O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


Oilaviy uchrashuv, oilaviy yig‘ilish (family assembly) va oilaviy



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Oilaviy uchrashuv, oilaviy yig‘ilish (family assembly) va oilaviy 

kengashning amal qilish xususiyatlari  

 

 

Bosqich 

Holati 

Oilaning 

a’zolari 

Soni 

Yig‘ilishlar 

soni 

Asosiy faoliyati 

Oilaviy 


uchrashuv 

(family 


meeting) 

1-

bosqich 



Norasmiy  Butun oila 

(a’zolik 

uchun 

qo‘shimcha 

shartlar 

qo‘yilishi 

ham 

mumkin)

 

Ozchilik 



a’zolar 

Odatda 6-

12 ta a’zo 

Biznesning 

rivojlanish 

bosqichiga 

bog‘liq. 

Odatda 


deyarli 

haftalik 

Oilaning 

qadriyatlari va 

qarashlarini 

birlashtirish 

Yangi biznes 

g‘oyalarni 

muhokama qilish 

va yaratish 

Keyingi biznes 

boshqaruvchilarini 

tayyorlash 

Oilaviy 


yig‘ilish 

(family 


assembly) 

2-3-


bosqich 

Rasmiy 


Butun oila 

(a’zolik 

uchun 

qo‘shimcha 

shartlar 

qo‘yilishi 

ham 

mumkin)

 

Oilaning 



kattaligi 

va a’zolik 

shartlariga 

bog‘liq 


1 yilda 1 

yoki 2 


marta 

G‘oyalar, 

kelishmovchiliklar 

va qarashlarni 

muhokama qilish 

va birlashtirish 

Oilaga taalluqli 

asosiy siyosatlarni 

tasdiqlash 

Oila a’zolarni 

biznes masalalari 

bo‘yicha o‘qitish 

Oilaviy kengash va 

boshqa qo‘mita 

a’zolarini saylash 

Oilaviy 


kengash 

(family 


council) 

2-3-


bosqich 

Rasmiy 


Oilaviy 

kengash 


tomonidan 

saylangan 

a’zolar  

(a’zolik 

uchun 

tanlov 

shartlari 

oila 

tomonidan 

belgilanadi)

 

a’zolik 



shartlariga 

bog‘liq 


bo‘ladi 

Ideal holat  

5-9 ta a’zo 

1 yilda 2 

dan 6 

martagacha 



Nizolarni hal qilish 

Oilaga taalluqli 

asosiy siyosatlarni 

rivojlantirish 

Rejalashtirish 

Ta’lim 


Direktorlar 

kengash va 

menejmentni 

ishini 


muvofiqlashtirish 

va oila va 

biznesning 

balansini 

ta’minlash 

 

Direktorlar kengashi aksariyat bizneslar boshqaruvida bo‘lgani 



kabi oilaviy biznesda ham markaziy boshqaruv instituti hisoblanadi. 

Turli  oilalarda  direktorlar  kengashining  tuzilishi,  roli,  tarkibi  bir-

biridan farq qiladi. Bu odatda biznesning ko‘lami, murakkabligi va 

uni tashkil etgan oilaga bog‘liq holda belgilanadi. Odatda aksariyat 

oilaviy 

bizneslar 

ularning 

mavjudlik 

davrining 

birinchi 




 

49 


bosqichidayoq qonuniy talablarga rioya qilish maqsadida direktorlar 

kengashini  tashkil  qilishadi.  Qonun  bo‘yicha  kengash  ruxsatini 

talab  etuvchi  kompaniyaning  moliyaviy,  dividend  va  boshqa 

jarayonlarini ma’qullash uchun direktorlar kengashini tashkil etish 

zaruriy  hisoblanadi.  Odatda  kengashlar  yiliga  bir  yoki  ikki  marta 

yig‘iladi  (mahalliy  tartiblarga  asosan)  va  ularning  faoliyat  yuritishi 

juda  qisqa  muddat  davomida  amalga  oshiriladi.  Bu  holatda 

kengash  a’zolari  o‘ziga  xos  tarzda  oila  a’zolaridan  va  ba’zi  hollarda 

ishonchli  oila  a’zosi  bo‘lmagan  menejerlardan  tashkil  topadi.  

Biznesning egasi  bo‘lgan  holda  ham  menejmentda  ham  direktorlar 

kengashida  xizmat  ko‘rsatadigan  ayrim  shaxslarni  ham  uchratish 

mumkin.  

Oilaviy  biznes  murakkablashib  borgani  sari,  boshqaruv 

samaradorligiga  javob  berish  va  kompaniyaning  strategiyasini 

belgilash  kabi  muhim  masalalarda  asosiy  o‘rinni  egallovchi 

direktorlar  kengashini  tashkil  etish  shart  bo‘lib  qoladi.  Shundan 

kelib  chiqqan  holda  kengashdan  kompaniya  boshqaruvida 

masalalarni  mustaqil  hal  qilish  nuqtayi  nazaridan  yanada  ko‘proq 

yig‘ilishni talab qiladi. Bu oilaviy biznes direktorlar kengashi yaxshi 

tashkil  etilgan,  ko‘proq  mas’uliyatli  va  tashqi  mustaqil  direktorlar 

uchun  ochiq bo‘lgan holatda yuz beradi. 

Biznesning manfaatlarini mukammal ta’minlovchi professional 

direktorlar  kengashiga  o‘tishdan  oldin,  aksariyat  oilaviy  bizneslar 

menejment  va  asosiy  nazorat  qiluvchi  aksiyadorlardan  mustaqil 

ravishda  ularning  joriy  direktorlarini  tajriba  va  ma’lumotiga  baho 

beruvchi  maslahat  kengashini  tashkil  etishadi.  Bu  holatda, 

maslahat kengashi biznes duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday 

strategik  masalalarni  hal  qilish  maqsadida  menejment  va 

direktorlar kengashi bilan yaqindan ishlaydi. 

O‘z  navbatida  korporativ  boshqaruv  oilaviy  modeli  boshqaruv 

tizimida alohida qo‘mitalar ham tashkil etiladi. Bunday qo‘mitalarga 

misol sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 

-

 

ta’lim qo‘mitasi; 



-

 

ulushlarni qayta sotib olish qo‘mitasi; 



-

 

lavozimlarni rejalashtirish qo‘mitasi; 



-

 

audit qo‘mitasi va boshqalar. 



Ijroiya  organi  oila  modeli  boshqaruv  tuzilmasining  ajralmas 

qismi  bo‘lib,  uning  faoliyat  samaradorligi    kompaniyaning  faoliyat 

nitajalari  va  oilaning  boyligiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ijroiya 



 

50 


organi  biznesda  joriy  boshqaruvni  amalga  oshiradi  va  direktorlar 

kengashi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajaradi.  

Yuqorida  ta’kidlanganidek,  odatda  dastlabki  davrda  oilaviy 

biznes  korxona  asoschisining  o‘zi  tomonidan  boshqariladi  va 

nazorat qilinadi. Lekin bunda menejment tuzilmasi norasmiy tarzda 

qolishi  mumkin  va  qaror  qabul  qilish  asoschining  yoki  bir  nechta 

qarindoshning qo‘lida bo‘ladi. Bunday boshqaruv tartibi kompaniya 

rivojining  dastlabki  bosqichida  yaxshi  ishlaydi  va  bu  bosqichda 

asoschi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy sababchisi hisoblanadi.  

Kompaniyaning  rivojlanishi,  biznes  operatsiyalari  ko‘lami 

kengayishi, boshqaruvning avloddan avlodga o‘tishi boshqaruvning 

takomillashuviga, professional menejmentga hamda markazlashgan 

tartibda  qaror  qabul  qilishdan  chetlanishga  xizmat  qiladi.  Afsuski, 

aksariyat  oilaviy  bizneslar  ushbu  jihatni  inobatga  olishmaydi  va 

asosiy  menejment  lavozimlarini  ustuvor  ravishda  oila  a’zolariga 

beradi.  Mazkur  oila  a’zolarining  ko‘pchiligi  malakali  boshqaruvchi 

bo‘lsa  ham  ma’lum  bir  vazifalarni  bajarish  borasida  muammo 

yuzaga  keladi.  Biznes  muvaffaqiyati  uchun  uzoq  muddatli 

istiqbolda  ba’zi  oila  a’zolarini  yanada  professional  va  mahoratli 

tashqi  boshqaruvchi  bilan  almashtirish  amalga  oshiriladi.  Aslida 

oilaviy  bizneslarning  professional  ijroiya  organiga  ega  bo‘lishlari 

oilaviy biznesning dastlabki bosqichidanoq muhimdir. 

Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  oilaviy  biznesda  bandlik 

masalasi  nuqtayi  nazaridan  oilani  yoki  biznesni  ustun  qo‘yish 

holatlari  ko‘p  kuzatiladi.  Bunda  quyidagilarga  guvoh  bo‘lish 

mumkin (2.5-jadval). 

Oilaviy  biznesda  mulkdorlar  o‘rtasida  ziddiyatlarga  sabab 

bo‘luvchi  holatlar  mavjud.  Masalan,  kompaniya  foydasini  dividend 

sifatida taqsimlamasdan reinvestitsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul 

qilinganda  turli  oila  a’zolarning  fikri  turlicha  bo‘lishi  mumkin. 

Oilaviy biznesda ishlaydigan mulkdor mazkur qarorga u allaqachon 

kompaniyadan  ish  haqi  olganligi  bois  umuman  qiziqish 

bildirmasligi  ham  mumkin.  Boshqa  tarafdan  asosiy  daromad 

manbai  oilaviy  biznes  tomonidan  beriladigan  dividend  bo‘lgan  va 

oilaviy  biznesda  ishlamaydigan  mulkdor  nuqtayi  nazaridan 

umuman  boshqacha  qaraladi.  Mazkur  mulkdor  yanada  ko‘proq  va 

doimiy dividend olish tarafdori bo‘ladi. 

 

 




 

51 


2.5-jadval 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish