18.3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi
Aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi huquq va majburiyatlarni
huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda
jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda,
tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va
tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda
tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash to‘g‘risidagi masalani
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash
haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini
tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini
boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi
tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda,
tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini
tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning
kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari
to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot
vositalarida e’lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim
etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon
qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi lozim.
Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytga kelib
jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-
mulki ushbu “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 100-moddasiga
muvofiq aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish
chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning
tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlarning talablar qo‘yishi uchun belgilangan muddat
tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi,
mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi,
kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni
ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Oraliq
tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
380
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli bo‘lmasa,
tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish
uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga
oshiradi.
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash
tugatuvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat
tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans
tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi
tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat
aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatuvchi
nazarda
tutilgan
tegishli
tartib-taomillar
tugallanganidan
keyin
jamiyat
qimmatli
qog‘ozlari
chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish
yuzasidan zarur tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
va muddatlarda amalga oshiradi.
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan
keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar
o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan
aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan,
biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli
aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga
oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini
oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash
amalga oshiriladi.
Mol-mulkni har bir navbat bo‘yicha taqsimlash avvalgi navbat
bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga
oshiriladi.
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq
to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish
qiymatini
imtiyozli
aksiyalarning
egalari
bo‘lgan
barcha
aksiyadorlarga to‘lash uchun etarli bo‘lmasa, mol-mulk imtiyozli
aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli
aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor bo‘lgan
aksiyadorga o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga
ayirboshlab berishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona
davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan e’tiboran
381
jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan
deb hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi
tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina
kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |