O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

15.3. O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995-yil 

12-oktabrdagi  398-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  “Xoldinglar 

to‘g‘risida”gi  Nizom  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning 

huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida»,  «Qimmatli  qog‘ozlar  bozori 

to‘g‘risida»,  «Raqobat  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 




 

328 


qonunlariga  muvofiq  xoldinglar  tashkil  etish  va  ularning  faoliyat 

ko‘rsatishi tartibini belgilaydi. 

Xoldinglarni 

davlat 


ro‘yxatidan 

o‘tkazish 

tadbirkorlik 

subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun 

belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Aktivlari  tarkibiga  boshqa  korxonalarning  aksiyalari  nazorat 

paketlari  kiradigan  aksiyadorlik  jamiyati  xolding  hisoblanadi. 

Aksiyalar  (paylar,  ulushlar)ning  nazorat  paketi  o‘zida  korxona 

sarmoyasida  qatnashishning  istalgan  shaklini  ifodalaydi.  Ushbu 

shakl  xolding  qatnashchilari  umumiy  yig‘ilishida  va  uning 

boshqaruv  organlari  tomonidan  muayyan  qarorlar  qabul  qilinishi 

yoki  rad  etilishining  so‘zsiz  huquqini  ta’minlaydi.  Aksiyalarining 

nazorat  paketlari  xolding  aktivlariga  kiruvchi  korxona  sho‘ba 

korxona  hisoblanadi.  Sho‘ba  korxonalar  mustaqil  yuridik  shaxs 

hisoblanadi.  

Xolding  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  bilan 

taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. 

Xolding boshqa xoldingning sho‘ba korxonasi bo‘lishi mumkin. 

Xolding aktivlari: 

a) qimmatli qog‘ozlar; 

b)  muassislar  tomonidan  shartnoma  asosida  berilgan, 

shuningdek  xolding  mablag‘lari  hisobiga  sotib  olingan  yoki  hosil 

qilingan mulklar; 

v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi. 

Xolding  xorijiy  sarmoya  ishtirokida  yoki  to‘liq  uning  asosida, 

shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib 

olish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. 

Xolding  aktivlari  tarkibiga,  sho‘ba  korxonalar  aksiyalari 

nazorat  paketlari  bilan  bir  qatorda,  aksiyalarning  paritet  paketlari 

(qatnashchi  ikkita  bo‘lgan  taqdirda  50  foiz)  va  boshqa  xo‘jalik 

jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat 

paketlari emas) kirishi mumkin. 

Xolding  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  investitsiya 

faoliyatini  amalga  oshirishga,  shu  jumladan  istalgan  qimmatli 

qog‘ozlarni sotib olish va sotishga haqli bo‘ladi. 

Sho‘ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-

mulk  bilan  javob  beradi,  bosh  xoldingga  tegishli  bo‘lgan 



 

329 


aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh 

xolding  ta’sis  shartnomasida  qayd  etilgan  shartlarda  sho‘ba 

korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin. 

Sho‘ba  korxona  o‘zining  xoldingga  tegishli  bo‘lgan  aksiyalari 

paketi miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga 

egalik  qilishi  mumkin  emas,  garov  va  trast  (ishonilgan  mulk)  ham 

shu jumlaga kiradi. 

Sho‘ba  korxonalar  aksiyadorlarining  umumiy  yig‘ilishlarida 

xoldingning vakillari mazkur sho‘ba korxona aksiyalarining nazorat 

paketiga  muvofiq  ovozga  ega  bo‘ladilar.  Ro‘yxati  ustavda 

ko‘rsatilishi  kerak  bo‘lgan  sho‘ba  korxonalarni  rivojlantirishning 

strategik  muhim  masalalarini  hal  etish  uchun  ustavda  darajali 

ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi. 

Xoldinglar  yuridik  shaxs  hisoblanadi  hamda  «Aksiyadorlik 

jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to‘g‘risida»,  «Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  to‘g‘risida»,  «Raqobat 

to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,  mazkur Nizom va 

O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari asosida 

faoliyat ko‘rsatadi.  

Mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar,  jismoniy  va  yuridik 

shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding 

muassislari va qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 

Xorijiy  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  qatnashish 

xususiyatlari  O‘zbekiston  Respublikasining  chet  el  investitsiyalari 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Xoldingning  nomiga  «xolding»  so‘zi  qo‘shilgan  bo‘lishi  hamda 

uning turi («AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 

Xolding  tashkil  etish  va  uni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  tadbirkorlik 

subyektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun 

belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar 

hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 

Xoldinglar  turdosh  korxonalarni  kooperatsiyalashga  ko‘mak-

lashish  hamda  ular  tomonidan  kelishilgan  investitsiya  siyosati 

amalga  oshirilishi  uchun  tashkil  etiladi.  Xoldingga  yoki  uning 

sho‘ba  korxonalaridan  biriga  xolding  kompaniyaning  sho‘ba 

korxonalari  mahsulotlari  (ishlari,  xizmatlari)  uchinchi  shaxslar 

tomonidan  sotilishi  huquqi  berilishiga,  shuningdek  ko‘rsatib 



 

330 


o‘tilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan 

biror-bir  shaklda  belgilab  qo‘yilishi  huquqi  berilishiga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  

Quyidagi  tarmoqlarda  xoldinglar  tashkil  etilishiga  yo‘l 

qo‘yilmaydi: 

savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy 

xizmat,  kommunal  xo‘jalik,  transport  (temir  yo‘l,  aviatsiya, 

truboprovod  transporti  va  mutlaq  ravishda  xalqaro  tashishlarni 

amalga 

oshiruvchi 

korxonalardan 

tashqari), 

xalq 

badiiy 


hunarmandchiligi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  Davlat 

tasarrufidan  chiqarilmaydigan  yoki  davlat  tasarrufidan  chiqarish, 

xususiylashtirishda,  sotib  olish  va  ijaraga  berishda  cheklashlarga 

ega  bo‘lgan  davlat  korxonalari  va  mol-mulki  asosida  xoldinglar 

tashkil  etishga  ushbu  cheklashlar  bekor  qilingunga  qadar  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

Tashkil  etilayotgan  xoldinglar  barcha  turdagi  xo‘jalik 

uyushmalari  (ittifoqlar,  kontsernlar,  konsortsiumlar,  korporat-

siyalar 


va 

boshqalar)ning 

yoki 

korxonalarning 



boshqa 

birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy 

vorislari bo‘lishi mumkin emas. 

Davlat  tasarrufidan  chiqarilayotgan  korxonaning  (korxona 

bo‘linmasining)  sho‘ba  korxonaga  aylantirilishiga  ana  shu  korxona 

mehnat  jamoasining  roziligi  bilan  yo‘l  qo‘yiladi.  Bunday  rozilik 

umumiy  yig‘ilishda  barcha  xodimlarning  yarmidan  ko‘pining  ovozi 

bilan qabul qilinadi. 

Sarmoyasining  50  foizdan  ortig‘ini  boshqa  emitentlarning 

qimmatli qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding 

moliyaviy xolding hisoblanadi. 

Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va 

o‘zga  moliyaviy  aktivlar,  shuningdek  xolding  boshqaruvi  apparati 

faoliyat  ko‘rsatishini  ta’minlash  uchun  bevosita  zarur  bo‘lgan  mol-

mulk kirishi mumkin. 

Aktivlari  tarkibi  ta’sis  etish  paytida  ko‘rsatib  o‘tilgan  talabga 

muvofiq  kelmaydigan  moliyaviy  xolding  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tkazilgan  paytdan  boshlab  bir  yil  mobaynida  uni bajarish  uchun 

zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak. 



 

331 


Ko‘rsatib  o‘tilgan  talabning  bajarilmasligi  ushbu  xoldingning 

aksiyalari  emissiyasi  prospektini  ro‘yxatdan  o‘tkazgan  organning 

taqdimnomasi  asosida  xo‘jalik  sudi  tomonidan  moliyaviy  xoldingni 

tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi. 

Moliyaviy  xoldinglar  mutlaq  darajada  investitsiya  faoliyati 

yuritishga  haqlidirlar,  ular  uchun  faoliyatning  boshqa  turlari 

taqiqlanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  raqobat  qo‘mitasi  va  uning 

hududiy  organlari  (keyingi  o‘rinlarda  davlat  mulkini  boshqarish 

vakolati  berilgan  organlar)  moliyaviy  xoldinglar  ustav  fondiga 

korxonalarni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  tartibida  tashkil etilgan 

aksiyadorlik  jamiyatlari  ustav  sarmoyasining  20  foizidan  ortig‘ini 

tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar. 

Moliyaviy  xolding  sho‘ba  korxonalarning  ishlab  chiqarish  va 

tijorat  faoliyatiga  aralashishga  haqli  emas.  Moliyaviy  xolding 

vakillari  faqat  sho‘ba  korxonalar  aksiyadorlari  yig‘ilishlarida 

qatnashishlari  mumkin.  Moliyaviy  xolding  vakillarining  kuzatuv 

kengashi, boshqaruv va sho‘ba korxonalari boshqaruvining boshqa 

organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Moliyaviy  xolding  o‘ziga  tegishli  aksiyalar  bilan  qimmatli 

qog‘ozlarning  tashkil  etilgan  bozoridan  (fond  birjasidan)  boshqa 

joyda  bitishuvlar  sodir  etishga  haqli  emas.  Fond  birjasida 

belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan  o‘tkazilmagan  aksiyalar  bilan 

amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Davlat  korxonalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin. 

Korxonalarni  davlat  tasarrufidan  chiqarishda  xoldinglar 

tashkil  etish  to‘g‘risidagi  taklif  davlat  mulkini  boshqarishga  vakil 

qilingan  organlarga  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda 

kiritiladi. 

Taklifda: 

xolding  tashkil  etish  zarurligi  asoslanishi,  uning  faoliyati 

maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi; 

tashkil  etilayotgan  xoldingga  kiritilishi  taklif  etilayotgan 

korxonalar (bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi; 



 

332 


ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmida  ko‘rsatib  o‘tilgan 

korxonalar 

(bo‘linmalar) 

tomonidan 

ishlab 

chiqariladigan 

mahsulotlar ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lishi; 

xolding  boshqaruv  organlarining  vakolatlarini,  xoldingning 

sho‘ba  korxonalar  bilan  o‘zaro  munosabatlari  tartibini  belgilovchi 

xoldingning ta’sis hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak. 

Arizaga  ilovada  sho‘ba  korxonalar  sifatida  xolding  tarkibiga 

kiritish  taklif  etilayotgan  korxonalar  (bo‘linmalar)  mehnat 

jamoalarining qarori bo‘lishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning 

II bo‘limi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. 

Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan 

korxonalar  asosida  tashkil  etilayotgan  xoldingning  muassislari 

davlat  mulkini  boshqarishga  vakil  qilingan  organlar,  shuningdek 

paylar,  ulushlar,  aksiyalar  ko‘rinishidagi  o‘z  mablag‘larini  qo‘yish 

xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari 

mumkin. Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan. 

Yirik  korxonani  qayta  tuzish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarish 

tartibida  uning  tarkibidan  yuridik  mustaqil  (sho‘ba)  korxonalarni 

ajratgan  holda  xolding  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  masalani  ko‘rib 

chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar: 

butun 

korxonaning 



yoki 

ajratib 


chiqarilayotgan 

bo‘linmalarning 

ustav 

sarmoyasini 



ko‘paytirish 

maqsadga 

muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga 

investorlarni  xolding  qatnashchilari  safiga  kiritish  uchun  ular 

o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar. 

Yuridik  mustaqil  korxonalarning  aksiyalari  paketlarini 

birlashtirish  tartibida  xolding  kompaniya  tashkil  etish  to‘g‘risidagi 

masalani  ko‘rib  chiqishda  davlat  mulkini  boshqarishga  vakil 

qilingan organlar: 

tashkil  etilayotgan  xolding  kompaniyaga  kiritilayotgan,  yoxud 

xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘layotgan va umumiy asoslarda davlat 

tasarrufidan  chiqarilishi  kerak  bo‘lgan  korxonalar  ro‘yxatini 

aniqlaydilar; 

-  korxonalar  mehnat  jamoalarining  qarorlarini  va  (yoki) 

ularning 

korxonalarni 

xoldingning 

sho‘ba 


korxonalariga 

aylantirishga roziligini hisobga oladilar; 




 

333 


qo‘shimcha  investitsiyalarni  jalb  etishning  ehtimol  tutilgan 

usullarini ko‘rib chiqadilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga 

investorlarni  xolding  qatnashchilari  safiga  kiritish  uchun  ular 

o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar. 

Korxona  (ajralib  chiqadigan  bo‘linma)  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi. 

O‘zga 

investorlarning 



ishtirokisiz 

tashkil 


etilayotgan 

xoldingning  ustav  fondiga  qo‘shiladigan  mulk  qiymati  qonun 

hujjatlariga muvofiq baholanadi. 

O‘zga  investorlar  ishtirokida  xolding  tashkil  etishda 

kompaniya  qatnashchilari  tomonidan  qo‘shiladigan  ulushlar 

miqdori  mol-mulkning  bozor  bahosidan  kelib  chiqib,  tomonlarning 

roziligiga ko‘ra baholanadi. 

Sho‘ba 


korxonalarga 

(bo‘linmalarga) 

aylantiriladigan 

korxonalar  xodimlari  davlat  mulkini  boshqarishga  vakil  qilingan 

organning  roziligi  bilan  tasdiqlangan  ro‘yxatlarga  va  yopiq  obuna 

natijalariga  muvofiq  ular  tomonidan  berishga  va  sotishga 

mo‘ljallangan  aksiyalarni  xoldingning  ustav  fondiga  qo‘shishlari 

mumkin. 


Eslatib 

o‘tilgan 

aksiyalarning 

o‘rniga 


sho‘ba 

korxonalarning  xodimlariga  xolding  aksiyalari  beriladi  (nominal 

qiymati bo‘yicha sotiladi). 

Xolding  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  qaror  davlat  mulkini 

boshqarishga  vakil  qilingan  organ  tomonidan  qabul  qilingan 

taqdirda: 

sho‘ba  korxonalarning  aksiyalari  paketlari  davlat  mulkini 

boshqarishga  vakil  qilingan  organ  tomonidan  xolding  ustav 

sarmoyasini  to‘lash  tartibida  qo‘shiladi.  Bunda  xolding  ustav 

sarmoyasi  aksiyalarning  ushbu  paketlari  va  unga  muassislar 

tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga 

teng bo‘ladi; 

sho‘ba  korxonalarning  qolgan  aksiyalari  davlat  mulkini 

boshqarishga  vakil  qilingan  organlarga  taqsimlash  (sotish)  uchun 

beriladi; 

xolding  aksiyalari  uning  qatnashchilari  o‘rtasida  ularning 

ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. 

Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak. 




 

334 


Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir 

muddatga davlat mulkiga biriktirib qo‘yishga, agar bunga aksiyalari 

xolding  kompaniya  aktivlari  tarkibiga  kiruvchi  barcha  korxonalar 

uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l 

qo‘yiladi. 

Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar: 

-  nodavlat  yuridik  shaxslar  aksiyalarining  nazorat  paketlarini 

ixtiyoriy birlashtirish; 

-  nodavlat  xo‘jalik  jamiyati  tomonidan  boshqa  xo‘jalik 

jamiyatlari  aksiyalarining  nazorat  paketlarini  sotib  olish  yo‘li  bilan 

tuziladi. 

Xoldinglar  yilning  har  choragida  o‘z  balanslarini,  foyda  va 

zararlar  schyotlarini,  shuningdek  boshqa  korxonalarning  o‘zlariga 

tegishli  aksiyalari  haqidagi  to‘liq  ma’lumotlarni  hamda  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  axborotni  e’lon  qilishga 

majburdirlar. 

 

 

 



15.4-rasm.


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish