O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Download 2,7 Mb.
bet98/235
Sana20.01.2022
Hajmi2,7 Mb.
#393722
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235
Bog'liq
ITM UMK (2)

Sub’ektiv yaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, noemerjentdir. Epistemologik maqomi–tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanadi, boshqacha qilib aytganda, butunning xossalarini belgilashi mumkin bo‘lgan qismlarning xossalari.

Sub’ektiv yaxlit xossalarga misollar: og‘irlik, jismlarning elektr zaryadi, gapning so‘z (birikma)lar ma’nosi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili.



YAxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.

Epistemologik maqomi tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, ya’ni qismlarining xossalariga bog‘lash mumkin emas. Mazkur xossalar butunning tabiatdagi boshqa ob’ektlar–yaxlitliklar bilan o‘zaro munosabatlarida individ sifatidagi maqomini belgilaydi.

YAxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o‘zaro munosabatlarda va atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik organizmlarning yaxlit mavjud bo‘lish qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning aynan yaxlit ma’nosi, xalq, millat, etnos psixikasi.

Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv).



Metayaxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.

Epistemologik maqomi–tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimda faoliyat ko‘rsatganida tabiiy tuzilmalar (tizimlar, yaxlitliklar)ning ierarxik bog‘langanligida namoyon bo‘ladigan butunning oliy immanent potensial xossalari.

Metayaxlit xossalarga misollar: molekulalarning o‘z-o‘zini tashkil etishi, DNKning axborot-tartibga solish xossalari, idiomatik iboralar, maqollar va matallarning alohida ma’nosi.

Bilish usuli: kontrreduksiya tamoyili.



Ad-hoc yaxlit xossalar – ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.

Epistemologik maqomi–o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning xossalariga nisbatan reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi).

Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik moddalarning biokimyoviy (alohida holda mazkur moddalarga xos bo‘lmagan) funksiyalari; so‘zlar, gaplarning mazkur semantik birliklarga o‘z holicha, kontekstdan tashqarida xos bo‘lmagan katta kontekstdagi ma’nosi.

Bilish usuli: Ad-hoc yaxlit yondashuv (ba’zan mazkur yondashuv «yaxlit yondashuv» tushunchasiga kiritiladi).

YUqorida zikr etilgan xossalar to‘rt turining xususiyatlarini moddiy va ideal tabiatning yaxlit ob’ektlari misolida tushuntirib o‘tamiz.

Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish va asoslashga muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish ob’ektining mohiyatini tashkil etmaydi–ular unga noimmanent. Mazkur xossalar ayni ob’ektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning ta’sir ko‘rsatishi natijasi. Aytish mumkinki, bu xossalar kattaroq yaxlitlikning «kuchi»ga nisbatan ob’ektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir.

Oliy darajada uyushgan molekulyar tuzilmalar–fermentlar, DNK, RNK singari biopolimerlarning jami xossalarini tadqiq qilish bilan bog‘liq fizik-kimyoviy, biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan xossalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etadi. Misol uchun, DNK molekulasiga xos bo‘lgan jami xossalarni bilish muammolarini olaylik. DNK molekulasini uning tarkibidagi alohida atomlarning xossalari, alohida kimyoviy va kuchsiz (bu erda fizik) aloqalarning, funksional guruhlarning, elektr zaryadlarning, alohida fragmentlarning va hokazolarning tabiati orqali, ya’ni reduksiya metodi yordamida tadqiq qilish mumkin.

SHu bilan bir qatorda, DNK molekulasining yaxlit tuzilma sifatidagi xossalarini, uning tarkibiy qismlari xossalariga to‘la bog‘liq bo‘lmagan xossalarini, ma’lum turkumga mansub moddalar bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishish, tegishli muhitlarda ma’lum sedimentasion va reologik xususiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini ham tadqiq qilish mumkin. Ammo, reduksiya metodi va yaxlit yondashuv asosida, ya’ni DNK molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar to‘plamidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo‘lgan barcha xossalarni bilish mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos bo‘lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib berishimiz mumkin. DNK molekulasi uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim bo‘lib, tirik hujayra metabolizmining o‘zaro bog‘langan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi.

SHuni qayd etib o‘tish kerakki, bu erda DNKning immanent oliy, ya’ni «metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik organizmlarning molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanish tarixidan yaxshi ma’lum.

Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va oqsilli jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental vaziyatlarda kimyoviy ob’ektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada, XX asrning o‘rtalariga kelib ularning makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, ammo ularning oliy axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar (kimyoviy) ob’ektlarning tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalarni topish va nukleoidlarning ketma-ketligi ma’lum tabiatga ega guruhlar (azotli asoslar)ning tasodifiy to‘plami emas, balki genetik kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Aynan shu erda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar natijasida yuzaga kelmaydi, ular mazkur ob’ektga xosdir.)

Bu erda kontrreduksiya tamoyili ob’ekt muqarrar tarzda o‘zgarishi, takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim tarkibiga kirganida qo‘shimcha tarzda paydo bo‘ladigan xossalarnigina emas, balki ob’ektga immanent bo‘lgan bir qancha muhim xossalarni ham bilish imkonini beradi. Masalan, DNKning aminokislota ketma-ketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab muayyan oqsillarning tegishli aminokislota ketma-ketliklarini aniqlashimiz yoki aksincha, alohida ajratilgan oqsillarning aminokislota ketma-ketliklariga qarab DNKdagi nukleoidlarning ketma-ketligini aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga, DNK, RNK molekulalarining axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra tizimlaridagi metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlarning biokatalitik hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy tizimlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin.

Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo‘llash ob’ektlarning oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan organizmlardagi jarayonlar)dagi ob’ektlarning oliy xossalarini tadqiq qilish bilangina cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lum darajada o‘zgaruvchi (noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum ob’ekti sifatida ajratamiz. SHunga o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt bo‘lagi, ya’ni tizimida ko‘rilayotgan o‘zgarishlar ahamiyasiz bo‘lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga kiritish lozim. Mazkur vaqt bo‘laklarining miqdori kosmologiya uchun ming va undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun bir-ikki generasiya davri (taxminan minutlar) bilan, kimyoviy genetika uchun sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab va yuzlab yillar bilan o‘lchanadi.

Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektning noma’lum oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining ob’ektiv asoslari va imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol bo‘lib xizmat qiladi.

Molekulalarning muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va kimyoviy evolyusiyani faqat kontrdeduksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, biologiyada XIX asrda vujudga kelgan evolyusion ta’limot tirik organizmlarning tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng sodda bir hujayralilar va ularning molekulyar (sub’ektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyusiyasi g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyusiya muammosining qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiy-mantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyusiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlarni muayyan model asosida tadqiq qilishga kirishildi. Xullas, molekulalarning oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya–molekulalarni tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi bo‘ldi.

SHunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.


Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish