354
Mamlakatimizda qator yillardan buyon dividendlar va foizlar
tarzida to‘lanadigan daromadlarga nisbatan to‘lov manbaida
undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasi amal qilib kelmoqda.
Fikrimizcha, foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib turgan holatda
dividendlarga nisbatan soliq stavkasini ham pasaytirish maqsadga
muvofiq.
Chunki
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
kengaytirish
natijasida erishilgan natijadan 7,5 soliq to‘lash, olinishi noaniq
bo‘lgan dividend bo‘yicha to‘lanadigan 10 foizlik soliqdan afzal,
albatta.
AJlari aksiyalari nominal bahosi tahlil qilinganda ayrimlarida
bir so‘mlik, shuningdek Universal sug‘urta aksiyadorlik sug‘urta
kompaniyasi
tomonidan
bir
tiyinlik
aksiya
muomalaga
chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin. AJlariga xorijiy investorlarni
jalb qilish masalasi qo‘yilgan vaqtda aksiya nominal bahosining
bunday pastligi taklif jarayonida ma’lum bir muammolarni yuzaga
keltiradi. Chunki bir so‘mlik yoki bir tiyinlik aksiyani xorijiy
investorlarga erkin almashtiriladigan valyutada taklif qilish o‘ziga
xos qiyinchilik tug‘diradi. Keyin keltirilayotgan nominal bahodagi
aksiya bo‘yicha dividend miqdori haqida so‘z yuritish yana bir o‘ziga
xos jihat. Aynan shundan kelib chiqqan holda aksiya nominal
bahosi bo‘yicha minimal miqdorni ham belgilash lozim, deb
o‘ylaymiz.
O‘rganishlar, o‘tkazilgan tahlillar va tadqiqotlarimiz natijasi
sifati quyidagi xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqildi:
Birinchidan, AJlarining samarali dividend siyosati qo‘shimcha
moliyaviy resurslar jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish va o‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish, qo‘shib olishlardan himoyalanish,
IPO o‘tkazish orqali aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish
natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, davlat byudjeti daromadlar tarkibida yuqori
ulushga ega bo‘lmagan dividendlar bo‘yicha to‘lov manbaida
undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasini bosqichma-bosqich
pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda solig‘i stavkasi
7,5 foiz bo‘lib turgan bir vaqtda dividend bo‘yicha 10 foizlik soliq
stavkasining qo‘llanilishi ma’lum darajada mahalliy investorlarning
fond bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir ko‘rsatishi mumkin.
Uchinchidan, AJlari faoliyatiga xorijiy investorlarni jalb
qilishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda aksiyalar nominal
bahosi bo‘yicha minimal miqdorni qonunchilikda belgilab qo‘yish
maqsadga muvofiq. Chunki aksiya nominal bahosi qanchalik past
bo‘lsa, o‘z navbatida dividend miqdori ham past bo‘ladi. Natijada
355
aksiyani erkin almashtiriladigan valyutada xorijiy investorga taklif
etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: