseptor neyron; 2) retseptor neyronlar birligi (bloki) yoki ma‘lumotlarni qabul qiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan o‗tgan ma‘lumotlarni qabul qiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi yoki birlashtiruvchi markazlar. Yuqori darajada tuzilgan organizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biri bilan bog‗langan. Ularning o‗zaro munosabatlari natijasida ichki hamda tashqi muhit o‗zgarishlari idrok etiladi.
Ixtisoslashgan retseptorlar qabul qilgan turli fizikaviy ta‘sirlar (nur, tovush, issiq, sovuq) harakat potensialiga aylantiriladi va bu nerv impul`slari tarzida ma‘lum sezgini shakllantiruvchi markazga o‗zatiladi.
Markazga yetib kelgan impul`slardan ma‘lumot olinadi. Masalan, gulni ko‗rganimizda uning rangi, hidi, shakli va ungacha bo‗lgan masofani aniqlaymiz. Bu ma‘lumotlar birlamchi markazdan ikkilamchi va integrativ markazga o‗tkaziladi; undan so‗ng his qilinadigan narsa haqida fikr shakllanishi davom etadi. Integrativ markazlarga bu ma‘lumotlarga qushni markazlardan kelgan va xotirada mavjud
bo‗lgan ma‘lumotlar ham qo‗shiladi. Shunda o‗sha narsa yoxud voqeani his etish mujassamlashadi. O`sha gul to‗g‗risida ko‗ruv analizatori orqali olingan ma‘lumotlarga hid bilish analizatori orqali olingan ma‘lumotlar qo‗shiladi. Gul to‗g‗risidagi tuyg‗u to‗liqlanadi, shu gulni ilgari ko‗rganini taqqoslash orqali idrok etiladi.
Sensor tizimlarning har biri qabul qilinadigan signalning bitta yoki bir nechta xossasini ajratadi. Masalan, ko‗ruv analizatori yordamida rang va yorug‗lik sezilsa, tam bilish analizatori achchiq, shirin, nordon, sho‗rni sezish imkonini beradi. Hid bilish analizatori esa xushbo‗y yoki badbo‗yligini va hokazo. Sensotizimlarning bunday ajratgan holda sezishi, ular uchun maxsus ixtisoslashgan retseptorlarning borligidan dalolat beradi.
Qabul qilishi mumkin bo‗lgan adekvat ta‘sirlovchilarga qarab, retseptorlarning quyidagi turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |