O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilgi “Iqtisodiy erkinlik” indeksidagi o‘rni ko‘tarildi
AQShning The Heritage Foundation tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 57,2 ball bilan 114-o‘rinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-o‘rin).
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikaning indeksdagi o‘rni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimini oshishiga xizmat qiladi.
“Iqtisodiy erkinlik” indeksi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 12ta tarkibiy ko‘rsatkichdan tashkil topgan bo‘lib, mulkchilik huquqi, sud faoliyati samaradorligi, davlatning yaxlitligi, soliq yuki, davlat xarajatlari, fiskal salomatlik, biznes erkinligi, mehnat bozori erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiyalar erkinligi va moliyaviy erkinlik kabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) bo‘lgan shkalada baholaydi.
Gender tenglik indeksida O’zbekiston 188 ta mamlakat orasida 57-o’rinni egallab turibdi. Bu ko’rsatkich xotin-qizlar ta’lim olishi va iqtisodiy faolligi yuqori darajada ekanligi bilan izohlanadi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida O’zbekiston ta’lim va sog’liqni saqlashda gender tenglikka yaqinlashmoqda. Jumladan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish choralari belgilab berilgan.
1. Ilgari ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo'yicha ishlarni hukumatning maxsus komissiyasi muvofiqlashtirib kelar edi. Prezidentimiz farmoni bilan bu borada respublika kengashi tuzilishiga nima sabab bo'ldi?
2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash mamlakatimiz uchun butkul yangi yo'nalish hisoblanadi. Shu ma'noda vazirlik va idoralar, sud va prokuratura organlari, mahalliy hokimliklar bunga qay darajada tayyor?
3. Bugungi kunda xalqaro miqyosda ustuvor hisoblangan to'rtta xalqaro reyting va indeksda O'zbekiston hali e'tirof etilmagan. Buning sababi nimada? Ushbu reytinglarda mamlakatimiz o'rnini aks ettirish bo'yicha qanday choralar ko'rilmoqda?
4. Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni mamlakatimizdagi islohotlar bo'yicha xolis va zarur ma'lumotlar bilan o'z vaqtida ta'minlash masalasi o'z echimini topganmi?
5. Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog'onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?
6. Yaqinda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yo'lidagi o'n yillik harakat” nomli hisoboti e'lon qilindi. 2020 yil uchun dunyoda elektron hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu reytingda O'zbekiston 6 ta pog'onaga tushib, 87-o'rinni egalladi. Nima deb o'ylaysiz, nima sababdan mamlakatimiz avvalgi o'rnini yo'qotdi?
7. Koronavirus pandemiyasi ko'p islohotlarimizga salbiy ta'sir qildi. Iqtisod deysizmi, sanoatmi, ta'lim va boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida qoldi. Nima deb o'ylaysiz, bu holat reyting va indekslarda qanday baholanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |