Abduksiya fikr yuritish orqali empirik dalillardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |