Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining xarakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o‘rni, qadriyatli birligi va b. xarakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o‘zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozisiyalariga ko‘ra guruhda uning a’zolari o‘rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
Guruh roli (o‘rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko‘ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o‘rni, pozisiyasi).
Guruh – umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko‘ra birlashgan kishilar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |