Predikatlar mantig‘i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg‘azalar mantig‘ini o‘z ichiga oladi. Predikatlar mantig‘i tili muloxazalar mantig‘i tiliga qo‘shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo‘lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so‘zsiz tan
oluvchi va ularni o‘zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya – aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish.
Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi – qo‘zg‘atuvchilarning idrok a’zolari reseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog‘liq bo‘lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to‘g‘risida ketayotgani yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |