28
2-BOB .
“SADOQAT”MCHJ NING 2010-2012 YILLARDAGI
FAOLIYATI TAHLILI
2.1. Korxonaning tavsifi, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati tahlili
“ Sadoqat ” МCHJ tashkiloti haqida umumiy ma`lumot.
2005 yil iyun oyida tashkilotchi rahbar Yusupov X.SH boshchiligida
“Sadoqat” MCHJ (qurilish va ta`mirlash) xususiy firmasi tashkil etildi. Bu firma
Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan bo`lib, bu firmaning dastlabki ishi
tarixiy va qadimiy bo`lgan “Qosim Shayx” maqbarasini qayta rekonstruksiya
qilishdan boshlandi. Dastlab qurilish uchun zarur bo`lgan yordamchi inshootlar,
beton zavodi, mashina va mexanizmlar bazasi, ishchilar uchun yotoqxona qurilishi
boshlab yuborildi. Bundan tashqari bu firma Navoiy viloyatidagi ko`plab kollej,
litsey va maktab binolarini qurilishida faol ishtirok etib kelgan. “Sadoqat” MCHJ
2010- yilda Navoiy shahridagi anfiteatr qurilishida ham o`zini katta hissasini
qo`shdi. Bu firma aholi turar joy binolarini barpo etishda ham ishtirok etib
kelmoqda, bunga misol qilib ko`p qavatli aholi turar joy binolarini va
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan hozirgi kunda ko`plab qishloq
joylarda yosh oilalar uchun qurilayotgan na`munali uy-joylar qurilishida ham juda
faol ishtirok etib kelmoqda. “Sadoqat” MCHJ 2012- yilda Navoiy viloyatida bo`lib
o`tgan “Umid nihollari” o`yinlarini o`tkazish uchun juda katta sport inshoatlari
barpo etildi va bunday katta qurilishdan bu firma chetda qolib ketmadi.
Standartlarga javob beradigan stadion, suv havzasi va sport zallar qurib bitkazilib
Navoiylik yoshlar qo`liga topshirildi. Bunday katta sovg`alar uchun
Yurtboshimizga qancha ko`p rahmat va tashakkurlar aytsak ham kamdir.
29
2.1-rasm.“SADOQAT” MCHJ ning boshqaruv tashkiliy strukturasi
KORXONA
RAHBARI
RAHBAR
MUOVINI
MARKETING
BO’LIMI
BOSH BUXGALTER
LOYIHALASH
BO’LIMI
SMETA
BO’LIMI
ISHLAB
CHIQARISH
BO’LIMI
IBOSHLIG’I
BRIGADA
BOSHLIG’I
QURILISH
BRIGADASI
QURILISH
BRIGADASI
BUXGALTER
YORDAMCHISI
30
“Sadoqat” MCHJ ida boshqaruv faoliyati quyidagi omillar asosida olib
borish ko`zda tutilmoqda.
yangi texnika va texnologiyalarni lizing shartnomalari asosida xarid
qilish ishlarini jonlanyirish va qurilish montaj ishlarini bajarishda ko`proq mahalliy
hom ashyo va tovarlardan foydalanish;
qurilishda menejment samaradorligini oshirish maqsadida qurilish
montaj ishlari hajmining o`z ishini ta`minlash, eng ko`p miqdorda sof mahsulot va
foyda olish, qurilish muddatlarini qisqartirish va chegaralangan yoki eng kam
mehnat xarajatlari bilan ishlash, aylanma mablag`lar, asosiy ishlab chiqarish
fondlari va moddiy resurslar sifatini oshirish;
hozirgi bozor iqtisodiyotida rentabellik darajalarining o`sishi va ishlab
chiqarish foydaligini ta`minlash har qanday qurilish tashkilotining muhim vazifasi
hisoblanadi. Endilikda uning ko`plab masalalari davlat mablag`lari hisobiga emas,
balkin o`zi qo`lga kiritgan mablag`lar hisobiga hal qilinadi. Shuning uchun ham
ular bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ko`p “pul topish”, foydani ko`paytirish va
rentabellikni oshirishga intilishi emas balki o`zlari ishlab topgan mablag`larining
iqtisod qilishni va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa,
menejment samaradorligi, ya`ni “Sadoqat” MCHJ ma`suliyati cheklangan jamiyati
faoliyati samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustahkam faoliyat
yuritishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: