3-Laboratoriya ishi
Zamonaviy avtomobillar servisi reglamenti
1. Ishdan maqsad.
O’zbekiston Respublikasida ekspluatatsiya qilinayotgan zamonaviy avtomobillar servisi reglamentini o’rganish.
2. Ishning mazmuni.
2.1. Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari.
2.2. Avtomobillar ekspluatatsiyasi bo’yicha yo’riqnoma
2.3. Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish reglamenti.
3. Umumiy ma’lumotlar.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) tizimi avtomobil zavodlari tomonidan ishlab chiqilib, «Hyundai» kompaniyasi dilerlari tomonidan servis xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan.
TXK va T tizimi rejaviy ogohlantiruvchi strategiyaga asoslanib, quyidagi hujjatlar bilan ta’minlanadi:
- TXK va T bo’yicha zavod rahbariy yo’riqnomasi;
- N-1 avtomobilini ekspluatatsiya qilish bo’yicha yo’riqnoma;
- TXK pasporti (sevis kitobchasi);
- ehtiyot qismlar katalogi va boshqalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |