IQTISODIY ISLOHOTLAR- iqtisodiy munosabatlarda tub yoki qisman o‘zgarishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar.
IQTISODIY JARAYONLAR-kishilarning inson sifatida yashamoqlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida yashash vositalarini, ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish faoliyatlarining namoyon bolishi.
IQTISODIY MANFAAT-1) bu iqtisodiy ehtiyojlarni aks etish shakli;2) bu iqtisodiy ehtiyojlarning namoyon etish shaklidir.
IQTA’- Saljuqiylar davrida er parchasi, chek, uni hokim o‘z tobeiyatidan bo‘lganlarga muvaqqatan, vaqtincha berardi. Er meros qolmasdi. Iqto’ning bir ko‘rinishi.
KOALITSIYA – (lot. coalition - ittifoq) – 1) xalqaro munosabatlarning ayrim masalalarida birganlikda ish ko‘rish haqida o‘zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy yoki harbiy ittifoqi (mas., davlatlarning 2-jahon urushidagi gitlerchilarga qarshi koalitsiyasi), 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat hukumat tuzish to‘g‘risidagi kelishuvi. 3) 2001 yil 11-sentyabr voqealaridan keyin Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiya, unda O‘zbekiston Respublikasi ham ishtirok etgan.
KONSTITUTSIYA – (lot.constitutio – tuzilish, tuzuk) – davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Davlat faoliyatining turli sohalarida Konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. Konstitutsiya atamasi qad.Rimdayoq bor edi(imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Evropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda bo‘lgan Konstitutsiyalarning 2 guruhini vujadga keltirdi. 1-guruh – hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski Konstitutsiyalar. Bu xildagi Konstitutsiyalarga 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831 yilgi Belgiya Konstitutsiyasi, 1874 yilgi SHveysariya Konstitutsiyasi misol bo‘la oladi. 2-guruhga XX asrning 2-yarmida qabul qilingan “yangi avlod” Konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki Konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining; Konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolariga murojaat etish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining ko‘payishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |