XAMSA-besh dostonni o‘z ichiga olgan asar.
XATMI QUR’ON- musulmonlarda marhumlar arvohiga atab, Qur’oni Karimni boshidan oxirigacha qiroat bilan o‘qi tamomlash va shu munosabat bilan o‘tkaziladigan diniy marosim.
XATTOT-chiroyli va aniq yozadiga odam, kalligraf.
XUTBA-juma va ulug‘ ayyom kunlar masjidda imom xatib tomonidan aytiladigan oyatu hadislar, pand-nasihatlar. SHuningdek, o‘rta asrlarda xalifa va mahalliy hukmdor nomini tilga olib imom tomonidan o‘qiladigan duo ham xutba deyilgan.
CHEGARA-bir joyni boshqa bir joydan ajratuvchi er, had.
SHAJARA – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog‘i – genealogiya fani o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |