Hajm ko`rsatkichlari- ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda
ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan,
yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari hajmi, olingan
foydaning umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi.
Solishtirma ko`rsatkichlar- ikki yoki undan ortiq o`zaro bog`liq ko`rsatkichlar va
mahsulot birligi xarajatlari salmog`ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan,
mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg`i sarflanishi, ishlab chiqarish
quvvati birligiga kapital qo`yilmalar, jami to`lovlar hajmida mukofotlarning
salmog`i va hokazolar
4
.
Ushbu barcha ko`rsatkichlar o`rtasida o`zaro aloqalar mavjud. Bu ko`rsatkichlar
rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo`jalik faoliyatini tahlil qilishda ham
qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |