Bitiruv malakaviy ishining ob‟ekti.
Misr Arab Respublikasining hozirgi
zamon xalqaro munosabatlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lishidagi olib borayotgan
faol tashqi siyosatini asosiy yo‘nalishlarini kelib chiqish sababi va oqibatini
aniqlashdir.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti.
Misr Arab Respublikasining Jamol
Abdul Nosir, A.Sadat va X.Muborak davrlarida davlat tashqi siyosatining qay
yo‘nalishda o‘zgarib borganligi va uning qanday oqibatlarga olib kelganligini
o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari.
O‗zbekiston
Respublikasi qonunlari, I.A.Karimov asarlari va shu bilan bir qatorda Misr Arab
Respublikasining jahon siyosatidagi o‘rni bo‘yicha yozilgan milliy hamda xorijiy
mutaxassislarning dissertatsiyalari, kitob va maqolalari tashkil etadi. Ishning
meteodologik asosini esa ob‘ektivlik, haqqoniylik, holislik, har tomonlamalik
hamda tarixiylik singari tamoyillar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |