O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Download 2,7 Mb.
bet105/235
Sana20.01.2022
Hajmi2,7 Mb.
#393722
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   235
Bog'liq
ITM UMK (2)

Ong strukturasida oqilonalik. Klassik fan kontekstida oqilonalik ongning oliy qobiliyati sifatida tushuniladi, tushunchalar va mantiqiy apparat bilan bog‘liq oqilona fikrlash esa ongning barcha strukturaviy xususiyatlaridan ustun qo‘yiladi. Bu holda oqilonalik boshqa tushunchalar olamiga tushib qoladi va ong, bilish, bilim bilan bir qatorda turib, ularning umumiy va uzviy belgisi deb hisoblanishga da’vogar bo‘ladi.

Ong strukturasining oqilonaligi muammosi so‘nggi yillarda bilimning turli sohalariga sistemali-strukturaviy metod faol kirib kelishi munosabati bilan yuzaga keldi. Garchi XX asrda ongni «bevosita idrok etuvchi», tushunuvchi, «o‘zini va o‘z negizini biluvchi» deb ta’riflash odat tusini olgan bo‘lsa-da, ayni shu XX asr sistemali-strukturaviy tahlilni tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya va sosiologiyaga nisbatan tatbiq etdi. U tadqiqotchilik faoliyatining murakkab sohasi – inson ongiga ham kirib keldi va uni mumkin qadar oqilonalashtirdi. Ma’lumki, har qanday struktura elementlarning mavjudligini, ularning o‘zaro ta’siri, bir-birini bo‘ysundirishi va ierarxiyasini nazarda tutadi. Struktura (lotincha – tuzilish, joylashish, tartib) ob’ektning yaxlitligini va har xil tashqi va ichki o‘zgarishlar sharoitida o‘ziga o‘zi muvofiqligini ta’minlovchi uning barqaror aloqalari majmuini ifodalaydi.

Oqilonalikning haqiqiy maqomini aniqlash va uning tuzilishini o‘rganish uchun ongni tahlil qilishga nisbatan sistemali-strukturaviy metoddan foydalanish ong «g‘isht va sement»dan iborat qurilma sifatida talqin qilinishini anglatmaydi. Empirik jihatdan ong hissiy va aqliy obrazlarning uzluksiz o‘zgaruvchi majmui sifatida namoyon bo‘ladi.

Tadqiqotchilar ong tuzilishini o‘rganishga kirishar ekanlar, ular doim ajabtovur bir vaziyatga duch keladilar. Ong hissiy va o‘ta ta’sirchan ob’ekt sifatida o‘zini aniq-ravshan namoyon etadi, biroq, shunga qaramay, o‘zini bevosita tahlil qilish imkonini bermaydi. Bir tomondan, ongni uning moddiy substrati – bosh miyasiz va ongning mazmunini aks ettiruvchi materiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqa tomondan, ongni substratning o‘zi – bosh miyaga ham, materiyaga ham bog‘lab bo‘lmaydi. Hatto eng mohir anatom ham nervni miyagacha kuzatib, tuyg‘ular va fikrga yo‘l ochuvchi dastlabki asosga yaqinlasha olmaydi.

Ong tabiatini tushuntiruvchi kamida ikkita yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv fransuz rasionalist faylasufi Rene Dekart nomi bilan bog‘liq. U ongni insonning sezgilar, idrok, xotira, emosiyalar, iroda, fikrlar, mulohazalar, tilni, shuningdek narsalarning obrazlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi berk ichki dunyosi deb tushunishni taklif qilgan. Aytib o‘tilgan elementlar ong strukturasini tashkil etadi. Fikrlash jarayonining tadrijiyligi ong faoliyatining bosh shakli deb e’tirof etiladi. Dekartning «cogito ergo sum» (men fikrlayapman, demak, mavjudman» iborasi insonning barcha harakatlarini to uning mavjudligiga qadar ongga bo‘ysundiradi.

Bu yondashuvga tayanib, fan ong ichiga «safar qilish»ni, ya’ni miya mexanizmlarini o‘rganishni taklif qiladi. Biroq neyrofiziologlar miya strukturalari va faoliyatini o‘rganish yo‘li bilan ong haqida to‘la axborot olish mumkinligiga shubha bilan qaraydilar. Ongning ijtimoiy tabiati, uning muayyan tarixiy va ijodiy xususiyati bilan bog‘liq ko‘p sonli muammolar yuzaga keladi.



Ikkinchi yondashuv ongning mohiyatini uning o‘zidan emas, balki tashqi dunyo, ijtimoiy amaliyotdan qidirishni nazarda tutadi. Bu yondashuvga binoan ong obrazlari faoliyat jarayonida, insonga atrof borliqning ta’siri natijasida yuzaga keladi. Inson o‘zaro ta’sirga kirishuvchi narsalar doirasi qancha keng, sub’ektning o‘zi qancha faol bo‘lsa, tafakkur va ong shuncha barkamol bo‘ladi. Bu yondashuv xulosalari: «ongni borliq belgilaydi», «ong – moddiy dunyoning sub’ektiv obrazi», «ong – borliqning in’ikosi», «ong – kollektiv olingan bilim» - ong tashqi borliqqa bog‘liqligini, ongning ijtimoiy tabiatini tasdiqlaydi. SHu nuqtai nazardan ong shaxsiy va individual xossa, sir va jumboq sifatida emas, balki butun insoniyat qavmining universal va shakllanuvchi xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Ong hodisasi oqilona anglab etiluvchi va oqilona belgilanuvchi hodisa sifatida talqin qilinadi. Zero o‘z borlig‘i usuliga ko‘ra ong miya xossasidir, bosh miyaning nerv jarayonlari ongning moddiy ifodachilari bo‘lib xizmat qiladi.

Mazmun jihatidan ong ob’ektiv borliqning in’ikosi, tashqi dunyo va o‘zi haqidagi axborotning ifodachisi, harakatlarni oldindan fikran tuzuvchi va ularning natijalarini bashorat qiluvchidir.

YUzaga kelish usuliga ko‘ra ong materiya harakati biologik va ijtimoiy shakllarining mahsulidir; insonning ijtimoiy-moddiy faoliyati ongning tarixiy shakllanish omilidir.



Vazifasiga ko‘ra ong – inson xulq-atvori va faoliyatini boshqarish omili, borliqning nisbiy-izchil in’ikosi va uni asosli-ijodiy o‘zgartirish vositasi, mantiqiy fikrlash shakllarining shakllanish omilidir.

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish