Bozor iqtisodiyoti - 1) iqtisodiy munosabatlar bozor qonunlari orqali boshqariladigan, erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, antimonopol yo‘nalishdagi ishlab chiqarish usuli rivojlanishining navbatdagi bosqichini o‘rganadigan fan; 2) erkin tovar - pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimidir; 3) erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va boshqarilib (tartibga solinib) turuvchi iqtisodiyotdir; 4) tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |